O‘zbekistondan qochayotganlar ko‘p

Yazının kısa özeti: 

Günümüzde Özbekistan en çok göç veren ülkelerin başında gelmektedir. Bunun nedeni Kerimov’un katı diktatörlük rejiminin yol açtığı zulüm ve ekonomik zorluklardır. İşte bu nedenlerden dolayı yaklaşık 5 milyon Özbek vatandaşının yurt dışına kaçtığı söylenmektedir. Haber BBC Özbek servisinde yayınlanmıştır:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining aytishicha, yangi ichki va tashqi qochqinlarning soni bo‘yicha bu yil “rekord” o‘rnatishi mumkin.

Xuddi shu manzarada Shvetsiyadan o‘zbekistonlik qochqinlarga ko‘mak berib kelayotgan faolning kuzatuvlariga ko‘ra, “hozir O‘zbekistondan chiqib ketish hollari ham juda ko‘p”

“2005 yilgi Andijon voqealaridan so‘ng O‘zbekistondan chiqqan qochqinlarga Ovro‘poda boshpana berish hollari ko‘paygandi. Shuning evaziga, menimcha, ko‘p odamlarda O‘zbekistondan chiqqandan so‘ng boshqa davlatlardan boshpana olish mumkin, degan fikr paydo bo‘ldi”, – deydi biz bilan suhbatida o‘z vaqtida “O‘zbekistonlik qochqinlarni himoya etish tashkiloti” rahbari ham bo‘lgan Do‘stnazar Xudoynazarov.

Suhbatdoshimizga ko‘ra, ko‘pchilik o‘z kelajagini o‘ylab, O‘zbekistonni tark etmoqda.

U kishining aytishicha, ayni masalada ham siyosiy va ham iqtisodiy sabablar bir xil rol o‘ynayapti.

“Chunki gapirolmasa, hech narsa qilolmasa, hech kim o‘z fikrini aytolmasa… Yoki biznes tashkil qilgani bilan, uni olib ketolmasa. Olib ketishga harakat qilganida, davlat tomonidan qarshiliklar bo‘lgandan keyin, bu, birinchidan, siyosiy sabab bo‘ladi. Hammasi siyosiysiga borib taqaladi. Ikkalasi ham birgalikda, ellikka-ellik”, – deydi faol.

Suhbatdoshimiz bu kabi hollarga O‘zbekistonda qat‘iy amalda bo‘lgan chiqish vizasi tartibi ham to‘sqinlik qila olmayotgani, hammasini “pul hal qilayotgani”ni ta‘kidlaydi.

“Pulingiz bo‘ladigan bo‘lsa, ikki marta “deport” bo‘lib qaytib ketganingizdan keyin ham, pasportni almashtirib olishniyam imkoniyati bor. Yoki borganingizdan keyin, vizani qo‘ydirish uchun ham pul sarflaysiz. Hammasi pul xarji bilan bo‘ladigan narsa”.

Boshpana…

U kishining so‘zlaridan ayon bo‘lishicha, o‘zbekistonlik fuqarolar bugun ko‘proq Turkiya, vizasini olish osonroq va arzonroq bo‘lgan Ovro‘po davlatlariga chiqishni afzal bilishmoqda.

“Faqat ichkariga kirib olsam bo‘ldi, degan ma‘noda. Keyin boshqa davlatlarga o‘tib ketishayapti. Masalan, Polsha yoki Chexiyaga viza olish osonroq”, – deydi Shvetsiyadan faol o‘z kuzatuvlariga tayanib.

Ammo, suhbatdoshimizning aytishicha, hozirga kelib, O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatdan boshpana olish imkoniyatlari judayam pasayib ketgan.

“Ularning 80 foizi boshpanasiz qolishayapti. “Qora” holatda boshqa davlatlarga, unisidan bunisiga, bunisidan unisiga o‘tib, ariza nima qilib yurishga majbur bo‘lishayapti”, – deydi u kishi.

Buning bir qancha omillari borligini aytarkan, suhbatdoshimiz, o‘zi guvoh bo‘lgan holatlardan kelib chiqib, bunga ko‘proq O‘zbekiston fuqarolarining o‘z sa‘y-harakatlari sabab bo‘layotganligini ta‘kidlaydi.

“Birinchidan, ko‘plab o‘zbeklarimiz boshpana olgandan keyin, O‘zbekistonga qaytib borishlari mumkin emasligini bilgan holda, vaqtinchalik berilgan maqomlaridan foydalanib, O‘zbekistonga borgan va bir qanchasi qo‘lga tushgan voqealar ham bo‘ldi…”, – deydi u kishi.

Agar, Rossiyada o‘tgan yili o‘tkazilgan so‘rov natijalariga qaralsa, o‘zbekistonlik har uch muhojirdan bittasi ortga qaytishni istamaydi.

Ustiga ustak, ular iloji bo‘lsa, fuqaroligini olib, Rossiyada doimiy yashab qolishni ham xohlashar ekan.

Turli manbalarga tayanib, Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining soni taxminan 5 million atrofida ekani aytiladi.

Mahalliy kuzatuvchilar esa, buning sababini o‘tgan 20 yil ichida O‘zbekiston ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida vujudga kelgan ahvol bilan izohlashadi.

Ya‘ni, O‘zbekistondagi nochor ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va siyosiy tazyiqlar sabab o‘tgan chorak asr davomida mamlakatni tark etgan fuqarolarning soni millionlarga yetgan.

Bugun o‘zga yurtlarda mehnat muhojirligida band o‘zbekistonliklar barobarida xorijiy davlatdan boshpana olgan siyosiy qochqinlarining soni ham mamlakat tarixida kuzatilmagan darajada.

Ustiga ustak bolalarining tahsili yoki yaxshiroq kelajak ilinjida O‘zbekistonni tark etayotganlar soni-da oz emas.

O‘z o‘rnida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi hisobotiga tayanilsa, birgina joriy yilning dastlabki olti oyida butun dunyo bo‘ylab 6 millionga yaqin odam qochqinlikka yuz tutgan.

Qochqinlarning soni bo‘yicha Afg‘oniston yetakchilik qilgan bo‘lsa, mezbon davlat sifatida Pokistonning oldiga tushadigani yo‘q ekan.

Birlashgan Millatlar Qochinlar bo‘yicha Oliy komissari Antonyu Guterrishning aytishicha, qochqinlarga eng zarur yordamlarni ko‘rsatishga harakat qilishayotgani bilan, urush bo‘ladimi yoki mojarolar, odamlarni ommaviy muhojiratga undayotgan omillarni bartaraf etishga imkonsizlar.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/

Alakalı yazılar

Yorum yazın