Сиёсат “ринги”да учовлон-Siyaset “ringinin” üçlüğü: Obama, Putin ve Kerimov (Özbekçe)

YAZARIN NOTU: Son zamanlarda Ukrayna krizinden kaynaklanan Batı ülkeleri ve Rusya arasındaki siyası ve ekonomik mücadelenin etkileri açık şekilde Orta Asya (Türkistan) Cumhuriyetlerinde de kendini göstermeye başladı. Öncelikle, bu ekonomik sıkıntılar şeklinde ortaya çıktı. Özbekistan başta olmak üzere bölgenin bütün devletlerinde fiyat ve döviz artışları gözlendi. Göçmen işçilerin yurt dışından vatanlarına gönderdikleri para miktarı yarı yarıya azaldı. Siyasi olarak da bu süreçte Rusya lideri Putin’in Kazakistan Cumhurbaşkanı Nursultan Nazarbaev  ve Özbekistan Cumhurbaşkanı İslam Kerimov ile ikili ilişkilerin yoğunlaştığı görünmektedir. Öte taraftan ABD’nin Kırgızıstan ve Özbekistan arasındaki ilişkilerde bazı gerginlikler de yaşandı. Bu yazıda eski de olduğu gibi bugün de Orta Asya’da devam eden jeopolitik savaşın bazı önemli noktalarına temas edilmektedir…

SIYOSAT “RINGIDAGI” UCHOVLON: OBAMA, PUTIN VA KARIMOV


Xalqaro siyosat maydonidagi janglarning boks ringidagi janglardan aslo farqi yo‘q: Har ikki ringda ham raqiblar bir birlariga qattiq zarbalar berib, “nakout” qilishga shaylanadilar. Chunki o‘rtaga obro‘ va undanda muhim katta pul qo‘yilgan bo‘ladi…

Boks ringida uch kishi ishtirok etadi: bir biri bilan ayovsiz mushtlashadigan raqiblar va ularni mushtlashish qoidasiga chaqirib turadigan bir hakam…

Ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekiston davlati ham o‘z mustaqilligidan keyin xalqaro siyosat maydonining, ya’ni geopolitikaning kurash “ringiga” tushib qoldi. Dastlabki yillarda tajribasi bo‘lmagan va umuman bu maydonga notanish bo‘lgan yosh mustaqil davlatimiz ayovsiz janglar sahnasi bo‘lgan bu kurash maydonida kim bilan kurashishini va qanday kurashishini bilmay qolgan yosh “bokser” holida edi..

Vaqt o‘tishi bilan xalqaro kurash maydonida bir ikki tarsaki yegan O‘zbekiston rahbariyati nakout bo‘lmasdan, jang usullarini o‘rgana boshladi. Islom Karimov avvalo piyonista “bokschi” Boris Yeltsinning orqasiga yashirinib, boshqa mushtumzo‘rlarning hujumlaridan o‘zini qo‘rishga harakat qildi. Shu tarzda dastlabki 10 yilda kerakli tajriba ortirildi. Ammo vaqti vaqti bilan g‘arblik siyosiy “boksyorlar” so‘zdagina bo‘lsa ham, Karimovga inson huquqlari masalada jiddiy zarbalar berishardi. O‘zbekiston rahbarining bu mushtlardan yuzi va ko‘zi ko‘karsa ham u “nokdaun va nokaut” bo‘lmay (gangimay va hushidan ketmay), kurash maydonida tik turishda davom etdi…

2001 yili 11 Sentyabrda xalqaro siyosat “ringiga” hech kim tanimaydigan, soqolli va sallali Usoma bin Ladin kirib kelganligi e’lon qilindi. Bu odam Usomaning o‘zi edimi yoki uning maketi (soxta Usoma) edimi, hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Nima bo‘lganda ham bu soqolli va sallali kishi xalqaro siyosat “ringiga” ikki katta bomba otdi yoki uning shunday qilgani iddoa etildi. Bu bombalardan “ring” larzaga keldi, har tomon to‘s to‘polon bo‘lib ketdi, maydondagilar va tomoshabinlar “shok”ga tushdilar…

