Hijob va soqol o‘zbeklarni bo‘lib tashladimi?
11 Şubat 2018  //  By:   //  Özbekistan, TÜRKİSTAN  //  No Comment   //   144 Okunma

11.02.2018

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida hijob va soqol mavzusidagi tortishuvlar avj olgan.

Kimdir o‘quvchi-talabalarning hijob o‘rashi va soqol qo‘yishlariga ruxsat berilishi kerakligini aytsa, yana kimdir buni dunyoviylik tamoyillariga tahdid sifatida ko‘rishini bildiradi.

Avvalroq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasining Prezidentga soqol qo‘yish va hijob o‘rashga ruxsat berishni so‘rab yozgan murojaati e’lon qilingandi.Marg‘ilonda maktabga hijobda kelgan o‘quvchi qizlarni xojatxona tozalashga majbur qilish haqidagi tilxat esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Hijob va soqol haqidagi bahsu munozaralar O‘zbekiston bo‘ylab Qur’on musobaqasi kechayotgan pallada yuz bermoqda.

BBC Ozbek

Yorum Yapın