Turkiyadagi siyosiy “pot” vaziyati haqida

Yıkılmadım ayaktayım
dertlerimle başbaşayım
zalimlere kötülere yenilmedim
buradayım…

“Yiqilmadim, oyoqdaman,

Dardlarimla yolg‘iz qoldim.

Zolimlarga, yomonlarga yengilmadim,

Shu yerdaman…” (Turkcha qo‘shiqdan)

Turkiyada 7 Iyunda o‘tkazilgan Majlis (parlament) saylovlaridan keyingi siyosiy ahvol ushbu qo‘shiqda ifodalagan haqiqatga yaqindir. Ya’ni, 2002 yildan keyin bu mamlakatni boshqarib kelgan va g‘arbda Islomiy, deya ta’riflanadigan Toyib Erdo‘g‘on va Ahmad Dovudo‘g‘lining “Adolat va Taraqqiyot Partiya”si (ATP) bu saylovlarda jiddiy mag‘lubiyat olsada, tamoman mag‘lub bo‘lmadi. Ya’ni, bu saylovda ATP “yiqilmadi, oyoqda qoldi”…

Hali to‘la tasdiqlanmagan saylov natijalari shunday bo‘ldi: Islomiy ATP 41% ovoz oldi va 258 millatvakiliga ega bo‘ldi. Otaturk turafidan tuzilgan sekulyar (dunyoviy, turkcha Laik) Jumhuriyat Xalq Partiyasi (JXP) 25% ovoz oldi va 132 millatvakiliga ega bo‘ldi. Turk millatchilarining partiyasi (MXP) 16% ovoz oldi va 80 millatvakiliga va Kurd Millatchilarning partiyasi (XDP) 13% ovoz bilan 80 millatvakiliga ega bo‘ldilar…

Bu partiyalarning siyosiy mafkurasi va bugun olib borayotgan siyosatlari bir biridan tubdan farq qiladi, albatta…Oldin shu masalaga biroz to‘xtalaylik,

TURKIYaDAGI SIYoSIY PARTIYaLARNING QARAShLARI

Turkiyada hozirda 100 ga yaqin siyosiy partiya bo‘lib, ulardan 20 partiya so‘nggi saylovlarda qatnashdi. Bu partiyalardan faqat 4 tasi 10% to‘siqni oshib, Turkiya Buyuk Millat Majlisga (Parlamentiga) kira oldi. (Ya’ni, 10% ko‘p ovoz olgan partiyalargina Majlisga (Parlamentiga) kira oldi).

“Adolat va Taraqqiyot Partiya”si (ATP) 2001 yil 14 Avgustda Toyib Erdo‘g‘on va safdoshlari tarafidan qurildi. ATP aslida 1970 yillarda o‘rtaga chiqqan “Milliy qarash” Islomiy harakatining davomidir. Bu harakatni sobiq Bosh Vazir Najmiddin Erboqon va safdoshlari 1970 yillarda boshlatgandi. “Milliy Qarash” Islomiy harakati o‘z siyosiy partiyalariga ham ega edi. Turkiyadagi sekulyar rejim bu partiyalarni doimo ta’qiqlab kelgandi. Milliy Nizom, Milliy Salomat, Refax, Fazilat va Saodat partiyalari 1970 yillardan boshlab bu harakat tomonidan tuzilgandi. Toyib Erdo‘g‘on 2000 yillarda bu harakatdan ayrilganini e’lon qilib ATP ni tuzgandi. ATP 2002 yildan to 2015 yilgacha bir necha marta saylovlarda g‘olib kelib, Turkiyani yakka holda boshqarib keldi.

ATP Islomiy partiyadir. Toyib Erdo‘g‘onning “Demokratiya mening uchun bir tramvaydir, undan istagan paytimda tushib qolaman” so‘zi mashhurdir.Sekularizm (Laik davlat), ya’ni davlat va dinning ajralishi masalasida Prezident Toyib Erdo‘g‘on Laik lik qoidasi davlat va dinni bir biridan ajratish emas, davlatning butun din mansublariga ayni masofada turishi, ya’ni ularga adolatli munosabatda bo‘lishidir, degan fikrdadir. Turkiya aholisining 99% musulmon ekanligini hisobga olinsa, albatta bu adolatning avvalo musulmonlarga tegishli bo‘lishi o‘z o‘zidan tushunarlidir. Shuning uchun ham 2002 yildan keyin Erdo‘g‘on boshqaruvida musulmonlarga shaxslar sifatida ham, jamoatlar sifatida ham katta erkinliklar berildi…

ATP ni asosan musulmonchilikka e’tibor beradigan kishilar, ularning jamiyatlari va jamoatlari, musulmon boylar qo‘llab quvvatlaydi. ATP 2002 yildan keyin Turkiyada ijtimoiy va siyosiy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘ziga yaqin ommaviy axborot vositalarini (tele va radio kanallar, gazeta va jurnallar va hk) ham o‘rtaga chiqardi. Faqat Turkiya musulmonlari uzoq yillar kapitalistik sekulyar rejim sharoitlarida yashaganliklari uchun dinlariga u qadar ham bog‘liq emaslar. Masalan, bu mamlakat musulmonlarining eng ko‘pi bilan 30 yoki 35 % besh vaqt namozni ado qiladi. Ammo siyosatda bu masalalarga bevosita e’tibor berilmaydi. Erdo‘g‘on hukumati 2002 yildan keyin Islomiy maktablarga qo‘yilgan ta’qiqlarni olib tashladi va 2000 yillargacha bu maktablarda 100000 talaba o‘qigan bulsa, hozirda 1000000 milliondan ko‘proq talaba o‘qiydi. Bu jamiyatda musulmon kadrlarning tayorlanishida albatta muhim rol o‘ynaydi. Unutmaslik kerakki, Erdo‘g‘onning o‘zi ham shunday Islomiy maktablardan birida ta’lim olgan…

Jumhuriyat Xalq Partiyasi (JXP) 1923 yilda Otaturk tarafidan qurilgan sekulyar partiyadir. 1950 yilgacha Turkiyani yakka holda boshqardi, islomiy qadriyatlarni oyoq osti qildi, arab alifbosini lotin alifbosiga o‘zgartirdi, Usmonli davlati tarqalib ketgandan keyin jamiyat va davlat hayotining siyosat, huquq, ta’lim, ijtisod va boshqa sohalarida g‘arbona sekulyar qoidalarni joriy qildi, azonni 17 yil davomida Turk tilida o‘qitdi, bunga qarshi chiqqan musulmonlarni qatliom qildi, ularga turli tazyiqlar va ta’qiqlar o‘tkazdi…

JXP sekularizm masalasida doimo Turk harbiylari va kapitalsit burjua sinfi bilan hamkorlik qilib keldi, 1960, 1970, 1980, 1997 yilgi harbiy to‘ntarishlarni qo‘llab quvvatladi. Ya’ni, JXP Turkiyada Islomiy qarashlar va musulmonlarga qarshi bo‘lgan asosiy siyosiy kuchdir. Bugungi kunda bu partiya sekularizm masalasida unchalik qat’iy pozitsiyada bo‘lmasa ham, bu siyosiy qarash doirasida mamlakatda o‘zi ijtimoiy va iqtisodiy siyosatini olib borishni istaydi…

Turk millatchilarining partiyasi (MXP) 1969 yilda Turk millatchiligi fikrining asoschisi Arparslan Turkesh tarafidan qurildi. 1970 va 1980 yillarda MXP Turkiyadagi so‘l (kommunist) ideologiya va bu mafkura tarafdori siyosiy kuchlarga qarshi kurashdi. 1980 yilda harbiylar davlat to‘ntarish qilishidan oldin MXP tarafdorlari va so‘lchi kuchlar vakillari orasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lardi.

MXP ning g‘oyasi Turkiyada butun fuqarolarning Turk millatiga mansub ekanligi va davlatning bir milliy davlat ekanligidir. Bu partiya qolgan millatlarning, ya’ni kurdlarning, arablarning va boshqalarning vaqt o‘tishi bilan turklashganini iddoa qiladi. Shu bilan birga MXP Turk xalqining musulmon xalq ekanlini e’tirof qiladi. Bu partiyaning ko‘pgina a’zo va tarafdlorlari Islomiy ibodatlarni ado qiladilar. MXP ga asosan Turkiyaning ich hududlarida yashaydigan aholining bir qismi ovoz beradi…

Kurd Millatchilarning partiyasi (XDP), ya’ni Xalqlarning Demokratik Partiyasi. 2012 yilda tuzilgan. Aslida Kurd millatchilik fikri juda eski zamonlarga, ba’zilarga ko‘ra Usmonli zamoniga borib taqaladi. 1974 yilda Abdulloh O‘jalon PKK (Kurd Ishchi Partiyasini) quradi. Bu kommunistik mafkurada bo‘lgan va Turkiyaning Janubiy sharqida ateizmga (dinsizlikka) asoslangan mustaqil Kurd davlatini qurishni g‘oya qilib olgan radikal terrorchi harakatdir. 1980 yllardan boshlab PKK Turkiyada son sanoqsiz terror hujumlarini amalga oshirdi va Turk Harbiy kuchlari va politsiyasi bilan janglarga kirishdi. Bu urushlar natijasida 50 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Turkyaining bu urushlarda 500 Milyard dollar zarar ko‘rgani aytiladi.

1999 yilda Abdulloh O‘jalon chet elda qo‘lga olinib, Turkiyaga keltirildi. Sud unga o‘lim jazosi berdi. Faqat Turkiya Ovrupa Ittifoqiga a’zolikka nomzod bo‘lgani uchun bu jazo amalga oshmadi va Abdulloh O‘jalon 17 yildan beri qamoq jazosini o‘tamoqda…

Hozirda PKKning mamlakat sharqidagi tog‘larda va qo‘shni Iroq hududlarida bir necha ming qurolli tarafdorlari bor. Shu bilan birga Kurd millatchilari mustaqillik uchun siyosiy kurashni davom ettirdilar va bu maqsadda turli nomlar bilan siyosiy partiyalar tuzdilar. Bu partiyalar birin keyin ta’qiqlangandan keyin nihoyat 2002 yilda Kurd Millatchilarning yana bir partiyasi (XDP) qurildi. Hozirda bu partiya ikki o‘rtoq Raisdosh tarafidan boshqariladi. Bular Salohiddin Demirtosh va ayol siyosatchi Figan Yuksaktog‘lardir.

