Chet elda keng qamrovli xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ega bo‘lgan «Ziraat Moliya Guruhi», O‘zbekistonda 4-xizmat ofisini ochib, faoliyatini yanada kengaytirishni davom etmoqda.
Turkiya Jumhuriyati «Ziraat Bankası»ning sho‘’ba banki, «Ziraat Bank Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahridagi Yunusobod filiali, Chakana va Korporativ sho‘’balaridan so‘ng 4-xizmat ofisi sifatida, Samarqand shahrida «Samarqand Ofisi» faoliyatini boshladi. 1993 yilda O‘zbekistonda birinchilaridan bo‘lib chet el kapitali ishtirokidagi bank sifatida O‘zbekiston bank tizimiga qadam qo‘ygan «Ziraat Moliya Guruhi», mamlakat bank sohasida o‘z faoliyatini 2018 yildan boshlab 100% «Ziraat Bankası» sarmoyasi bilan «Ziraat Bank Uzbekistan» AJ sifatida olib bormoqda.
Ziraat Bank, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanib borayotgan va so‘nggi yillarda juda jiddiy rivojlanishni boshlagan O‘zbekistonda, zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilish orqali faoliyat ko‘lamini oshirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan.
«Ziraat Moliya Guruhi»ning O‘zbekistondan tashqari Germaniya, Chernogoriya, Bosniya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi mamlakatlarda ham sho‘’ba banklari mavjud. Turkiyada 1734 ta xizmat tarmog‘i va yuqori darajada rivojlangan texnologik kanallar orqali xizmat ko‘rsatuvchi «Ziraat Moliya Guruhi» o‘zining sho‘’balari va xorijiy filiallariga ega bo‘lgan 18 mamlakatda 109 nuqtada global bank sifatida faoliyatini olib bormoqda.
Doimo «Bir bankdan ziyoda» shiori ostida faoliyat olib borayotgan Ziraat Banki, bundan keyin ham xizmat tarmog‘ini kengaytirib, texnologik kanallarini rivojlantirib O‘zbekistondagi investitsiyalarini yanada ko‘paytirishni ko‘zlagan.