Oradan biroz vaqt o‘tib, siyosat boksining ikki asosiy raqibi, ya’ni Amerikalik o‘g‘il Bush va Ruslarning pakana “boksyori” Putin va ularga xushomadgo‘ylik qiladigan g‘arblik siyosiy “boksyorlar” o‘zaro kelishdilar va butun kuchlari bilan bin Ladin tug‘ilgan hududlarga va u yashirinib yurgan tog‘larga hujum boshladilar. Shu tarzda G‘arb demokratiyasi Islom dunyosini “nokaut” qilish uchun katta jangga kirishdi. Karimov bu jangda “ring”ning eng markaz nuqtalarida Amerikalik o‘g‘il Bush va Rusiya lideri Putin bilan birga o‘rin oldi. Chunki u to‘nini soxta demokratiyaning choponiga almashtirgan eski kommunist edi. Ammo Karimov uchun endi o‘zining musulmonlarga qarshi kurashchi ekanligini yashirib o‘tirishga hojat qolmagandi. Axir Bush va Putin bu kurash masalasida o‘zaro kelishishgandan keyin Karimov undan chetda qolarmidi…

Shu tarzda Islom Karimov g‘arbning sharqqa qarshi kurashiga chinakamiga ishtirok eta boshladi, bu kurashda Putin va o‘g‘il Jorj Bushlar bilan hamkorlik qilish bilan birga, o‘z vatanidagi millionlarcha musulmonlarga turli xil zarbalar berdi, ularning minglarchasini esa o‘zi bilgan usullar bilan “nokaut” (yo‘q) qildi…

Shu bilan birga O‘zbekistonning bosh “boksyori” xalqaro siyosat “ringida” to‘satdan o‘zining yaqin safdoshlari bo‘lgan Eduard Shvernadzening 2003 yilda, Viktor Yanukovichning 2004 yilda va Asqar Akayevning 2005 yilda “nokaut” bo‘lganliklarini ko‘rdi. Ularni nokaut qilayotgan g‘arblik bosh siyosiy “boksyor” o‘g‘il Bush va uning hamtovoqlari ekanligi ham ma’lum bo‘lib qoldi. O‘lim tarsakisi o‘ziga ham yaqinlashayotgani sezgan Islom Karimov 2005 yilda Andijondagi tinch namoyishchilarni o‘qqa tutib, minglarcha kishining yostig‘ini quritdi. Kutilmaganda o‘g‘il Bush “hoy Islom Karimov, biz faqat siyosiy boks bilan shug‘ullanamiz, ringda o‘q otish bo‘lmaydi. Sizning bu qatliomingizni biz betaraf hakamlarimizning tekshirishiga beramiz”, deb qoldi. Bushning bu munofiqano so‘zlari Islom Karimovni nihoyatda qattiq g‘azablantirdi. Chunki u amerikaliklarning Afg‘oniston va Iroqda millionlarcha musulmonlarni vahshiylarcha yo‘q qilayotganiga nafaqat guvoh, balki bu ishda ularga yordam ham berayotgan edi. Karimov o‘zidan ham zolim bo‘lgan amekrikalik siyosiy “boksyorning” bu gaplariga chiday olmadimi yoki o‘zi ishonmaydigan Xudoga tavakkul qildimi, nima bo‘lganda ham butun kuchini to‘plab o‘g‘il Bushning basharisiga bir musht urdi. Ammo Karimov o‘ta yengil vaznli, Bush esa juda og‘ir vaznli bo‘lgani uchun, bu zarba Bushga qattiq ta’sir ko‘rsatmadi. Bu zarbaning ta’siri Bush uchun unga Bog‘dodda Iroqli jurnalist otgan botinkaning ta’siricha ham emasdi. Faqat o‘g‘il Bush Karimovdan musht yegandan keyin O‘zbekistondagi harbiy bazasini yopishga majbur bo‘ldi…

Oradan ko‘p o‘tmay xalqaro siyosat “ringida” Amerika tarafidan yarim qora tanli Barak Obama paydo bo‘ldi. Bu bo‘yi va qo‘llari uzun yangi siyosiy boksyorning “ringga” chiqishi uning tarafdorlarini va raqiblarini ancha cho‘chitib qo‘ydi. Chunki boksning eng mashhur namoyondalari aynan qora tanli amerikaliklar edi: Muhammad Ali, Mayk Tayson, Lennoks Levis va boshqalar…