2005 yillardan boshlab Toyib Erdo‘g‘on hukumati PKK rahbari Abdulloh O‘jalon va unga bo‘ysunadigan tog‘lardagi PKK militanlari bilan norasmiy muzokaralar o‘tkaza boshladi. Bu muzokaralarga albatta Kurd millatchi siyosatchilari ham qatnashishdi. Masalan, qamoqxonadagi O‘jalon bilan XDP millatvakillari ko‘rishib, keyin uning qarashlarini tog‘lardagi PKK militanlariga yetkazishdi. Shu shaklda Erdo‘g‘on hukumati tashabbuschisi bo‘lgan Kurd muammosini “Yechish Jarayoni” (Turkcha “Çözüm Süreci”) boshlatildi va hozirda bu jarayon davom etmoqda. Bu jarayon davomida mamlakatda Kurd tilida televideniye va radio kanallari ochildi, Kurdlar o‘z tillarida xususiy maktablar ochish huquqiga ega bo‘ldilar. Siyosiy jihatdan Turkyaining bir federatsiya davlati, ya’ni Kurdlarga siyosiy avtonomiya berilishi masalasi ham kun tartibiga keltirilsada, lekin bu masalada hozircha biror qaror olingani yo‘q…

TURKIYaDAGI HOZIRGI IJTIMOIY SIYoSIY TUZUM HAQIDA

Turkiya jumhuriyati 1923 yilda qurilgandan keyin bu mamlakatda bir necha marta Davlat Nizomi (Konstitutsiya) qabul qilingan. 1980 yilda qabul qilingan Davlat Nizomi unga ko‘pgina o‘zgartirishlar kiritilishiga qaramay hozirda ham amaldagi davlat boshqaruvining asosi hisoblanadi. Bu davlat Nizomida Turkiya Jumhuriyatining (TJ) shakli “ijtimoiy, huquq va demokratik sekulyar (laik) davlatdir”, deya ta’riflangan. Shu bilan birga TJ parlament boshqaruv tizimiga ham ega. Ya’ni, mamlakat Prezidenti ramziy salohityalarga ega bo‘lib, davlatni saylovlarda g‘olib kelgan siyosiy partiya yoki partiyalar kaolitsiyasi (ittifoqi) boshqaradi. Bu boshqaruvni Vazirlar Mahkamasini tashkil qiladigan Bosh Vazir amalga oshiradi. Ya’ni, Prezident ramziy davlat Raisi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (Parlamenti) qonun chiqaruvchi organ, Bosh Vazir tuzadigan va boshqaradigan Vazirlar Mahkamasi asosiy Ijro organi hisoblanadi va Sud hokimiyati maxkamalar tarafidan amalga oshiriladi…

2014 yilda Turkiyada Prezidentlik uchun ilk marta umumxalq saylovlari o‘tkazildi. Bundan avval bu mamlakatda Prezident Parlamen tarafidan saylanardi. 2014 yildagi saylovlarda 52 % ovoz olgan Toyib Erdo‘g‘on Turkiyada prezidentlik boshqaruvini joriy qilish tashabbusi bilan chiqdi. Buning uchun esa yangi Davlat Nizomi (Konstitutsiya) qabul qilinishi shart edi. Buning uchun esa Erdo‘g‘on va Dovudo‘g‘lining ATP partiyasi Parlamentda mutlaq ko‘pchilikni, ya’ni 550 millatvakilidan 367 o‘rinni yoki hech bo‘lmaganda 330 o‘rinni qo‘lga kiritishi kerak edi. Afsuski, saylovlarda 2015 yilgi saylovlarda ATP faqat 41% yaqin ovoz oldi va 258 millatvakiliga ega bo‘ldi.

Shunday qilib, Turkiyadagi ijtimoiy siyosiy vaziyatni o‘ziga xos o‘tish holati, deb baholash mumkin. Ya’ni, bugungi Turkiya 1923 yilda Otaturk tarafidan tuzilgan sekulyar davlat emas, ayni paytda bu malakatdagi tuzumni to‘liq Islomiy tuzum ham, deb bo‘lmaydi.

Turkiya dunyo siyosatida o‘ti muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda bu davlat Ovrupo Ittifoqiga a’zolikka nomzod davlat hisoblanadi. Turkiya hozirda musulmon mamlakatlar ichida ijtimoiy,siyosiy va iqtisodiy va harbiy jihatdan eng taraqqiy davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga Turkiya bugun juda katta erkinliklar o‘lkasi hamdir. Bu davlatda matbuot va fikr erkinligi, siyosiy va ijtimoiy tashabbuslar, iqtisodiy tadbirkorlik erkinliklari ta’minlangan, turli dinlarning vakillariga katta erkinliklar berilgan.

BUGUNGI KUNDA TURKIYa SIYoSATIGA TA’SIR O‘TKAZAYoTGAN SIYoSIY BO‘LMAGAN KUChLAR

Bu kuchlarni Fathulloh Gulan harakatining siyosatga ta’siri, Turkiya harbiylarining “siyosiy” faollashishi, Kurd millatchilarining qurolli guruhi bo‘lgan PKKning qurol tashlashni rad qilishi, kapitalist boylar va ular ta’sirida bo‘lgan matbuot organlarining siyosatga ta’siri va nihoyat g‘arb davlatlarining Turkiya siyosatiga ta’siri, deb aytish mumkin.

FATHULLOH GULAN JAMOATI MUAMMOSI 

Men bu yerda 7 Iyun saylovlaridan oldin yozgan “Turkiya Jar Yoqasida Turibdimi?” nomli maqolamdan iqtibos keltirmoqchiman:

“Turkiyada musulmonlar avval qisman, hozir esa tamoman o‘zlari istagan jamoat, tariqot, jamoatchilik uyushmasi, firqa va hk tuzish erkinligiga egadir. Mana shunday jamoatlardan biri Fathulloh Gulan harakatidir. Bu harakat Turkiyada va chet davlatlarda 1000 larcha maktablari, shu bilan birga iqtisodiy shirkatlari, o‘z gazeta, tele va radio kanallari, davlatning huquq tartibot idoralarida minglarcha (polis rahbarlari, prokurorlar va sudyalar) kadrlari va xalq ichida millionlarcha tarafdorlariga egadir.

Gulan jamoati 2011 yilgacha Erdo‘g‘on hukumati bilan hamkorlikda ish olib borgandi. Faqat 2012 yil Fevral oyida bu jamoatga a’zo prokurorlar Turkiya Milliy Istihboratining (bizdagi MXX) raisini qamashga urindilar. Shu tarzda birinchi marta Erdo‘g‘on hukumati va Gulan jamoati orasida to‘qnashuv yuzaga keldi. Keyinchalik 1999 yildan beri AQShda yashaydigan Gulan jamoatining chet el davlatlari, asosan AQSh va Isroil bilan yaqin aloqalari borligi aniqlandi. 2014 yilda jamoat a’zosi prokurorlar Erdo‘g‘on hukumatining 4 vaziri haqida poraxo‘rlik da’vosi ochib, ularning yaqinlarini qo‘lga oldilar. Bu siyosiy zarbaning asosiy maqsadi Erdo‘g‘on hukumatini hokimiyatdan ag‘darish, ya’ni huquq tartibot idoralarining yordami bilan davlat to‘ntarishini amalga oshirish edi. Shu tarzda bu jamoat bilan hukumat orasida haqiqiy siyosiy va huquqiy “urush” boshlandi. Hozir ham bu kurash davom etmoqda va Gulan jamoati Erdo‘g‘onning siyosiy harakatiga qarshi bo‘lgan ichki va tashqi siyosiy kuchlar bilan oshkora hamkorlik qilmoqdadir…

(Qarang: http://namoznormumin.blogspot.no/2015/05/blog-post_22.html)

Turkiya harbiylarining “siyosiy” faollashishi 

Ma’lumki, 1923 yilda Turkiya Jumhuriyati qurilgandan keyin o‘rnatilgan sekulyar rejim asosan harbiylarning qo‘llab quvvatlashi bilan oyoqda turgan edi. Bu maqsadda Turkiya harbiylari bir necha marta davlat to‘ntarishlari ham amalga oshirgan edilar. 2002 yilda Toyib Erdo‘g‘onning partiyasi hukumatga kelgandan keyin Turkiyada harbiylarning siyosatga faol aralashuviga barham berildi. Ya’ni, harbiylar Erdo‘g‘on boshqaradigan fuqaroviy (ruscha grajdanskiy, arabcha madaniy) hukumatga bo‘yunsunadigan bo‘ldilar. Ammo 7 Iyun saylovidan Erdo‘g‘on va Dovudo‘g‘lining ATP si hukumatni tashkil qilishdan mahrum bo‘lsa va sekularizm tarafdori JXP boshchiligida hukumat tuziladigan bo‘lsa, Turkiyada harbiylarining siyosiy tashabbusni yana o‘z qo‘llariga olishi uchun yangi imkonlar paydo bo‘lish ehtimoli yo‘q emas…

Kapitalist boylar va ular ta’sirida bo‘lgan matbuot organlarining siyosatga ta’siri 

Turkiya bozor iqtisodi qoidalari amal qiladigan bir mamlakatdir. Bu mamlakatda milliardlarcha dollarga ega bo‘lgan katta boylar va ular ta’sirida bo‘lgan ommaviy axborot vositalari kundalik siyosatga katta ta’sir o‘tkazish quvvatiga ega. Masalan, Turkiyaning eng katta boylaridan biri bo‘lgan Mustafo Qo‘ch dunyoda siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni boshqarishi iddoa qilinadigan norasmiy “Bilderberg Jamiyat”ining doimiy a’zosidir. Turkiya matbuotida shu kunlarda dunyoni boshqarishi iddoa qilingan bu jamiyat haqida juda qiziqarli bir maqola e’lon qilindi. (qarang: sabah.com.tr/gundem/2015/06/10/bilderberg-neyin-pesinde).

Bunday kapitalist boylar o‘lkada yuz minglarcha nusxada bosiladigan “Hurriyat”, “Milliyat” kabi gazetalarni, o‘nlarcha televideniye va radio kanallarini va boshqa ommaviy axborot vositalarini o‘z nazoratida tutadi va ulardan o‘zlari istagan shaklda hukumatga qarshi propaganda vositasi sifatida foydalanadilar

Kurd millatchilarining qurolli guruhi bo‘lgan PKKning qurol tashlashni rad qilishi

Yuqorida aytilgani kabi hozirda Turkiyaning sharqidagi tog‘larda va Iroq hududida Kurd millatchilarining bir necha ming qurollangan to‘dalari bor. Bu qurolli to‘dalar saylov jarayonida ham mamlakatning sharqidagi salovchilarni Kurd millatchilariga ovoz berishlari uchun qurol bilan tahdid qildilar. Turkiyada Kurd muammosining yaqin vaqtlarda siyosiy yo‘llar bilan hal qilinishini bashorat qilib bo‘lmaydi. Demak, qurollangan PKK to‘dalarining yaqinda qurol tashlashlarini ham kutib ham bo‘lmaydi…

G‘arb davlatlarining Turkiya siyosatiga ta’siri

2000 yillargacha Turkiyaning ichki va tashqi siyosati jiddiy ma’noda g‘arb davlatlarining ta’siri ostida edi. Bunday ta’sirni Muborak zamonida Misrda yoki qirollar tarafidan boshqariladigan Arab o‘lkalarida ham ko‘rishimiz mumkin.

