Toshkentda Mirziyoyev idorasiga borayotgan ayollar ushlandi

16 Aprel 2018
Buni ulashing Facebook Buni ulashing Twitter Buni ulashing Odnoklassniki Buni ulashing Telegram Baham ko‘ring
Prezident Shavkat Mirziyoyevga Bosh prokuror Otabek Murodov ustidan shikoyat qilish uchun borayotgan bir guruh ayollar qo‘lga olindi. Ular Mirzo Ulug‘bek tuman IIBda 6 soat ushlab turilgach qo‘yib yuborilgan.

“Jami sakkiz kishi yig‘ilib Mirziyoyevning Qorasuvdagi uyiga bormoqchi edik. Yo‘l chekkasida taksi ushlaymiz deb tursak formasiz militsiya xodimlari bizni majburlab mashinalarga tiqib olib ketdi. Bosim o‘tkazishdi”, deydi Gulbahor Karimbekova.

Shikoyatchi ayollar ularni dekabrdan beri Bosh prokuror qabul qilmayotganidan va muammolari yechilmayotganidan norozi.

Mirziyoyev qabuliga borayotgan ona hibsga olindi
Navoiyda Mirziyoyev bilan uchrashmoqchi bo‘lgan onalarning qo‘llarini qayirib olib ketishdi
Mirziyoyev: Amaldorlarni xalq bilan hisoblashishga majburlashimiz kerak
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Bosh prokurori har oyning boshida oddiy odamlarni qabul qilishi kerak. Biroq bir necha oydan beri ushbu qabul amalga oshmayapti.

Dardini Prezident Mirziyoyevga aytish uchun borayotgan ayollar huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan bosim va tahdidlarga uchrayotganini aytishmoqda.

 
BBC Uzbek

Leave a Comment