Haqiqatan ham Barak Obama siyosat “ringiga” chiqqach o‘ziga raqib deb bilganlarga qarshi turli zarbalar berishni boshladi. Afg‘onistondan va Iroqdan askarlarimizni olib chiqamiz, deb va’da berishiga qaramay, avval bu mamlakatlardagi Amerika askarlari sonini anchagina oshirdi…

Bu orada 5 yil siyosat “ringidan” dam olishga chiqqan Rus lider Putin 2012 yilda qaytadan maydonga otildi. Ana shundan keyin Barak Obama va Vladimir Putin boshqa majoralarni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘zaro do‘pposlashishga kirishib ketdilar. Rus siyosiy “bokschidan” bo‘yi va qo‘li anchagina uzun bo‘lgan Obama raqibiga Ukraina orqali shunday zarba berdiki, bechora Putin nokdaun bo‘ldi va ringning burchagida yonboshlab qoldi. Buni ko‘rgan Islom Karimov chopib kelib, Putinning yuziga suv sepdi va “Vladimir Vladirimirovich, nima bo‘layapti o‘zi, bizga ham ayting basharngizga urilgan bu zarbaning sirrini, biz ham bunga qarshi chora tadbirlar olaylik”, dedi. Putin bunga javoban “Bu xalqaro siyosat boks maydonining Bosh Hakami bo‘lgan Birlashgan Millatlar tashkiloti juda katta munofiqdir. U hech qachon adolat tarafdori bo‘la olmaydi. U e’lon qilgan Umumjahon Inson Huquqlari Bayonnomasi ham bir tiyinga qimmat. Amerikaliklar va g‘arbliklar bizning tarixiy dushmanimiz. Yaqinda ular sizni ham nokaut qilishlari mumkin”, deya Islom Karimovni ogohlantirgan bo‘ldi…

Islom Karimov Putinning bu gaplarini hazm qilishga ulgurmasdan, yuziga shunday musht yediki, endi o‘zi Putinning yoniga nokdaun bo‘lgan holda quladi. Zarbani bergan yana Obada edi. Putinni nokaut qilganidan keyin buning ta’sirida iqtisodiy bo‘hron to‘lqiniga bo‘g‘ilgan Islom Karimovning katta qizi Gulnoraga oid 300 million dollarni Obama o‘z cho‘ntagiga urgandi. Islom Karimov bu nokdaundan jismonan va ruhan qattiq zarbaga uchradi. Ammo u o‘ziga kelmasdan Barak Obama uzun qo‘llari bilan unga yana bir musht urdi va shunday dedi:

“Ey Karimov, Afg‘onistondagi notinchlik bizga ham tahdid solmoqda, deya sen 20 yildir hammani aldab kelmoqdasan. Holbuki, Afg‘onistondagi vaziyat hech qachon senga ham, davlatingga ham tahdid bo‘lgan emas…”

Aytish kerakki, mushtumzo‘rlik haqiqiy ma’noda Karimovning ichki va xalqaro siyosat maydonidagi kurash usulidir. Mustaqillikning ilk yillarida uning Oliy Kengash Raisi Shavkat Yo‘ldoshev, Bosh Vazir Shukrullo Mirsaidov, o‘ziga yaqin olib, maslahatchi tayinlagan Mavlon Umurzaqov, ijodkorlar Omon Matjon, Dadaxon Nuriylarni va ba’zi muxolifatchilarni shaxsan o‘zi “nokaut” qilganini O‘zbekistonliklar juda yaxshi biladilar. U buni hech qachon yashiirmagan va “kerak bo‘lsa bundaylarning yuztasining boshini yorishga ham tayyorman”, deya siyosatchilarga emas, haqiqiy bokschilarga xos bayonotlar ham bergandi…

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan keyin o‘tgan deyarli chorak asr vaqt davomida O‘zbekiston davlat va hukumat organlarida yuqori lavozimlarda ishlagan barcha vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari va viloyat hokimlari Islom Karimovning zarbalari natijasi shu tarzda yo “nokdaun yoki nokaut” bo‘ldilar. Ya’ni, ulardan hech biri o‘zlari egallab turgan lavozimlarga qayta kela olmadilar…