Turkiyada 1960 va 2000 yillar orasida sodlir qilingan davlat to‘ntarishlarida g‘arbliklarning qo‘li borligi va bu to‘ntarishlar ularning manfaatiga mos ravishda amalga oshirilgani ham inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir.

2014 yilda Istanbulning Taksim maydonida yana g‘arb davlattlari qo‘llab quvvatlagan siyosiy g‘alayonlar bo‘lib o‘tdi. AQSh CNN telekanali bu g‘alayon haqida 11 soatlik uzluksiz ko‘rsatuvlar namoyish qildi. Maqsad Misrdagi Tahrir maydonida xalq tarafidan saylangan Prezident Mursiyni yoki Kiyevdagi “Maydon” harakatiga o‘xshash jarayonlarni tashkil qilib, Toyib Erdo‘g‘onni hukumatdan ag‘darish edi. Ammo Erdo‘g‘on hukumatning bu g‘alayonlar jarayonida qat’iy siyosiy va xavfsizlik choralarini olishi natijasida ko‘zlangan maqsadlar amalga oshmay qoldi…

G‘arb davlatlari matbuoti 7 Iyun saylov jarayonida ham uzluksiz ravishda Toyib Erdo‘g‘on va hukumatini o‘qqa tutib turdi. Shuningdek, bu davlatlarning Turkiyani bo‘lib yuborish uchun Kurd millatchilarini qo‘llab quvvatlashlari ham oshkora bir haqiqatdir…

TURKIYa SIYoSATIDA BUNDAN KEYIN NIMA BO‘LADI?

7 Iyun kunida o‘tkazilgan Parlament saylovlaridan keyingi siyosiy vaziyatni shaxmat tili bilan aytganda “Pot” holati, deyish ham mumkin. Ya’ni, bu saylovlarda biror partiya ham hukumatni tuzish uchun lozim bo‘lgan mutlaq ko‘pchilik ovozlarni ololmadi. Ya’ni, 275 va undan ko‘proq millatvakiliga ega bo‘la olmadi.

Erdo‘g‘on va Dovudo‘g‘lining ATP si parlamentdagi mutlaq ko‘pchilikni yo‘qotdi, 41% ovoz olib, faqatgina 258 millatvakiliga ega bo‘ldi. Bu esa 550 millatvakilidan tashkil topgan Turkiya Buyuk Millat Majohlisda yakka holda hukumat tuzish uchun yetarli emas. Buning uchun eng kamida 275 millatvakiliga ega bo‘lish kerak. Demak, ATP endi bir o‘zi hukumatni tuza olmaydi. Muxolifatdagi JXP, MXP va XDP partiyalari zotan yakka holda hukumatni tuza olmaydilar.

Bunday siyosiy “pot” vaziyatida Parlamentga kirgan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish uchun o‘zaro ittifoq tuzishga majburdirlar. Masalan, AKP muxolifatdagi JXP yoki MXP yoki XDP bilan kelishib hukumat tuza oladi. Ammo bu partiyalar orasida maqolaning boshida aytilgani kabi jiddiy mafkuraviy va siyosiy farqliliklar bor. Shuning uchun bu partiyalarning ittifoq (koalitsiya) hukumati tuzishlari unchalik ham oson siyosiy jarayon hisoblanmaydi…

Boshqa tomondan muxolifatdagi JXP, MXP va XDP partiyalari o‘zaro kelishib ittifoq (koalitsiya) hukumati tuzishlari mumkin. Ammo bunday kelishuv hozirda Turkiyada deyarli imkonsiz, deya ko‘rilmoqda. Chunki Turk va Kurd millatchilarining kelishib, bir ittifaq hukumatiga a’zo bo‘lishlariga deyarli hech kim extimol bermaydi. Ammo manfaatlar ustun ko‘riladigan bunday siyosiy muhitda har qanday siyosiy qadamlar otilishi mumkinligini ham unutmasligimiz kerak. Masalan, JXP va MXP hukumat tuzish haqida kelishsa, kurdlarning XDP si bu ittifoqqa a’zo bo‘lmasdan ham, Parlamentda bu ittifoq hukumatini qo‘llab quvvatlashi mumkin…

Yana bir ehtimollardan biri ATP ning ozchilik hukumatini tuzishidir. Buning uchun muxolifatdagi partiyalardan biri ATP bilan ittifoq hukumatiga kirmasa ham Parlamentda ATP tuzadigan hukumatni qo‘llab quvatlashi kerak…

Va nihoyat agar bu partiyalar o‘zaro kelishib hukumat tuza olmasalar, u holda Prezident Toyib Erdo‘g‘on bu parlamentni tarqatib yuborib, mamlakatda yangi saylovlar e’lon qilish huquqiga egadir…

TURKIYa SIYoSATIDAN QANDAY XULOSALAR ChIQARISh MUMKIN?

Agar Turkiyada hozirgi siyosiy tuzum va jarayonlarni O‘zbekistondagi Karimov diktaturasi, Erondagi oyatullohlar rejimi, Arab davlatlardagi qirolliklar diktatorligi, qirg‘inbarot urushlar davom etayotgan Iroq, Suriya va Afg‘onistondagi vaziyatlarga taqqoslansa, albatta Turkiyadagi umumiy ahvol va siyosiy jarayonlarning bu mamlakatlardagi vaziyatlardan yaxshiroq ekanligini ko‘ramiz.

Albatta, bunday baholashga ba’zilar qo‘shilmasligi ham mumkin. Ayniqsa, ba’zi musulmon toifalar orasida Turkiyadagi rejimni va siyosiy jarayonlarni g‘ayriislomiy, deya baholaydiganlar ham topiladi. Avvalo, bu yerda yuqoridagi taqqoslashga e’tibor qaratilishi kerak, deb o‘ylayman. Ya’ni, o‘zini musulmon davlatlari deb ataydigan ammo turli shakldagi diktorliklar bilan boshqariladigan yoki qirg‘inbarot urushlar ketayotgan davlatlardagi siyosiy tuzumlar va jarayonlar yaxshimi yoki tom ma’noda islomiy bo‘lmasa ham asosan tinchlik vaziyati hkumron bo‘lgan, jamiyatda juda katta ijtimoiy va siyosiy erkinliklar ta’minlangan hozirgi Turkiyadagi vaziyat mi? Qolaversa, Toyib Erdo‘g‘on va Ahmad Dovudo‘g‘li boshqarayotgan ATP sining sekulayar partiya emasligini, bu siyosatchilarining sekularizmni din va davlatni bir biridan ayirish emas, davlatning butun din vakillariga bir xil munosabatda bo‘lishi, deya ta’riflashlarini ham unutmasligimiz kerak. Shuning uchun Erdo‘g‘on va Dovuto‘g‘li hukumatlari Turkiyada g‘arbona sekularizmga asoslangan rejimga qat’iy zarbalar berdilar, bu rejimni qo‘llab quvvatlaydigan harbiylarning siyosatga ta’sirini jiddiy ma’noda kamaytirdilar mamlakatda musulmonlarga katta huquqlar berilishiga erishdilar…

Ammo Turkiyada musulmonchilik va g‘arbona tuzum tarafdorlari orasidagi siyosiy va ijtimoiy kurash tamoman tugallandi, deyishga hozircha yetarli asos yo‘q. Buning ustiga mamlakatda Turk va Kurd millatchligi tobora avj olib bormoqda. Shuningdek, Turkiya murakkab geopoltik jarayonlar davom etayotgan dunyo siyosiy muhitining markazlaridan birida turibdi…

Kelajakda nima bo‘lishini albatta Alloh taolo biladi..

Namoz NORMO‘MIN

10.06.2015

Devami

Туркиядаги сиёсий “пот” вазияти ҳақида

 Yıkılmadım ayaktayım

dertlerimle başbaşayım
zalimlere kötülere yenilmedim
buradayım…

“Йиқилмадим, оёқдаман,

Дардларимла ёлғиз қолдим.

Золимларга, ёмонларга енгилмадим,

Шу ердаман…” (Туркча қўшиқдан)

Туркияда 7 Июнда ўтказилган Мажлис (парламент) сайловларидан кейинги сиёсий аҳвол ушбу қўшиқда ифодалаган ҳақиқатга яқиндир. Яъни, 2002 йилдан кейин бу мамлакатни бошқариб келган ва ғарбда Исломий, дея таърифланадиган Тойиб Эрдўғон ва Аҳмад Довудўғлининг “Адолат ва Тараққиёт Партия”си (АТП) бу сайловларда жиддий мағлубият олсада, тамоман мағлуб бўлмади. Яъни, бу сайловда АТП “йиқилмади, оёқда қолди”…

Ҳали тўла тасдиқланмаган  сайлов натижалари шундай бўлди: Исломий АТП 41% овоз олди ва 258 миллатвакилига эга бўлди. Отатурк турафидан тузилган секуляр (дунёвий, туркча Laik) Жумҳурият Халқ Партияси (ЖХП) 25% овоз олди ва 132 миллатвакилига эга бўлди. Турк миллатчиларининг партияси (МХП) 16% овоз олди ва 80 миллатвакилига ва Курд Миллатчиларнинг партияси (ХДП) 13% овоз билан 80 миллатвакилига эга бўлдилар…

Бу партияларнинг сиёсий мафкураси ва бугун олиб бораётган сиёсатлари бир биридан тубдан фарқ қилади, албатта…Олдин шу масалага бироз тўхталайлик,

ТУРКИЯДАГИ СИЁСИЙ ПАРТИЯЛАРНИНГ ҚАРАШЛАРИ

Туркияда ҳозирда 100 га яқин сиёсий партия бўлиб, улардан 20 партия сўнгги сайловларда қатнашди. Бу партиялардан фақат 4 таси 10% тўсиқни ошиб, Туркия Буюк Миллат Мажлисга (Парламентига) кира олди. (Яъни, 10% кўп овоз олган партияларгина Мажлисга (Парламентига) кира олди). 

