Tojik kanallarida Qorbobo va Qorqiz rasman taqiqlandi

Tojikiston davlat televideniyesi ko‘rsatmasiga binoan, yangi yil tantanalarida Qorbobo, Qorqiz va archa bo‘lmaydi. Yangi yil kuni Tojikistonda rasman bayram hisoblanadi va poytaxt Dushanbeda shahar hokimiyati har yili bahaybat archa o‘rnatadi.

Tojikiston teleradio ko‘rsatuvlarini uzatish bo‘yicha qo‘mitasi rahbarining birinchi muovini Saidali Siddiqovning RIAN xabar agentligiga aytishicha, tojik davlat telekanallarida namoyish qilinadigan Yangi yil tantana va bazmlarida Qorbobo va Qorqizga o‘rin bo‘lmaydi.

Unga ko‘ra, Yangi yil ko‘rsatuvlarida qish, qor, musiqa va raqslar, tilaklar va bazm stoli namoyish qilinadi, biroq Qorbobo va uning hamrohlari, hamda spirtli ichimliklar ko‘rsatilmaydi.

Janob Siddiqov o‘z qo‘mitasi kanallarga bunday buyruq bermagani, va kanallar bu qarorni o‘zlari mustaqil ravishda qabul qilganlarini aytdi.

Qo‘mita rahbarining yana bir muovini Dilafruz Amirqulova esa, haqiqiy tantanalar Navro‘z bayramida bo‘lib o‘tishini aytadi. Unga ko‘ra, Yangi yil tantanalari o‘ta dabdabali bo‘lmasligi uchun Qorbobo va Qorqizga oxirgi uch yilda uncha e‘tibor berilmayapti.

Tojikistonda Qorbobo va Qorqiz mavqeiga ilk marta hamla qilinayotgani yo‘q. Mamlakatda an‘anaviy qadriyatlarni, xususan Islomni targ‘ib qiluvchi tomonlar Yangi yil nasroniy bayram ekanini aytib, uni umuman nishonlamaslikni so‘rab keladilar.

Turkmanistonda esa Qorbobo va Qorqiz milliylashtirilgan

O‘tgan yili Dushanbeda Yangi yil arafasida Qorbobo kiyimida qarindoshlarini tabriklash uchun yo‘l olgan yosh yigit pichoqlab o‘ldirilgandi.

Hujumchilar uning kofir ekanini aytib haqorat qilganlar.

Yangi yilni nishonlash, yoki Qorbobo va Qorqizni “taklif qilish” masalasi O‘zbekistonda ham o‘tgan yil ko‘tarildi. O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasidagi manba BBCga og‘zaki ko‘rsatmaga binoan, Qorbobo, Qorqiz va archa Yangi yil ko‘rsatuvlarida namoyish etilmasligini bildirgan.

Joriy yilda “milliy qadriyatlar”ga zid ekani aytilgan Xellouin bayramini nishonlash talabalarga taqiqlangan.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/

HABERİN TÜRKÇE ÖZETİ:

Tacikistan Devlet Televizyonunun verdiği bilgiye göre, yeni yıl kutlamalarında Karbaba, Kar kız ve çam ağacı olmayacak. Yeni yılın ilk günü Tacikistan resmi bayram kabul ediliyor ve başkent Duşanbe’de valilik her yıl büyük bir çam ağacını süslüyor.

Tacikistan radyo-televizyon yayın komitesi başkan yardımcısı Saidali Sıddıkov, RIAN haber ajansına verdiği mülakatta “Tacik devlet kanallarında yeni yıl kutlamalarında Karbaba ve Karkız olmayacak” dedi. Radyo ve televizyon yayınlarında kış, kar kutlamaları, dans, müzik ve eğlence programları olacak. Karbaba karakterleri ve içki gösterimi olmayacak.

Sıddıkov tv kanallarına böyle bir emrin gitmediğini, kanalların kendi istekleri ile bunu yaptıklarını söyledi. Komitenin diğer bir yardımcısı Dilafruz Emirkulova, gerçek kutlamaların Nevruz Bayramı’nda yapılması gerektiğini söyledi. Yeni yıl kutlamalarının çok gösterişli olmaması için 3 yıldan bu yana Karbaba ve Karkız’a önem verilmediğini sözlerine ekledi.

Ülkede geleneksel değerleri özellikle de İslami değerleri teşvik eden kesimler, yeniyıl kutlamalarının Hristiyan Bayramı olduğunu ve bunun kutlanmaması gerektiğini söylüyorlar.

(Karbaba ve Karkız, Hristiyan-Rus geleneğinde var oaln ve Noel’i simgeleyen karakterlerdir.(UTD Der Haber Merkezi)

Alakalı yazılar

Yorum yazın