Karimovdan mushtumzo‘rlikni o‘rgangan vazirlar va hokimlar ham o‘z qo‘l ostidagi minglarcha mansabdorlarni “nokdaun yoki nokaut” qildilar. Shu tarzda, bugun O‘zbekistonda boshiga musht tegmagan kimsa qolmadi. O‘zbekiston xalqning vujudi esa bu zolim mushtumzo‘rlarning zo‘rovonliklaridan qon talash bo‘lib ketdi…

Buning yonida Karimovning qo‘shni davlatlar, ayniqsa Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlarini qishda gaz va elektrni kesib qo‘yish, yo‘l va yuk poyezdlarining yo‘lini to‘sish bilan qayta qayta “nokautga” uchratdi.

Yuqorida aytilgani kabi Islom Karimovning o‘zi ham xalqaro maydonda yegan zarbalaridan bir necha marta “nakout” bo‘ldi. Ichki maydonda esa unga eng ko‘p zarbani qizi Gulnora Karimova berdi. Karimov bu qizidan shunday kuchli zarbalar oldiki, oxiri bu shakkok va hayosiz qizini uy qamog‘iga tashlab, undan vaqtinchalik qutuldi.

O‘zbek muxoliflar ham o‘zlaricha chiranib, “Karimov qattiq kasal ekan, ertaga o‘lar ekan”, deb unga zarba berishga urindilar. Ammo o‘g‘il Bush Karimovdan olgan zarbasiga parvo qilmagani kabi, Karimov ham muxoliflarining bu musht ko‘tarishlariga aslo parvo qilmadi…

Aytishlaricha Islom Karimov hozirda Barak Obamadan so‘nggi vaqtlarda olgan ketma ket zarbalaridan og‘ir nokdaun holida qolayotgan ekan. Ba’zilariga ko‘ra, u bu zarbalardan hatto nakoutga ham tushgan bo‘lishi mumkin. Oxirgi kelgan xabarlarga ko‘ra esa o‘zi ham Obamaning kaltagidan chala jon bo‘lib qolgan Vladimir Putin Islom Karimovni Moskvaga da’vat qilgan emish…

Bizningcha ichki va xulqaro siyosat maydonidagi mushtlashish usullarini juda yaxshi biladigan Karimov Putinga rad javobi bermay yo‘lga chiqishi, ammo samolyotini Ostanada to‘xtatishi kerak. Chunki Qozog‘iston poytaxtida Obama va Putinning zarbalaridan qanday qo‘rinishni juda yaxshi biladigan Nursulton Nazarboyev bor. Hozirgi “nokaut” vaziyatda Karimovning joniga aro kiradigan yagona siyosiy “bokser” ham o‘zimizning Qozoq bovurimiz Nursulton og‘adir…

Namoz NORMO‘MIN

27.07.2015

www.namoznormumin.blogspot.com

СИЁСАТ “РИНГИДАГИ” УЧОВЛОН: ОБАМА, ПУТИН ВА КАРИМОВ

Халқаро сиёсат майдонидаги жангларнинг бокс рингидаги жанглардан асло фарқи йўқ: Ҳар икки рингда ҳам рақиблар бир бирларига қаттиқ зарбалар бериб, “накоут” қилишга шайланадилар. Чунки ўртага обрў ва унданда муҳим катта пул қўйилган бўлади…

Бокс рингида уч киши иштирок этади: бир бири билан аёвсиз муштлашадиган рақиблар ва уларни муштлашиш қоидасига чақириб турадиган бир ҳакам…

Таъбир жоиз бўлса, Ўзбекистон давлати ҳам ўз мустақиллигидан кейин халқаро сиёсат майдонининг, яъни геополитиканинг кураш “рингига” тушиб қолди. Дастлабки йилларда тажрибаси бўлмаган ва умуман бу майдонга нотаниш бўлган ёш мустақил давлатимиз аёвсиз жанглар саҳнаси бўлган бу кураш майдонида ким билан курашишини ва қандай курашишини билмай қолган ёш “боксер” ҳолида эди..