“Адолат ва Тараққиёт Партия”си (АТП) 2001 йил 14 Августда Тойиб Эрдўғон ва сафдошлари тарафидан қурилди. АТП аслида 1970 йилларда ўртага чиққан “Миллий қараш” Исломий ҳаракатининг давомидир. Бу ҳаракатни собиқ Бош Вазир Нажмиддин Эрбоқон ва сафдошлари 1970 йилларда бошлатганди. “Миллий Қараш” Исломий ҳаракати ўз сиёсий партияларига ҳам эга эди. Туркиядаги секуляр режим бу партияларни доимо таъқиқлаб келганди. Миллий Низом, Миллий Саломат, Рефах, Фазилат ва Саодат партиялари 1970 йиллардан бошлаб бу ҳаракат томонидан тузилганди. Тойиб Эрдўғон 2000 йилларда бу ҳаракатдан айрилганини эълон қилиб АТП ни тузганди. АТП 2002 йилдан то 2015 йилгача бир неча марта сайловларда ғолиб келиб, Туркияни якка ҳолда бошқариб келди.

АТП Исломий партиядир. Тойиб Эрдўғоннинг “Демократия менинг учун бир трамвайдир, ундан истаган пайтимда тушиб қоламан” сўзи машҳурдир.Секуларизм (Laik давлат), яъни давлат ва диннинг ажралиши масаласида Президент Тойиб Эрдўғон Laik лик қоидаси давлат ва динни бир биридан ажратиш эмас, давлатнинг бутун дин мансубларига айни масофада туриши, яъни уларга адолатли муносабатда бўлишидир, деган фикрдадир. Туркия аҳолисининг 99% мусулмон эканлигини ҳисобга олинса, албатта бу адолатнинг аввало мусулмонларга тегишли бўлиши ўз ўзидан тушунарлидир. Шунинг учун ҳам 2002 йилдан кейин Эрдўғон бошқарувида мусулмонларга шахслар сифатида ҳам, жамоатлар сифатида ҳам катта эркинликлар берилди…

АТП ни асосан мусулмончиликка эътибор берадиган кишилар, уларнинг жамиятлари  ва жамоатлари, мусулмон бойлар қўллаб қувватлайди. АТП 2002 йилдан кейин Туркияда ижтимоий ва сиёсий ҳаётида катта аҳамиятга эга бўлган ўзига яқин оммавий ахборот воситаларини (теле ва радио каналлар, газета ва журналлар ва ҳк) ҳам ўртага чиқарди. Фақат Туркия мусулмонлари узоқ йиллар капиталистик секуляр режим шароитларида яшаганликлари учун динларига у қадар ҳам боғлиқ эмаслар. Масалан, бу мамлакат мусулмонларининг энг кўпи билан 30 ёки 35 % беш вақт намозни адо қилади. Аммо сиёсатда бу масалаларга бевосита эътибор берилмайди. Эрдўғон ҳукумати 2002 йилдан кейин Исломий мактабларга қўйилган таъқиқларни олиб ташлади ва 2000 йилларгача бу мактабларда 100000 талаба ўқиган булса, ҳозирда 1000000 миллиондан кўпроқ талаба ўқийди. Бу жамиятда мусулмон кадрларнинг таёрланишида албатта муҳим роль ўйнайди. Унутмаслик керакки, Эрдўғоннинг ўзи ҳам шундай Исломий мактаблардан бирида таълим олган…

Жумҳурият Халқ Партияси (ЖХП) 1923 йилда Отатурк тарафидан қурилган секуляр партиядир. 1950 йилгача Туркияни якка ҳолда бошқарди, исломий қадриятларни оёқ ости қилди, араб алифбосини лотин алифбосига ўзгартирди, Усмонли давлати тарқалиб кетгандан кейин жамият ва давлат ҳаётининг сиёсат, ҳуқуқ, таълим, ижтисод ва бошқа соҳаларида ғарбона секуляр қоидаларни жорий қилди, азонни 17 йил давомида Турк тилида ўқитди, бунга қарши чиққан мусулмонларни қатлиом қилди, уларга турли тазйиқлар ва таъқиқлар ўтказди…

ЖХП секуларизм масаласида доимо Турк ҳарбийлари ва капиталсит буржуа синфи билан ҳамкорлик қилиб келди, 1960, 1970, 1980, 1997 йилги ҳарбий тўнтаришларни қўллаб қувватлади. Яъни, ЖХП Туркияда Исломий қарашлар ва мусулмонларга қарши бўлган асосий сиёсий кучдир. Бугунги кунда бу партия секуларизм масаласида унчалик қатъий позицияда бўлмаса ҳам, бу сиёсий қараш доирасида мамлакатда ўзи ижтимоий ва иқтисодий сиёсатини олиб боришни истайди…

Турк миллатчиларининг партияси (МХП) 1969 йилда Турк миллатчилиги фикрининг асосчиси Арпарслан Туркеш тарафидан қурилди. 1970 ва 1980 йилларда МХП Туркиядаги сўл (коммунист) идеология ва бу мафкура тарафдори сиёсий кучларга қарши курашди. 1980 йилда ҳарбийлар давлат тўнтариш қилишидан олдин МХП тарафдорлари ва сўлчи кучлар вакиллари орасида қуролли тўқнашувлар содир бўларди.

МХП нинг ғояси Туркияда бутун фуқароларнинг Турк миллатига мансуб эканлиги ва давлатнинг бир миллий давлат эканлигидир. Бу партия қолган миллатларнинг, яъни курдларнинг, арабларнинг ва бошқаларнинг вақт ўтиши билан турклашганини иддоа қилади. Шу билан бирга МХП Турк халқининг мусулмон халқ эканлини эътироф қилади. Бу партиянинг кўпгина аъзо ва тарафдлорлари Исломий ибодатларни адо қиладилар. МХП га асосан Туркиянинг ич ҳудудларида яшайдиган аҳолининг бир қисми овоз беради…

Курд Миллатчиларнинг партияси (ХДП), яъни Халқларнинг Демократик Партияси. 2012 йилда тузилган. Аслида Курд миллатчилик фикри жуда эски замонларга, баъзиларга кўра Усмонли замонига бориб тақалади. 1974 йилда Абдуллоҳ Ўжалон ПКК (Курд Ишчи Партиясини) қуради. Бу коммунистик мафкурада бўлган ва Туркиянинг Жанубий шарқида атеизмга (динсизликка) асосланган мустақил Курд давлатини қуришни ғоя қилиб олган радикал террорчи ҳаракатдир. 1980 йллардан бошлаб ПКК Туркияда сон саноқсиз террор ҳужумларини амалга оширди ва Турк Ҳарбий кучлари ва полицияси билан жангларга киришди. Бу урушлар натижасида 50 мингга яқин киши ҳалок бўлди. Туркяининг бу урушларда 500 Милярд доллар зарар кўргани айтилади.

1999 йилда Абдуллоҳ Ўжалон чет элда қўлга олиниб, Туркияга келтирилди. Суд унга ўлим жазоси берди. Фақат Туркия Оврупа Иттифоқига аъзоликка номзод бўлгани учун бу жазо амалга ошмади ва Абдуллоҳ Ўжалон 17 йилдан бери қамоқ жазосини ўтамоқда…

Ҳозирда ПККнинг мамлакат шарқидаги тоғларда ва қўшни Ироқ ҳудудларида бир неча минг қуролли тарафдорлари бор. Шу билан бирга Курд миллатчилари мустақиллик учун сиёсий курашни давом эттирдилар ва бу мақсадда турли номлар билан сиёсий партиялар туздилар. Бу партиялар бирин кейин таъқиқлангандан кейин ниҳоят 2002 йилда Курд Миллатчиларнинг яна бир партияси (ХДП) қурилди. Ҳозирда бу партия икки ўртоқ Раисдош тарафидан бошқарилади. Булар Салоҳиддин Демиртош ва аёл сиёсатчи Фиган Юксактоғлардир.

2005 йиллардан бошлаб Тойиб Эрдўғон ҳукумати ПКК раҳбари Абдуллоҳ Ўжалон ва унга бўйсунадиган тоғлардаги ПКК милитанлари билан норасмий музокаралар ўтказа бошлади. Бу музокараларга албатта Курд миллатчи сиёсатчилари ҳам қатнашишди. Масалан, қамоқхонадаги Ўжалон билан ХДП миллатвакиллари кўришиб, кейин унинг қарашларини тоғлардаги ПКК милитанларига етказишди. Шу шаклда Эрдўғон ҳукумати ташаббусчиси бўлган Курд муаммосини “Ечиш Жараёни” (Туркча “Çözüm Süreci”) бошлатилди ва ҳозирда бу жараён давом этмоқда. Бу жараён давомида мамлакатда Курд тилида телевидение ва радио каналлари очилди, Курдлар ўз тилларида хусусий мактаблар очиш ҳуқуқига эга бўлдилар. Сиёсий жиҳатдан Туркяининг бир федерация давлати, яъни Курдларга сиёсий автономия берилиши масаласи ҳам кун тартибига келтирилсада, лекин бу масалада ҳозирча бирор қарор олингани йўқ…

ТУРКИЯДАГИ ҲОЗИРГИ ИЖТИМОИЙ СИЁСИЙ ТУЗУМ ҲАҚИДА

 Туркия жумҳурияти 1923 йилда қурилгандан кейин бу мамлакатда бир неча марта Давлат Низоми (Конституция) қабул қилинган. 1980 йилда қабул қилинган Давлат Низоми унга кўпгина ўзгартиришлар киритилишига қарамай ҳозирда ҳам амалдаги давлат бошқарувининг асоси ҳисобланади. Бу давлат Низомида Туркия Жумҳуриятининг (ТЖ) шакли “ижтимоий, ҳуқуқ ва демократик секуляр (лаик) давлатдир”, дея таърифланган. Шу билан бирга ТЖ парламент бошқарув тизимига ҳам эга. Яъни, мамлакат Президенти рамзий салоҳитяларга эга бўлиб, давлатни сайловларда ғолиб келган сиёсий партия ёки партиялар каолицияси (иттифоқи) бошқаради. Бу бошқарувни Вазирлар Маҳкамасини ташкил қиладиган Бош Вазир амалга оширади. Яъни, Президент рамзий давлат Раиси, Туркия Буюк Миллат Мажлиси (Парламенти) қонун чиқарувчи орган,  Бош Вазир тузадиган ва бошқарадиган Вазирлар Маҳкамаси асосий Ижро органи ҳисобланади ва Суд ҳокимияти махкамалар тарафидан амалга оширилади…

2014 йилда Туркияда Президентлик учун илк марта умумхалқ сайловлари ўтказилди. Бундан аввал бу мамлакатда Президент Парламен тарафидан сайланарди. 2014 йилдаги сайловларда 52 % овоз олган Тойиб Эрдўғон Туркияда президентлик бошқарувини жорий қилиш ташаббуси билан чиқди. Бунинг учун эса янги Давлат Низоми (Конституция) қабул қилиниши шарт эди. Бунинг учун эса Эрдўғон ва Довудўғлининг АТП партияси Парламентда мутлақ кўпчиликни, яъни 550 миллатвакилидан 367 ўринни ёки ҳеч бўлмаганда 330 ўринни қўлга киритиши керак эди. Афсуски, сайловларда 2015 йилги сайловларда АТП фақат 41% яқин овоз олди ва 258 миллатвакилига эга бўлди.

