Umrbod qamoqqa mahkum qilingan qirg‘izistonlik huquq himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi

Qirg‘izistonlik huquq himoyachisi, umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan Azimjon Asqarov 25 iyul kuni vafot etdi. Qirg‘iziston rasmiylari izoh bermagan bo‘lsa-da, uning o‘limini hamkasbi Tolekan Ismailova va advokati Valeryan Vaxitov tasdiqladi. So‘nggi paytlarda 69 yoshli Asqarovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli, advokati uni shifoxonaga yotqizishni talab qilgan edi. Biroq, hukumat mahkumni Jazoni ijro etish davlat xizmatining markaziy shifoxonasi joylashgan 47-sonli koloniyaga o‘tkazishga qaror qildi.…

Devami