Вақт ўтиши билан халқаро кураш майдонида бир икки тарсаки еган Ўзбекистон раҳбарияти накоут бўлмасдан, жанг усулларини ўргана бошлади. Ислом Каримов аввало пиёниста “боксчи” Борис Елтциннинг орқасига яшириниб, бошқа муштумзўрларнинг ҳужумларидан ўзини қўришга ҳаракат қилди. Шу тарзда дастлабки 10 йилда керакли тажриба ортирилди. Аммо вақти вақти билан ғарблик сиёсий “боксёрлар” сўздагина бўлса ҳам, Каримовга инсон ҳуқуқлари масалада жиддий зарбалар беришарди. Ўзбекистон раҳбарининг бу муштлардан юзи ва кўзи кўкарса ҳам у “нокдаун ва нокаут” бўлмай (гангимай ва ҳушидан кетмай), кураш майдонида тик туришда давом этди…

2001 йили 11 Сентябрда халқаро сиёсат “рингига” ҳеч ким танимайдиган, соқолли ва саллали Усома бин Ладин кириб келганлиги эълон қилинди. Бу одам Усоманинг ўзи эдими ёки унинг макети (сохта Усома) эдими, ҳозиргача номаълум бўлиб қолмоқда. Нима бўлганда ҳам бу соқолли ва саллали киши халқаро сиёсат “рингига” икки катта бомба отди ёки унинг шундай қилгани иддоа этилди. Бу бомбалардан “ринг” ларзага келди, ҳар томон тўс тўполон бўлиб кетди, майдондагилар ва томошабинлар “шок”га тушдилар…

Орадан бироз вақт ўтиб, сиёсат боксининг икки асосий рақиби, яъни Америкалик ўғил Буш ва Русларнинг пакана “боксёри” Путин ва уларга хушомадгўйлик қиладиган ғарблик сиёсий “боксёрлар” ўзаро келишдилар ва бутун кучлари билан бин Ладин туғилган ҳудудларга ва у яшириниб юрган тоғларга ҳужум бошладилар. Шу тарзда Ғарб демократияси Ислом дунёсини “нокаут” қилиш учун катта жангга киришди.  Каримов бу жангда “ринг”нинг энг марказ нуқталарида Америкалик ўғил Буш ва Русия лидери Путин билан бирга ўрин олди. Чунки у тўнини сохта демократиянинг чопонига алмаштирган эски коммунист эди. Аммо Каримов учун энди ўзининг мусулмонларга қарши курашчи эканлигини яшириб ўтиришга ҳожат қолмаганди. Ахир Буш ва Путин бу кураш масаласида ўзаро келишишгандан кейин Каримов ундан четда қолармиди…

Шу тарзда Ислом Каримов ғарбнинг шарққа қарши курашига чинакамига иштирок эта бошлади, бу курашда Путин ва ўғил Жорж Бушлар билан ҳамкорлик қилиш билан бирга, ўз ватанидаги миллионларча мусулмонларга турли хил зарбалар берди, уларнинг мингларчасини эса ўзи билган усуллар билан “нокаут” (йўқ) қилди…

Шу билан бирга Ўзбекистоннинг бош “боксёри”  халқаро сиёсат “рингида” тўсатдан ўзининг яқин сафдошлари бўлган Эдуард Швернадзенинг 2003 йилда, Виктор Януковичнинг 2004 йилда ва Асқар Акаевнинг 2005 йилда “нокаут” бўлганликларини кўрди. Уларни нокаут қилаётган ғарблик бош сиёсий “боксёр” ўғил Буш ва унинг ҳамтовоқлари эканлиги ҳам маълум бўлиб қолди. Ўлим тарсакиси ўзига ҳам яқинлашаётгани сезган Ислом Каримов 2005 йилда Андижондаги тинч намойишчиларни ўққа тутиб, мингларча кишининг ёстиғини қуритди. Кутилмаганда ўғил Буш “ҳой Ислом Каримов, биз фақат сиёсий бокс билан шуғулланамиз, рингда ўқ отиш бўлмайди. Сизнинг бу қатлиомингизни биз бетараф ҳакамларимизнинг текширишига берамиз”, деб қолди. Бушнинг бу мунофиқано сўзлари Ислом Каримовни ниҳоятда қаттиқ ғазаблантирди. Чунки у америкаликларнинг Афғонистон ва Ироқда миллионларча мусулмонларни ваҳшийларча йўқ қилаётганига нафақат гувоҳ, балки бу ишда уларга ёрдам ҳам бераётган эди. Каримов ўзидан ҳам золим бўлган амекрикалик сиёсий “боксёрнинг” бу гапларига чидай олмадими ёки ўзи ишонмайдиган Худога таваккул қилдими, нима бўлганда ҳам бутун кучини тўплаб ўғил Бушнинг башарисига бир мушт урди. Аммо Каримов ўта енгил вазнли, Буш эса жуда оғир вазнли бўлгани учун, бу зарба Бушга қаттиқ таъсир кўрсатмади. Бу зарбанинг таъсири Буш учун унга Боғдодда Ироқли журналист отган ботинканинг таъсирича ҳам эмасди. Фақат ўғил Буш Каримовдан мушт егандан кейин Ўзбекистондаги ҳарбий базасини ёпишга мажбур бўлди…