Шундай қилиб, Туркиядаги ижтимоий сиёсий вазиятни ўзига хос ўтиш ҳолати, деб баҳолаш мумкин. Яъни, бугунги Туркия 1923 йилда Отатурк тарафидан тузилган секуляр давлат эмас, айни пайтда бу малакатдаги тузумни тўлиқ Исломий тузум ҳам, деб бўлмайди.

Туркия дунё сиёсатида ўти муҳим ўрин тутади. Бугунги кунда бу давлат Оврупо Иттифоқига аъзоликка номзод давлат ҳисобланади. Туркия ҳозирда мусулмон мамлакатлар ичида ижтимоий,сиёсий ва иқтисодий ва ҳарбий жиҳатдан энг тараққий давлатлардан бири ҳисобланади. Шу билан бирга Туркия бугун жуда катта эркинликлар ўлкаси ҳамдир. Бу давлатда матбуот ва фикр эркинлиги, сиёсий ва ижтимоий ташаббуслар, иқтисодий тадбиркорлик эркинликлари таъминланган, турли динларнинг вакилларига катта эркинликлар берилган. 

БУГУНГИ КУНДА ТУРКИЯ СИЁСАТИГА ТАЪСИР ЎТКАЗАЁТГАН СИЁСИЙ БЎЛМАГАН КУЧЛАР

Бу кучларни Фатҳуллоҳ Гулан ҳаракатининг сиёсатга таъсири, Туркия ҳарбийларининг “сиёсий” фаоллашиши, Курд миллатчиларининг қуролли гуруҳи бўлган ПККнинг қурол ташлашни рад қилиши, капиталист бойлар ва улар таъсирида бўлган матбуот органларининг сиёсатга таъсири ва ниҳоят ғарб давлатларининг Туркия сиёсатига таъсири, деб айтиш мумкин.

ФАТҲУЛЛОҲ ГУЛАН ЖАМОАТИ МУАММОСИ 

Мен бу ерда 7 Июнь сайловларидан олдин ёзган “Туркия Жар Ёқасида Турибдими?” номли мақоламдан иқтибос келтирмоқчиман:

“Туркияда мусулмонлар аввал қисман, ҳозир эса тамоман ўзлари истаган жамоат, тариқот, жамоатчилик уюшмаси, фирқа ва ҳк тузиш эркинлигига эгадир. Мана шундай жамоатлардан бири Фатҳуллоҳ Гулан ҳаракатидир. Бу ҳаракат Туркияда ва чет давлатларда 1000 ларча мактаблари, шу билан бирга иқтисодий ширкатлари, ўз газета, теле ва радио каналлари, давлатнинг ҳуқуқ тартибот идораларида мингларча (полис раҳбарлари, прокурорлар ва судялар) кадрлари ва халқ ичида миллионларча тарафдорларига эгадир.

Гулан жамоати 2011 йилгача Эрдўғон ҳукумати билан ҳамкорликда иш олиб борганди. Фақат 2012 йил Февраль ойида бу жамоатга аъзо прокурорлар Туркия Миллий Истиҳборатининг (биздаги МХХ) раисини қамашга уриндилар. Шу тарзда биринчи марта Эрдўғон ҳукумати ва Гулан жамоати орасида тўқнашув юзага келди. Кейинчалик 1999 йилдан бери АҚШда яшайдиган Гулан жамоатининг чет эл давлатлари, асосан АҚШ ва Исроил билан яқин алоқалари борлиги аниқланди. 2014 йилда жамоат аъзоси прокурорлар Эрдўғон ҳукуматининг 4 вазири ҳақида порахўрлик даъвоси очиб, уларнинг яқинларини қўлга олдилар. Бу сиёсий зарбанинг асосий мақсади Эрдўғон ҳукуматини ҳокимиятдан ағдариш, яъни ҳуқуқ тартибот идораларининг ёрдами билан давлат тўнтаришини амалга ошириш эди. Шу тарзда бу жамоат билан ҳукумат орасида ҳақиқий сиёсий ва ҳуқуқий “уруш” бошланди. Ҳозир ҳам бу кураш давом этмоқда ва Гулан жамоати Эрдўғоннинг сиёсий ҳаракатига қарши бўлган ички ва ташқи сиёсий кучлар билан ошкора ҳамкорлик қилмоқдадир…

(Қаранг: http://namoznormumin.blogspot.no/2015/05/blog-post_22.html)

Туркия ҳарбийларининг “сиёсий” фаоллашиши 

Маълумки, 1923 йилда Туркия Жумҳурияти қурилгандан кейин ўрнатилган секуляр режим асосан ҳарбийларнинг қўллаб қувватлаши билан оёқда турган эди. Бу мақсадда Туркия ҳарбийлари бир неча марта давлат тўнтаришлари ҳам амалга оширган эдилар. 2002 йилда Тойиб Эрдўғоннинг партияси ҳукуматга келгандан кейин Туркияда ҳарбийларнинг сиёсатга фаол аралашувига барҳам берилди. Яъни, ҳарбийлар Эрдўғон бошқарадиган фуқаровий (русча гражданский, арабча маданий) ҳукуматга бўйунсунадиган бўлдилар. Аммо 7 Июнь сайловидан Эрдўғон ва Довудўғлининг АТП си ҳукуматни ташкил қилишдан маҳрум бўлса ва секуларизм тарафдори ЖХП бошчилигида ҳукумат тузиладиган бўлса, Туркияда ҳарбийларининг сиёсий ташаббусни яна ўз қўлларига олиши учун янги имконлар пайдо бўлиш эҳтимоли йўқ эмас…

Капиталист бойлар ва улар таъсирида бўлган матбуот органларининг сиёсатга таъсири 

Туркия бозор иқтисоди қоидалари амал қиладиган бир мамлакатдир. Бу мамлакатда миллиардларча долларга эга бўлган катта бойлар ва улар таъсирида бўлган оммавий ахборот воситалари кундалик сиёсатга катта таъсир ўтказиш қувватига эга. Масалан, Туркиянинг энг катта бойларидан бири бўлган Мустафо Қўч дунёда сиёсий ва иқтисодий жараёнларни бошқариши иддоа қилинадиган норасмий “Билдерберг Жамият”ининг доимий аъзосидир. Туркия матбуотида шу кунларда дунёни бошқариши иддоа қилинган бу жамият ҳақида жуда қизиқарли бир мақола эълон қилинди. (қаранг: sabah.com.tr/gundem/2015/06/10/bilderberg-neyin-pesinde).

 

Бундай капиталист бойлар ўлкада юз мингларча нусхада босиладиган “Ҳуррият”, “Миллият” каби газеталарни, ўнларча телевидение ва радио каналларини ва бошқа оммавий ахборот воситаларини ўз назоратида тутади ва улардан ўзлари истаган шаклда ҳукуматга қарши пропаганда воситаси сифатида фойдаланадилар

Курд миллатчиларининг қуролли гуруҳи бўлган ПККнинг қурол ташлашни рад қилиши 

Юқорида айтилгани каби ҳозирда Туркиянинг шарқидаги тоғларда ва Ироқ ҳудудида Курд миллатчиларининг бир неча минг қуролланган тўдалари бор. Бу қуролли тўдалар сайлов жараёнида ҳам мамлакатнинг шарқидаги саловчиларни Курд миллатчиларига овоз беришлари учун қурол билан таҳдид қилдилар. Туркияда Курд муаммосининг яқин вақтларда сиёсий йўллар билан ҳал қилинишини башорат қилиб бўлмайди. Демак, қуролланган ПКК тўдаларининг яқинда қурол ташлашларини ҳам кутиб ҳам бўлмайди…

Ғарб давлатларининг Туркия сиёсатига таъсири 

2000 йилларгача Туркиянинг ички ва ташқи сиёсати жиддий маънода ғарб давлатларининг таъсири остида эди. Бундай таъсирни Муборак замонида Мисрда ёки қироллар тарафидан бошқариладиган Араб ўлкаларида ҳам кўришимиз мумкин.

Туркияда 1960 ва 2000 йиллар орасида содлир қилинган давлат тўнтаришларида ғарбликларнинг қўли борлиги ва бу тўнтаришлар уларнинг манфаатига мос равишда амалга оширилгани ҳам инкор қилиб бўлмас ҳақиқатдир.

2014 йилда Истанбулнинг Таксим майдонида яна ғарб давлаттлари қўллаб қувватлаган сиёсий ғалаёнлар бўлиб ўтди. АҚШ CNN телеканали бу ғалаён ҳақида 11 соатлик узлуксиз кўрсатувлар намойиш қилди. Мақсад Мисрдаги Таҳрир майдонида халқ тарафидан сайланган Президент Мурсийни ёки Киевдаги “Майдон”  ҳаракатига ўхшаш жараёнларни ташкил қилиб, Тойиб Эрдўғонни ҳукуматдан ағдариш эди. Аммо Эрдўғон ҳукуматнинг бу ғалаёнлар жараёнида қатъий сиёсий ва хавфсизлик чораларини олиши натижасида кўзланган мақсадлар амалга ошмай қолди…

Ғарб давлатлари матбуоти 7 Июнь сайлов жараёнида ҳам узлуксиз равишда Тойиб Эрдўғон ва ҳукуматини ўққа тутиб турди. Шунингдек, бу давлатларнинг Туркияни бўлиб юбориш учун Курд миллатчиларини қўллаб қувватлашлари ҳам ошкора бир ҳақиқатдир…

 

ТУРКИЯ СИЁСАТИДА БУНДАН КЕЙИН НИМА БЎЛАДИ? 

7 Июнь кунида ўтказилган Парламент сайловларидан кейинги сиёсий вазиятни шахмат тили билан айтганда “Пот” ҳолати, дейиш ҳам мумкин. Яъни, бу сайловларда бирор партия ҳам ҳукуматни тузиш учун лозим бўлган мутлақ кўпчилик овозларни ололмади. Яъни, 275 ва ундан кўпроқ миллатвакилига эга бўла олмади.

Эрдўғон ва Довудўғлининг АТП си парламентдаги мутлақ кўпчиликни йўқотди, 41% овоз олиб, фақатгина 258 миллатвакилига эга бўлди. Бу эса 550 миллатвакилидан ташкил топган Туркия Буюк Миллат Мажоҳлисда якка ҳолда ҳукумат тузиш учун етарли эмас. Бунинг учун энг камида 275 миллатвакилига эга бўлиш керак. Демак, АТП энди бир ўзи ҳукуматни туза олмайди. Мухолифатдаги ЖХП, МХП ва ХДП партиялари зотан якка ҳолда ҳукуматни туза олмайдилар.

