O‘zbek va Qirg‘iz bosh vazirlari Farg‘onada uchrashadi

29.03.2018

Farg‘onada 29 mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegara oldi viloyatlari rahbarlarining kengashi bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat o‘rtasidagi mazkur kengash birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Qirg‘iziston hukumatining bildirishicha, Farg‘ona shahrida o‘tadigan uchrashuvda delegatsiyalarga bosh vazirlar Abdulla Aripov va Sapar Isaqov rahbarlik qiladi.

O‘tgan yilning 5-6 sentyabrida prezident Shavkakt Mirziyoyev Bishkekka davlat tashrifi bilan kelganida hukumatlararo munosabatlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Memorandumga muvofiq ikki davlatning chegaradosh hududlaridagi viloyatlar rahbarlarining kengashi ham tashkil etilgan.

Kengashning birinchi majlisida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekistonning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod hamda Botken viloyatlari bilan chegaradoshdir.

Ozodlik

Leave a Comment