Орадан кўп ўтмай халқаро сиёсат “рингида” Америка тарафидан ярим қора танли Барак Обама пайдо бўлди. Бу бўйи ва қўллари узун янги сиёсий боксёрнинг “рингга” чиқиши унинг тарафдорларини ва рақибларини анча чўчитиб қўйди. Чунки бокснинг энг машҳур намоёндалари айнан қора танли америкаликлар эди: Муҳаммад Али, Майк Тайсон, Леннокс Левис ва бошқалар…

Ҳақиқатан ҳам  Барак Обама сиёсат “рингига” чиққач ўзига рақиб деб билганларга қарши турли зарбалар беришни бошлади. Афғонистондан ва Ироқдан аскарларимизни олиб чиқамиз, деб ваъда беришига қарамай, аввал бу мамлакатлардаги Америка аскарлари сонини анчагина оширди…

Бу орада 5 йил сиёсат “рингидан” дам олишга чиққан Рус лидер Путин 2012 йилда қайтадан майдонга отилди. Ана шундан кейин Барак Обама ва Владимир Путин бошқа мажораларни йиғиштириб қўйиб, ўзаро дўппослашишга киришиб кетдилар. Рус сиёсий “боксчидан” бўйи ва қўли анчагина узун бўлган Обама рақибига Украина орқали шундай зарба бердики, бечора Путин нокдаун бўлди ва рингнинг бурчагида ёнбошлаб қолди. Буни кўрган Ислом Каримов чопиб келиб, Путиннинг юзига сув сепди ва “Владимир Владиримирович, нима бўлаяпти ўзи, бизга ҳам айтинг башарнгизга урилган бу зарбанинг сиррини, биз ҳам бунга қарши чора тадбирлар олайлик”, деди. Путин бунга жавобан “Бу халқаро сиёсат бокс майдонининг Бош Ҳаками бўлган Бирлашган Миллатлар ташкилоти жуда катта мунофиқдир. У ҳеч қачон адолат тарафдори бўла олмайди. У эълон қилган Умумжаҳон Инсон Ҳуқуқлари Баённомаси ҳам бир тийинга қиммат. Америкаликлар ва ғарбликлар бизнинг тарихий душманимиз. Яқинда улар сизни ҳам нокаут қилишлари мумкин”, дея Ислом Каримовни огоҳлантирган бўлди…

Ислом Каримов Путиннинг бу гапларини ҳазм қилишга улгурмасдан, юзига шундай мушт едики, энди ўзи Путиннинг ёнига нокдаун бўлган ҳолда қулади. Зарбани берган яна Обада эди. Путинни нокаут қилганидан кейин бунинг таъсирида иқтисодий бўҳрон тўлқинига бўғилган Ислом Каримовнинг катта қизи Гулнорага оид 300 миллион долларни Обама ўз чўнтагига урганди. Ислом Каримов бу нокдаундан жисмонан ва руҳан қаттиқ зарбага учради. Аммо у ўзига келмасдан Барак Обама узун қўллари билан унга яна бир мушт урди ва шундай деди:

“Эй Каримов, Афғонистондаги нотинчлик бизга ҳам таҳдид солмоқда, дея сен 20 йилдир ҳаммани алдаб келмоқдасан. Ҳолбуки, Афғонистондаги вазият ҳеч қачон сенга ҳам, давлатингга ҳам таҳдид бўлган эмас…”