Бундай сиёсий “пот” вазиятида Парламентга кирган сиёсий партиялар ҳукуматни тузиш учун ўзаро иттифоқ тузишга мажбурдирлар. Масалан, АКП мухолифатдаги ЖХП ёки МХП ёки ХДП билан келишиб ҳукумат туза олади. Аммо бу партиялар орасида мақоланинг бошида айтилгани каби жиддий мафкуравий ва сиёсий фарқлиликлар бор. Шунинг учун бу партияларнинг иттифоқ (коалиция) ҳукумати тузишлари унчалик ҳам осон сиёсий жараён ҳисобланмайди…

Бошқа томондан мухолифатдаги ЖХП, МХП ва ХДП партиялари ўзаро келишиб иттифоқ (коалиция) ҳукумати тузишлари мумкин. Аммо бундай келишув ҳозирда Туркияда деярли имконсиз, дея кўрилмоқда. Чунки Турк ва Курд миллатчиларининг келишиб, бир иттифақ ҳукуматига аъзо бўлишларига деярли ҳеч ким эхтимол бермайди. Аммо манфаатлар устун кўриладиган бундай сиёсий муҳитда ҳар қандай сиёсий қадамлар отилиши мумкинлигини ҳам унутмаслигимиз керак. Масалан, ЖХП ва МХП ҳукумат тузиш ҳақида келишса, курдларнинг ХДП си бу иттифоққа аъзо бўлмасдан ҳам, Парламентда бу иттифоқ ҳукуматини қўллаб қувватлаши мумкин…

Яна бир эҳтимоллардан бири АТП нинг озчилик ҳукуматини тузишидир. Бунинг учун мухолифатдаги партиялардан бири АТП билан иттифоқ ҳукуматига кирмаса ҳам Парламентда АТП тузадиган ҳукуматни қўллаб қуватлаши керак…

Ва ниҳоят агар бу партиялар ўзаро келишиб ҳукумат туза олмасалар, у ҳолда Президент Тойиб Эрдўғон бу парламентни тарқатиб юбориб, мамлакатда янги сайловлар эълон қилиш ҳуқуқига эгадир…

ТУРКИЯ СИЁСАТИДАН ҚАНДАЙ ХУЛОСАЛАР ЧИҚАРИШ МУМКИН? 

Агар Туркияда ҳозирги сиёсий тузум ва жараёнларни Ўзбекистондаги Каримов диктатураси, Эрондаги оятуллоҳлар режими, Араб давлатлардаги қиролликлар диктаторлиги, қирғинбарот урушлар давом этаётган Ироқ, Сурия ва Афғонистондаги вазиятларга таққосланса, албатта Туркиядаги умумий  аҳвол ва сиёсий жараёнларнинг бу мамлакатлардаги вазиятлардан яхшироқ эканлигини кўрамиз.

Албатта, бундай баҳолашга баъзилар қўшилмаслиги ҳам мумкин. Айниқса, баъзи мусулмон тоифалар орасида Туркиядаги режимни ва сиёсий жараёнларни ғайриисломий, дея баҳолайдиганлар ҳам топилади. Аввало, бу ерда юқоридаги таққослашга эътибор қаратилиши керак, деб ўйлайман. Яъни, ўзини мусулмон давлатлари деб атайдиган аммо турли шаклдаги дикторликлар билан бошқариладиган ёки қирғинбарот урушлар кетаётган давлатлардаги сиёсий тузумлар ва жараёнлар яхшими ёки том маънода исломий бўлмаса ҳам асосан тинчлик вазияти ҳкумрон бўлган, жамиятда жуда катта ижтимоий ва сиёсий эркинликлар таъминланган ҳозирги Туркиядаги вазият ми? Қолаверса, Тойиб Эрдўғон ва Аҳмад Довудўғли бошқараётган АТП сининг секулаяр партия эмаслигини, бу сиёсатчиларининг секуларизмни дин ва давлатни бир биридан айириш эмас, давлатнинг бутун дин вакилларига бир хил муносабатда бўлиши, дея таърифлашларини ҳам унутмаслигимиз керак. Шунинг учун Эрдўғон ва Довутўғли ҳукуматлари Туркияда ғарбона секуларизмга асосланган режимга қатъий зарбалар бердилар, бу режимни қўллаб қувватлайдиган ҳарбийларнинг сиёсатга таъсирини жиддий маънода камайтирдилар мамлакатда мусулмонларга катта ҳуқуқлар берилишига эришдилар…

Аммо Туркияда мусулмончилик ва ғарбона тузум тарафдорлари орасидаги сиёсий ва ижтимоий кураш тамоман тугалланди, дейишга ҳозирча етарли асос йўқ. Бунинг устига мамлакатда Турк ва Курд миллатчлиги тобора авж олиб бормоқда. Шунингдек, Туркия мураккаб геополтик жараёнлар давом этаётган дунё сиёсий муҳитининг марказларидан бирида турибди…

Келажакда нима бўлишини албатта Аллоҳ таоло билади..

Намоз НОРМЎМИН

10.06.2015 

Devami

Zulm qo’rquvu va undan qutulısh haqida (Kiril va Lotinda)

ЗУЛМ ҚЎРҚУВИ ВА УНДАН ҚУТУЛИШ ҲАҚИДА

Илмий тадқиқотларга кўра сигирлар қўрқитилганда сути, товуқлар қўрқитилганда эса тухуми камаяр экан…

Хўш, инсон ва жамият қўрқитилсачи?

Қўрқув инсонни ҳар жаҳатдан маҳв қилиши, яъни унинг бутун қобилиятларини йўққа чиқариши маълум. Шунинг учун тарихда ҳам, бугун ҳам золим бошқарувчилар халқни қўрқитиш билан асир олишни ўзларига усул қилиб олганлар.

Фиръавн Бани Исроилнинг оилаларидан туғилган ўғил болаларни ўлдириш орқали бу қавмни ўзига қул қилиб олганди. То ки Аллоҳ таоло Мусо ас. ни пайғамбар сифатида юборганидан кейин жуда катта машаққатлар билан ўз қавмини Фиръавнга қарши чиқишга бошлай олди…

Ҳозир ҳам Шимолий Корея, Туркманистон каби давлатларда бу давлатларнинг раҳбарлари ўз халқларини худди Совет диктатори Сталин каби қўрқув остида ушлаб билан бошқариб келмоқда.

Ўзбекистонда ҳам айни бошқарув усулини кўриш мумкин. Мамлакатимизда диктатура режимидан аввало шу режимнинг югурдаклари бўлган марказий ва маҳаллий ҳукумат идораларининг ходимлари ўлгудек қўрқади. Бу ерда қўрқувнинг сабаби режим бошидан бошлаб вазирлару нозирлар, вилоят ва туман ҳокимларию маҳаллаларнинг оқсоқоллари режимнинг жиноятига шерик бўлишганидир. Яъни, ҳамма ёппасига муттаҳам, жиноятчи, порахўр ва золим. Бундай шароитда истаган давлат масъулини истаган шаклда қамоққа олиш ёки бўлмаса бир ишорат билан йўқ қилиб юбориш ҳеч гап эмас. Бу шароитда ким ҳам юқоридаги раҳбаридан ёки бир биридан қўрмайди дейсиз…

Бундай зулм қўрқуви шароитида инсонларимиз ҳеч бир соҳада ўз имконлари, қобилиятлари ва истеъдодларини ўртага қўйиш, бу орқали ватанимизнинг моддий ва маънавий жиҳатдан тараққиётига ҳисса қўша олмаяптилар.

Ҳозир Ўзбекистонда худди қабристонда бўлгани каби жим житлик, ҳеч ким бирор масалада ўз фикрини айта олмайди, ташаббус кўрсатиб ўртага чиқа олмайди. Бунинг устига диктутура ҳукуматини мамлакат иқтисодини махсус бўҳронга учратгани учун инсонлар кундалик нон топиш, яъни рўзғор тебратиш дардидан бош кўтара олмай қолганлар.

Бир томонда золимлар ва уларнинг милициясию прокуратурасидан қўрқиш, бир томонда иқтисодий войронагарчилик халқимизни тамоман фалж ҳолга солиб қўйган. Миллатни тараққиётга бошлайдиган зиёлилар ва аҳли илимлар ҳам режимнинг мана шундай мудхиш қўрқувидан бирон сўз айтига журъат эта олмаяптилар.

Бундай оммавий қўрқув муҳитини йўққа чиқариш учун аввало инсонлар ва сўнгра жамият имон йўлидан юра бошлаши керак. Қолаверса, шахсларнинг ва жамиятнинг ҳаётида ОШКОРАЛИК сув ва ҳаводек зарур. Яъни, ким бўлишидан қатъий назар, энг катта раҳбарми, корхона бошлиғими, туман ёки вилоят ҳокимими, маҳалла оқсоқолими, унинг фаолияти барчага ошкор, айниқса оммавий ахборот воситаларининг диққат эътиборида туриши керак ва танқидга очиқ бўлиши керак.

Мана шундан иймоний, маърифий ва ошкоролик ислоҳотлари билан инсонлар қалбида ва жамиятда аста секинлик билан золимларнинг зулмидан қутулиш жараёни бошланади.

Албатта, бандалар аввало ўзлари яратган Парвадигорларидан қўрқишлари, яъни тақво соҳиби бўлишлари керак. Шундан кейин уларнинг ўзларига ўхшаган инсонлардан қўрқишларига ҳам асос қолмайди.

Зулм ва золмиларга қарши бирлашиш, бу орқали ҳаммамизнинг қўрқув режимидан қутулишимиз учун вақт аллақачон етди. Эндиги иш бу йўлда амалий ишларни қилишдадир.

Намоз НОРМЎМИН

29.01.2014

ZULM QO‘RQUVI VA UNDAN QUTULISH HAQIDA

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra sigirlar qo‘rqitilganda suti, tovuqlar qo‘rqitilganda esa tuxumi kamayar ekan…

Xo‘sh, inson va jamiyat qo‘rqitilsachi?

Qo‘rquv insonni har jahatdan mahv qilishi, ya’ni uning butun qobiliyatlarini yo‘qqa chiqarishi ma’lum. Shuning uchun tarixda ham, bugun ham zolim boshqaruvchilar xalqni qo‘rqitish bilan asir olishni o‘zlariga usul qilib olganlar.

Fir’avn Bani Isroilning oilalaridan tug‘ilgan o‘g‘il bolalarni o‘ldirish orqali bu qavmni o‘ziga qul qilib olgandi. To ki Alloh taolo Muso as. ni payg‘ambar sifatida yuborganidan keyin juda katta mashaqqatlar bilan o‘z qavmini Fir’avnga qarshi chiqishga boshlay oldi…

Hozir ham Shimoliy Koreya, Turkmaniston kabi davlatlarda bu davlatlarning rahbarlari o‘z xalqlarini xuddi Sovet diktatori Stalin kabi qo‘rquv ostida ushlab bilan boshqarib kelmoqda.

