(latında)
Turkmaniston 17 yanvardan boshlab internetdagi to‘siqlarni aylanib o‘tishga mo‘ljallangan VPN dasturlariga qarshi kurashni faollashtirdi. Facebook va YouTube bloklangan O‘zbekistonda ham bu dasturlardan foydalaniladi.
Turkmanistonda mobil telefoniga VPN dasturini o‘rnatishga harakat qilayotganlarning sim kartalari ishdan chiqib qolayotgani aytilmoqda.
«Xroniki Turkmenistana» sayti Turkmanistondagi muxbirlariga tayanib yozishicha, foydalanuvchilar bu kabi dasturlarni ko‘chirib oladigan Google Play applikatsiya bozori ishdan chiqib qolmoqda.
“Ozodlik” radiosining Turkman xizmati direktori Farrux Yusufiyning Bi-bi-siga aytishicha. VPN dan foydalanuvchilarni Milliy xavfsizlik vazirligiga chaqirib suhbat qilishlari mumkin.
“VPN ishlatayotgan yoki proksi serverlar orqali internetga kiradiganlarning nafaqat sim kartalari bloklanyapti, balki uydagi internetdan ham uzib qo‘yilayotgani haqida ma’lumotlar kelmoqda”.
Suhbatdoshning aytishicha, Turkmanistonda internet foydalanuvchilari VPN dasturlarini o‘rnatish uchun telefon ustalariga murojaat qiladi.
Ulab berish 10 dollar va oyiga xizmat ko‘rsatish 10 dollargacha borishi mumkin.VPN lar bilan Rossiya hukumati kurashishga uringandi. Telegram kanali bu yurtda noqonuniy deb topilgach, Roskomnadzor tashkiloti unga aylanib kirmoqchi bo‘lganlarning VPN dasturlarini bloklashga kirishib ketdi.
Biroq ushbu urinishlar samara bermagani aytiladi.
“Turkmaniston Rossiyaga o‘xshamagan. Rossiyada kuch organlari fuqarolarni chaqirib, nega VPN ishlatding, demaydi. Ammo Turkmanistonda bosim o‘tkazishi mumkin”, deydi Farrux Yusufiy.
O‘zbekistonda 2018 yilning sentyabr oyidan boshlab Facebook va YouTube saytlari ishlamayapti.
Foydalanuvchilar unga proksi serverlar yoki VPN dasturlari orqali kirmoqda.
Hozircha O‘zbekistonda aylanib o‘tuvchi vositalarga qarshi hukumat tomonidan ochiq kurash boshlangani yo‘q.
VPN lar bilan Rossiya hukumati kurashishga uringandi. Telegram kanali bu yurtda noqonuniy deb topilgach, Roskomnadzor tashkiloti unga aylanib kirmoqchi bo‘lganlarning VPN dasturlarini bloklashga kirishib ketdi.
Biroq ushbu urinishlar samara bermagani aytiladi.
“Turkmaniston Rossiyaga o‘xshamagan. Rossiyada kuch organlari fuqarolarni chaqirib, nega VPN ishlatding, demaydi. Ammo Turkmanistonda bosim o‘tkazishi mumkin”, deydi Farrux Yusufiy.
O‘zbekistonda 2018 yilning sentyabr oyidan boshlab Facebook va YouTube saytlari ishlamayapti.
Foydalanuvchilar unga proksi serverlar yoki VPN dasturlari orqali kirmoqda.
Hozircha O‘zbekistonda aylanib o‘tuvchi vositalarga qarshi hukumat tomonidan ochiq kurash boshlangani yo‘q.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-46966569