Ö‘zbekiston: Jurnalist Said-Abdulaziz Yusupov qamoqdan ozod etildi – yaqinlari

(LATINDA)

Chorshanba kuni jurnalist va Matbuot fondining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupov qamoqdan ozod etilgan.

Bu haqdagi xabarni Bi-bi-siga uning yaqinlari tasdiqladi.

O‘tgan yilning 10 mayida DXX tomonidan hibsga olingan Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat Kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ayblangandi.
Uning ishi yopiq mahkamada ko‘rilgan.

Yaqinlari o‘tgan yil 9 sentyabridagi mahkamaga kiritilmaganliklarini aytishgan.

Ular tergov jarayonida jurnalistga ruhiy va jismoniy qiynoqlar o‘tkazilganini da’vo qilishgan.

Advokati qiynoq da’volari ortidan 8 iyun kuni Bosh prokuratura boshchiligida Toshkent Tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikni ” teatrlashtirilgan tomosha” deb atagan.

Bosh prokuratura jinoyat ishi Yusupovning jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq emasligini aytgan.

Yusupov ustidan o‘tgan mahkama va uning hukmi tafsilotlari jamoatchilikka oshkor qilinmagan.

Shu yil yanvarida 6,5 yillik jazo muddatini o‘tayotgan Yusupov ustidan “ikkinchi jinoyat ishi” ochilgani va uning DXX hibsxonasiga qaytarilgani xabar qilingandi.

Keyinroq qamoq muddati 2,5 yillik axloq tuzatish ishlariga o‘zgartirilgani aytilgan.

Hibsga olinishidan avval yozilgan va ikki kun o‘tib e’lon qilingan videomurojaatda Yusupov jurnalistik faoliyati bois o‘zi va oilasiga nisbatan tazyiqlar o‘tkazilayotgani haqida gapirgan.

U rahbarlik qilgan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish jamoat fondining keyingi faoliyati haqida hech narsa ma’lum emas. https://www.bbc.com/uzbek/53334504

Alakalı yazılar

Yorum yazın