Айтиш керакки, муштумзўрлик ҳақиқий маънода Каримовнинг ички ва халқаро сиёсат майдонидаги кураш усулидир. Мустақилликнинг илк йилларида унинг Олий Кенгаш Раиси Шавкат Йўлдошев, Бош Вазир Шукрулло Мирсаидов, ўзига яқин олиб, маслаҳатчи тайинлаган Мавлон Умурзақов, ижодкорлар Омон Матжон, Дадахон Нурийларни ва баъзи мухолифатчиларни шахсан ўзи “нокаут” қилганини Ўзбекистонликлар жуда яхши биладилар. У буни ҳеч қачон яшиирмаган ва “керак бўлса бундайларнинг юзтасининг бошини ёришга ҳам тайёрман”, дея сиёсатчиларга эмас, ҳақиқий боксчиларга хос баёнотлар ҳам берганди…

Ўзбекистон мустақил бўлгандан кейин ўтган деярли чорак аср вақт давомида Ўзбекистон давлат ва ҳукумат органларида юқори лавозимларда ишлаган барча вазирлар, давлат қўмиталарининг раислари ва вилоят ҳокимлари Ислом Каримовнинг зарбалари натижаси шу тарзда ё “нокдаун ёки нокаут” бўлдилар. Яъни, улардан ҳеч бири ўзлари эгаллаб турган лавозимларга қайта кела олмадилар…

Каримовдан муштумзўрликни ўрганган вазирлар ва ҳокимлар ҳам ўз қўл остидаги мингларча мансабдорларни “нокдаун ёки нокаут” қилдилар. Шу тарзда, бугун Ўзбекистонда бошига мушт тегмаган кимса қолмади. Ўзбекистон халқнинг вужуди эса бу золим муштумзўрларнинг зўровонликларидан қон талаш бўлиб кетди…

Бунинг ёнида Каримовнинг қўшни давлатлар, айниқса Қирғизистон ва Тожикистон раҳбарларини қишда газ ва электрни кесиб қўйиш, йўл ва юк поездларининг йўлини тўсиш билан қайта қайта “нокаутга” учратди.

Юқорида айтилгани каби Ислом Каримовнинг ўзи ҳам халқаро майдонда еган зарбаларидан бир неча марта “накоут” бўлди. Ички майдонда эса унга энг кўп зарбани қизи Гулнора Каримова берди. Каримов бу қизидан шундай кучли зарбалар олдики, охири бу шаккок ва ҳаёсиз қизини уй қамоғига ташлаб, ундан вақтинчалик қутулди.

Ўзбек мухолифлар ҳам ўзларича чираниб, “Каримов қаттиқ касал экан, эртага ўлар экан”, деб унга зарба беришга уриндилар. Аммо ўғил Буш Каримовдан олган зарбасига парво қилмагани каби, Каримов ҳам мухолифларининг бу мушт кўтаришларига асло парво қилмади…

Айтишларича Ислом Каримов ҳозирда Барак Обамадан сўнгги вақтларда олган кетма кет зарбаларидан оғир нокдаун ҳолида қолаётган экан. Баъзиларига кўра, у бу зарбалардан ҳатто накоутга ҳам тушган бўлиши мумкин. Охирги келган хабарларга кўра эса ўзи ҳам Обаманинг калтагидан чала жон бўлиб қолган Владимир Путин Ислом Каримовни Москвага даъват қилган эмиш…

Бизнингча ички ва хулқаро сиёсат майдонидаги муштлашиш усулларини жуда яхши биладиган Каримов Путинга рад жавоби бермай йўлга чиқиши, аммо самолётини Останада тўхтатиши керак. Чунки Қозоғистон пойтахтида Обама ва Путиннинг зарбаларидан қандай қўринишни жуда яхши биладиган Нурсултон Назарбоев бор. Ҳозирги “нокаут” вазиятда Каримовнинг жонига аро кирадиган ягона сиёсий “боксер” ҳам ўзимизнинг Қозоқ бовуримиз Нурсултон оғадир…

Намоз НОРМЎМИН

27.07.2015

www.namoznormumin.blogspot.com

Alakalı yazılar

Yorum yazın