Qirg‘izistonning davlat qarzi 4,5 milliard dollardan oshib ketdi

14.03.2018

Qirg‘iziston Moliya vazirligi 2018 yilning 31 yanvar holatiga ko‘ra mamlakatning davlat qarzi 4 milliard 624 million 810 ming dollarga yetganini ma’lum qildi.

Joriy yilda davlat qarzi 111,81 million dollarga ko‘paygan. Davlat qarzining 4 milliard 139 million 280 ming dollari tashqi qarzdir. Bu qarzning 41,3 foizi Xitoyning Eksport-import bankidan olingan.

Qirg‘izistonning Xitoydan boshqa moliya manbalaridan olgan imtiyozli qarzlari 1 milliard 635 million dollar, ichki qarz 485 million 450 million dollardir.

Avvalroq “Global taraqqiyot” xalqaro tashkiloti Qirg‘izistonni Xitoydan eng ko‘p qarz bo‘lgan 8 mamlakat ro‘yxatiga kiritgan edi.

Mazkur ro‘xatga Qirg‘iziston tashqari Jibuti, Laos, Maldiv orollari, Mongoliya, Montenegro, Pokiston va Tojikiston kiritilgan.

Ozodlik

Leave a Comment