O‘zbekistonda ham ayni boshqaruv usulini ko‘rish mumkin. Mamlakatimizda diktatura rejimidan avvalo shu rejimning yugurdaklari bo‘lgan markaziy va mahalliy hukumat idoralarining xodimlari o‘lgudek qo‘rqadi. Bu yerda qo‘rquvning sababi rejim boshidan boshlab vazirlaru nozirlar, viloyat va tuman hokimlariyu mahallalarning oqsoqollari rejimning jinoyatiga sherik bo‘lishganidir. Ya’ni, hamma yoppasiga muttaham, jinoyatchi, poraxo‘r va zolim. Bunday sharoitda istagan davlat mas’ulini istagan shaklda qamoqqa olish yoki bo‘lmasa bir ishorat bilan yo‘q qilib yuborish hech gap emas. Bu sharoitda kim ham yuqoridagi rahbaridan yoki bir biridan qo‘rmaydi deysiz…

Bunday zulm qo‘rquvi sharoitida insonlarimiz hech bir sohada o‘z imkonlari, qobiliyatlari va iste’dodlarini o‘rtaga qo‘yish, bu orqali vatanimizning moddiy va ma’naviy jihatdan taraqqiyotiga hissa qo‘sha olmayaptilar.

Hozir O‘zbekistonda xuddi qabristonda bo‘lgani kabi jim jitlik, hech kim biror masalada o‘z fikrini ayta olmaydi, tashabbus ko‘rsatib o‘rtaga chiqa olmaydi. Buning ustiga diktutura hukumatini mamlakat iqtisodini maxsus bo‘hronga uchratgani uchun insonlar kundalik non topish, ya’ni ro‘zg‘or tebratish dardidan bosh ko‘tara olmay qolganlar.

Bir tomonda zolimlar va ularning militsiyasiyu prokuraturasidan qo‘rqish, bir tomonda iqtisodiy voyronagarchilik xalqimizni tamoman falj holga solib qo‘ygan. Millatni taraqqiyotga boshlaydigan ziyolilar va ahli ilimlar ham rejimning mana shunday mudxish qo‘rquvidan biron so‘z aytiga jur’at eta olmayaptilar.

Bunday ommaviy qo‘rquv muhitini yo‘qqa chiqarish uchun avvalo insonlar va so‘ngra jamiyat imon yo‘lidan yura boshlashi kerak. Qolaversa, shaxslarning va jamiyatning hayotida OShKORALIK suv va havodek zarur. Ya’ni, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, eng katta rahbarmi, korxona boshlig‘imi, tuman yoki viloyat hokimimi, mahalla oqsoqolimi, uning faoliyati barchaga oshkor, ayniqsa ommaviy axborot vositalarining diqqat e’tiborida turishi kerak va tanqidga ochiq bo‘lishi kerak.

Mana shundan iymoniy, ma’rifiy va oshkorolik islohotlari bilan insonlar qalbida va jamiyatda asta sekinlik bilan zolimlarning zulmidan qutulish jarayoni boshlanadi.

Albatta, bandalar avvalo o‘zlari yaratgan Parvadigorlaridan qo‘rqishlari, ya’ni taqvo sohibi bo‘lishlari kerak. Shundan keyin ularning o‘zlariga o‘xshagan insonlardan qo‘rqishlariga ham asos qolmaydi.

Zulm va zolmilarga qarshi birlashish, bu orqali hammamizning qo‘rquv rejimidan qutulishimiz uchun vaqt allaqachon yetdi. Endigi ish bu yo‘lda amaliy ishlarni qilishdadir.

Namoz NORMO‘MIN

29.01.2014

Devami

Яхши бир жараён-Yahshi bir jarayon (Кирил ва Lotinda)

Дарёнинг тириклиги оқиши билан дейдилар. Дарҳақиқат, дарё оқмаса у ботқоқликка айланади, ҳамма нарсанинг тозаланишига восита бўладиган сувнинг ўзи ҳам чирийди. Оқиб турган дарё ўзини ўзи ва бошқаларни тозалагани каби, балиқларга ва бошқа сувда яшайдиган жонзотларга уй макон, тупроқда унадиган ўсимликларга эса жон бўлади…

Дарёнинг оқиб туриши мана шундай тирик бир жараёндир…
Биз ўзбеклар ҳам алҳамдулиллаҳ Ислом Каримовнинг 26 йиллик диктатурасига қарамай ўлганимиз йўқ. Бу диктатарага қарши доимо овозимиз чиқиб турди, уни фош қилишга ва унга қарши қўлимиздан келганича курашишга ҳаракат қилдик.

Бугун Каримов ёлғон ва мунофиқона сайлов ўйинлари билан халқимизни ҳам, дунё жамоатчилигини ҳам алдаб, уларни бир тийинга қиммат инсонлар ўрнида кўриб, қайтадан тахтга ўтирмоқчи. Тахтига қайта ўтирадими, йўқми уни фақат Аллоҳ таоло билади. Чунки кечагина тупроқ остига кетган Суадия қироли ҳам абадий тахтимда ўтираман, дейдиганлардан эди. Бугун эса унинг манзили кимсасиз қабр бўлди…

Лекин ҳаёт тўхтагани йўқ. Ҳаёт худди дарё каби бир жараёндир. Ўзбек халқи ҳам ўлгани йўқ. Бу кунларда оз бўлса ҳам халқимизнинг тириклигини билдирадиган яхши хабарлар келмоқда. Улардан бир нечтасини сизлар билан баҳам кўрмоқчиман:

1. “Озодлик” радиосида Олмалиқликдан Гулчеҳра опа деган аёл Каримов диктатурасига қарши унча мунча мухолифлар айтмолмайдиган гапларни айтдилар. Бу оддий ўзбек аёли, бундайлар ватанимизда миллионларчадир. Марҳамат ўзингиз ўқиб эшитиб кўринг:
http://www.ozodlik.org/content/article/26810931.html

2. Ўтган кунларда биз “Халқаро Туркистонликлар Ҳамкорлик Жамияти” Ўзбекистондаги режимнинг мамлакат ичкарисида ва ташқарисида қилаётган жиноятларига қарши Истанбулда намойиш ўтказдик. Намойишга мингга яқин ҳамюртларимиз ва маҳаллий жамоатчилик вакиллари қатнашдилар. Бу мухолифатнинг мустақиллик йилларидан кейинги ўтган деярли чорак аср давомида амалга оширган энг катта норозилик намойиши эди. Бу ҳақда “Озодлик” ва ББС ўзбек хизматлари хабар тарқатишди. Жамиятимиз ва ўтказган намойишимиз ҳақида маълумотларни www.turkistanlilar.org саҳифамиздан ўрганишингиз мумкин.

3. Бир гуруҳ мухолифатчилар Ўзбекистондаги сохта сайловларни фош қилиш учун интернет тармоғида “Виртуал Президентлик Сайлови” гуруҳини тузишибди. Ташаббусчилар орасида таниқли мухолифатчилар Мўътабар Тожибоева,Муҳаммадсолиҳ Абутов, Улуғбек Бакиров, мустақил сиёсатшунос Камолиддин Роббимов ва бошқалар бор. Эътибор берилса, бу мухолифатчилар орасида аниқ Исломий қарашлари бўлганлар ҳам, аниқ демократия тарафдори бўлганлар ҳам бор. Яъни, бу икки бир биридан фарқли эътиқодий ва амалий гуруҳларнинг вакиллари бир орага келиб, қўлларидан келганича Ислом Каримов диктатурасига қарши ҳаракат қилишга бел боғлашибди. Менимча мусулмонларнинг уларга хайрихоҳ бўлган бундай гуруҳлар билан биргаликда ҳаракат қилишларида монеълик бўлмаса керак. Яъни, мусулмон мусулмонлигича қолсин, демократ демократлигича қолсин ва эътиқод ва амаллар имкон берган даражада биргаликда ҳаракат қилинсин. Бу қоида албатта ўзларини Ислом дини душманлари деб эълон қилган Абдураҳим Пўлатов, Галима Бухорбоева, “Мен Шарлиман”, деб севгили пайғамбаримиз Муҳаммад (сав)га қилинган ҳақоратларга қўшилган номи журналист ўзи шайтонист “радикал демократларга” тааллуқли эмасдир. Ислом дини ва мусулмонлар улар билан тинч тотув яшайдиган тоифалар билан ўзаро шартнома асосида тинч жамият доирасида яшай оладилар. Бу масалага алоҳида тўхталашимнинг сабаби эса Ўзбекистонимизнинг келажаги учун энг муҳим ижтмиоий сиёсий омиллар Ислом дини, демократия тушунчаси ва миллатчилик масаласи бўлишидир. Шундай экан, бу ижтимоий гуруҳлар вакилларининг ҳозирданоқ ўзаро мулоқот ва умумий тинч жамият қуришнинг пойдеворини ўрнатиб боришлари ўта муҳимдир. Мисол учун ўзимизнинг Туркия аҳолисининг 99% мусулмон дейилсада, аслида 70% га яқини ўзини мусулмон ва Ислом дини тарафдори деб биладиганлар, 30% га яқини эса ўзларини секуряр (лаик) демократия тарафдори деб биладиганлардан иборат. Бунинг устига Турк ва Курд миллатчилиги тарафдорлари ҳам бор. Охирги 30 йилда Курд миллатчиларининг исёни натижасида Туркияда 40 мингга яқин киши ўлди, мамлакат иқтисодига энг камида 500 миллиард доллар зарар берилди. Шундай экан, биз ҳозирдан мусулмонлар билан ўзларини демократ деб атайдиган, айни замонда мусулмонларга қарши ҳурмат билан қарайдиган тоифалар, шунингдек ўзбеклар, тожиклар, қозоқлар, қирғизлар, туркманлар, руслар орасида тинч тотув ҳаётнинг эътиқодий, фикрий ва амалий илдизларини ўрната бошлашимиз керак…
“Виртуал Президентлик Сайлови” гуруҳининг фаолияти билан мана бу ерда танишишингиз мумкин:
https://saylov2015.wordpress.com/

4. Хориждаги ҳамюртларимиз ичида энг танилган сайтлардан бири “Дунё ўзбеклари” сайтидир. Бу сайтга ва унинг муаллифи Исмат Хушевга ҳам ҳар ким хил муносабатда бўлиши мумкин. Аммо унинг Ўзбекистон Бош Вазири Шавкат Мирзиёевни фош қилувчи мақолалари ва айниқса куни кеча бўлиб ўтган Олий Мажлисида бир депутатнинг Шавкат Мирзиёевнинг қайтадан Бош Вазир бўлишига қарши овоз берганлиги ҳақидаги хабари фақатгина журналистик сенсация эмас, ҳаммамиз “Ура” деб олқишлайдиган бир хушхабар ҳамдир. Кесакдан ўт чиқибди деганларидек, Ўзбекистон Олий Мажлисида Каримовдан кейин Ўзбекистоннинг янги диктатори дея ҳозирдан машҳур бўла бошлаган “робот” Бош Вазир Шавкат Мирзиёвнинг золимлигини фош қилиш албатта халқимизнинг манфаатигадир. Тегишли хабарни мана бу ердан ўқишингиз мумкин:
http://dunyouzbeklari.com/archives/93161

5. “Озодлик” радиосида 2014 йилда энг машҳур хабарлардан бири санъаткор “Озода Саидзода: Бош вазир Мирзиёевни судга бераман!” (http://www.ozodlik.org/content/article/26767468.html) хабари экан. Албатта, бу амалга ошдими йўқми буни билмаймиз. Аммо бундай хабарлар Ўзбекистондаги зулм бутун ижтимоий табақалар, яъни оддий меҳнакашлару зиёлилар, диндорлару санъаткорлар ҳамма ҳамманнинг жонига текканига далилдир. Эндиги масала эса озодлик, имон ва тараққиёт йўлида биргалишиб ҳаракат қилишимиз ва бу савобли жараёнга ҳаммамизнинг ўз ҳиссамизни қўшишимиздадир.

