O‘zbekiston qamoqxonalarga video kameralari o‘rnatishga 5,2 mlrd. so‘m sarfladi
14 Nisan 2018  //  By:   //  Özbekistan  //  No Comment   //   54 Okunma

14.04.2018

Ichki ishlar vazirligi hibsxonalarga kuzatuv kameralari o‘rnatishga 5,2 mlrd. so‘m sarfladi
O‘zbekistonda vaqtincha saqlash hibsxonalari 1814, tergov hibsxonalari 123, maxsus qabulxonalar 25 hamda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan reabilitatsiya markazlari 283 zamonaviy videokuzatuv vositasi bilan jihozlandi.

Bu ma’lumotlarni O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiriga bergan suhbatida aytib o‘tdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu videokuzatuv vositalaridan 965 tasi shaxslarni vaqtincha saqlash kameralariga, 327 tasi tergov harakatlarini o‘tkazish va advokatlar bilan uchrashuv xonalariga, 364 tasi yo‘laklarga, 161 tasi mahbuslar sayr etadigan hududlarga, 307 tasi muassasalar atrofiga hamda 121 tasi shaxsni ko‘zdan kechirish joylariga va oshxonalarga o‘rnatilgan. Butun muassasa hududida mahbuslarga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq hamda boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llashning oldini olish choralari ko‘rilgan.

O‘rnatilgan videokuzatuv vositalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi hisobidan 5,2 milliard so‘m (643 ming dollardan ortiq) mablag‘ sarflangani aytildi.

O‘zbekistonda mahbuslarning qiynoqqa solinishi sistematik ekanligini yillardan buyon mahalliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tanqid qilib keladi.

Ozodlik

Yorum Yapın