MXX (SNB) generali Shuhrat G‘ulomov umrbod qamoqqa hukm qilindi
14 Ağustos 2017  //  By:   //  O'zbekistan, TÜRKİSTAN HABER  //  No Comment   //   351 Okunma

Toshkentdagi manbalarning Bi-bi-siga aytishicha, MXX (SNB) raisining sobiq birinchi o’rinbosari Shuhrat G’ulomov umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Bi-bi-si manbalarining tasdiqlashicha, G’ulomov moliyaviy zarar yetkazishda ham aybdor deb topilgan. Hukmni O’zbekiston Respublikasi Oliy harbiy mahkamasi chiqargan.

Shu yilning yanvar oyida Milliy Xavfsizlik xizmati raisining birinchi o’rinbosari 51 yoshli Shuhrat G’ulomov lavozimidan olinib, SNBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga o’tkazilgani xabar berilgan edi.

Internetdagi nashrlarda yozilishicha, SNB generali Shuhrat G’ulomov ushbu xizmatda faoliyatini aynan Surxondaryodan boshlagan. Sharqshunoslik bo’yicha oliy ma’lumotli bo’lgan G’ulomov Afg’oniston va Tojikiston masalalari bo’yicha yetakchi mutaxassis bo’lgan.

ғуломов
Image captionShuhrat G’ulomov o’rtada

Ayrim manbalar G’ulomov marhum Prezident Islom Karimovning nazariga 2005 yili Andijon qirg’inidan so’ng tushganini aytishadi.

2007 yili u Prezident tomonidan “O’zbekiston qahramoni” unvoniga loyiq deb topilgan.

Xabarlarda SNBning yana bir qudratli generali Hayot Sharifxo’jayev va Shuhrat G’ulomov o’rtasida 2006 – 2013 yillar kechgan ichki kurash G’ulomovning g’alabasi bilan yakun topgani aytiladi. Biroq O’zbekistonda hukumat almashgach Shuhrat G’ulomovning ham zafarli odimlariga chek qo’yila boshlangan.

G’ulomovning akasi Baxtiyor G’ulomov sal avvalroq O’zbekistonning Amerikadagi elchisi lavozimidan olingani xabar berilgan edi. U ushbu lavozimda 4 yil ishlagan.

  • Bi-bi-si O’zbek xizmati 

Yorum Yapın