Аллоҳ рози бўлсин!

Намоз НОРМЎМИН
“Халқаро Туркистонликлар Ҳамкорлик Жамияти” Раиси ўринбосари
25.01.2015

YAXSHI BIR JARAYON

Daryoning tirikligi oqishi bilan deydilar. Darhaqiqat, daryo oqmasa u botqoqlikka aylanadi, hamma narsaning tozalanishiga vosita bo‘ladigan suvning o‘zi ham chiriydi. Oqib turgan daryo o‘zini o‘zi va boshqalarni tozalagani kabi, baliqlarga va boshqa suvda yashaydigan jonzotlarga uy makon, tuproqda unadigan o‘simliklarga esa jon bo‘ladi…
Daryoning oqib turishi mana shunday tirik bir jarayondir…

Biz o‘zbeklar ham alhamdulillah Islom Karimovning 26 yillik diktaturasiga qaramay o‘lganimiz yo‘q. Bu diktataraga qarshi doimo ovozimiz chiqib turdi, uni fosh qilishga va unga qarshi qo‘limizdan kelganicha kurashishga harakat qildik.

Bugun Karimov yolg‘on va munofiqona saylov o‘yinlari bilan xalqimizni ham, dunyo jamoatchiligini ham aldab, ularni bir tiyinga qimmat insonlar o‘rnida ko‘rib, qaytadan taxtga o‘tirmoqchi. Taxtiga qayta o‘tiradimi, yo‘qmi uni faqat Alloh taolo biladi. Chunki kechagina tuproq ostiga ketgan Suadiya qiroli ham abadiy taxtimda o‘tiraman, deydiganlardan edi. Bugun esa uning manzili kimsasiz qabr bo‘ldi…

Lekin hayot to‘xtagani yo‘q. Hayot xuddi daryo kabi bir jarayondir. O‘zbek xalqi ham o‘lgani yo‘q. Bu kunlarda oz bo‘lsa ham xalqimizning tirikligini bildiradigan yaxshi xabarlar kelmoqda. Ulardan bir nechtasini sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman:
1. “Ozodlik” radiosida Olmaliqlikdan Gulchehra opa degan ayol Karimov diktaturasiga qarshi uncha muncha muxoliflar aytmolmaydigan gaplarni aytdilar. Bu oddiy o‘zbek ayoli, bundaylar vatanimizda millionlarchadir. Marhamat o‘zingiz o‘qib eshitib ko‘ring:

http://www.ozodlik.org/content/article/26810931.html

2. O‘tgan kunlarda biz “Xalqaro Turkistonliklar Hamkorlik Jamiyati” O‘zbekistondagi rejimning mamlakat ichkarisida va tashqarisida qilayotgan jinoyatlariga qarshi Istanbulda namoyish o‘tkazdik. Namoyishga mingga yaqin hamyurtlarimiz va mahalliy jamoatchilik vakillari qatnashdilar. Bu muxolifatning mustaqillik yillaridan keyingi o‘tgan deyarli chorak asr davomida amalga oshirgan eng katta norozilik namoyishi edi. Bu haqda “Ozodlik” va BBS o‘zbek xizmatlari xabar tarqatishdi. Jamiyatimiz va o‘tkazgan namoyishimiz haqida ma’lumotlarni www. turkistanlilar.orgsahifamizdan o‘rganishingiz mumkin.

3. Bir guruh muxolifatchilar O‘zbekistondagi soxta saylovlarni fosh qilish uchun internet tarmog‘ida “Virtual Prezidentlik Saylovi” guruhini tuzishibdi. Tashabbuschilar orasida taniqli muxolifatchilar Mo‘’tabar Tojiboyeva,Muhammadsolih Abutov, Ulug‘bek Bakirov, mustaqil siyosatshunos Kamoliddin Robbimov va boshqalar bor. E’tibor berilsa, bu muxolifatchilar orasida aniq Islomiy qarashlari bo‘lganlar ham, aniq demokratiya tarafdori bo‘lganlar ham bor. Ya’ni, bu ikki bir biridan farqli e’tiqodiy va amaliy guruhlarning vakillari bir oraga kelib, qo‘llaridan kelganicha Islom Karimov diktaturasiga qarshi harakat qilishga bel bog‘lashibdi. Menimcha musulmonlarning ularga xayrixoh bo‘lgan bunday guruhlar bilan birgalikda harakat qilishlarida mone’lik bo‘lmasa kerak. Ya’ni, musulmon musulmonligicha qolsin, demokrat demokratligicha qolsin va e’tiqod va amallar imkon bergan darajada birgalikda harakat qilinsin. Bu qoida albatta o‘zlarini Islom dini dushmanlari deb e’lon qilgan Abdurahim Po‘latov, Galima Buxorboyeva, “Men Sharliman”, deb sevgili payg‘ambarimiz Muhammad (sav)ga qilingan haqoratlarga qo‘shilgan nomi jurnalist o‘zi shaytonist “radikal demokratlarga” taalluqli emasdir. Islom dini va musulmonlar ular bilan tinch totuv yashaydigan toifalar bilan o‘zaro shartnoma asosida tinch jamiyat doirasida yashay oladilar. Bu masalaga alohida to‘xtalashimning sababi esa O‘zbekistonimizning kelajagi uchun eng muhim ijtmioiy siyosiy omillar Islom dini, demokratiya tushunchasi va millatchilik masalasi bo‘lishidir. Shunday ekan, bu ijtimoiy guruhlar vakillarining hozirdanoq o‘zaro muloqot va umumiy tinch jamiyat qurishning poydevorini o‘rnatib borishlari o‘ta muhimdir. Misol uchun o‘zimizning Turkiya aholisining 99% musulmon deyilsada, aslida 70% ga yaqini o‘zini musulmon va Islom dini tarafdori deb biladiganlar, 30% ga yaqini esa o‘zlarini sekuryar (laik) demokratiya tarafdori deb biladiganlardan iborat. Buning ustiga Turk va Kurd millatchiligi tarafdorlari ham bor. Oxirgi 30 yilda Kurd millatchilarining isyoni natijasida Turkiyada 40 mingga yaqin kishi o‘ldi, mamlakat iqtisodiga eng kamida 500 milliard dollar zarar berildi. Shunday ekan, biz hozirdan musulmonlar bilan o‘zlarini demokrat deb ataydigan, ayni zamonda musulmonlarga qarshi hurmat bilan qaraydigan toifalar, shuningdek o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, ruslar orasida tinch totuv hayotning e’tiqodiy, fikriy va amaliy ildizlarini o‘rnata boshlashimiz kerak…
“Virtual Prezidentlik Saylovi” guruhining faoliyati bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin:
https://saylov2015.wordpress.com/

4. Xorijdagi hamyurtlarimiz ichida eng tanilgan saytlardan biri “Dunyo o‘zbeklari” saytidir. Bu saytga va uning muallifi Ismat Xushevga ham har kim xil munosabatda bo‘lishi mumkin. Ammo uning O‘zbekiston Bosh Vaziri Shavkat Mirziyoyevni fosh qiluvchi maqolalari va ayniqsa kuni kecha bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisida bir deputatning Shavkat Mirziyoyevning qaytadan Bosh Vazir bo‘lishiga qarshi ovoz berganligi haqidagi xabari faqatgina jurnalistik sensatsiya emas, hammamiz “Ura” deb olqishlaydigan bir xushxabar hamdir. Kesakdan o‘t chiqibdi deganlaridek, O‘zbekiston Oliy Majlisida Karimovdan keyin O‘zbekistonning yangi diktatori deya hozirdan mashhur bo‘la boshlagan “robot” Bosh Vazir Shavkat Mirziyovning zolimligini fosh qilish albatta xalqimizning manfaatigadir. Tegishli xabarni mana bu yerdan o‘qishingiz mumkin:
http://dunyouzbeklari.com/archives/93161

5. “Ozodlik” radiosida 2014 yilda eng mashhur xabarlardan biri san’atkor “Ozoda Saidzoda: Bosh vazir Mirziyoyevni sudga beraman!” (http://www.ozodlik.org/content/article/26767468.html) xabari ekan. Albatta, bu amalga oshdimi yo‘qmi buni bilmaymiz. Ammo bunday xabarlar O‘zbekistondagi zulm butun ijtimoiy tabaqalar, ya’ni oddiy mehnakashlaru ziyolilar, dindorlaru san’atkorlar hamma hammanning joniga tekkaniga dalildir. Endigi masala esa ozodlik, imon va taraqqiyot yo‘lida birgalishib harakat qilishimiz va bu savobli jarayonga hammamizning o‘z hissamizni qo‘shishimizdadir.

Alloh rozi bo‘lsin!
Namoz NORMO‘MIN
“Xalqaro Turkistonliklar Hamkorlik Jamiyati” Raisi o‘rinbosari
25.01.2015

Devami

Hurriyat va Adolat Qimmatbaho Qadriyatlardir

HURRIYAT VA ADOLAT QIMMATBAHO QADRIYATLARDIR!

(2015 yilning ilk maqolasi)

Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar!

Inson fitrati hurriyat, erkinlik, ozodlik, adolat istaydi. Inson Parvardigoriga shirk qo‘shmasdan yashasa, birov uning, u birovning hayotining (jonining), aqlining, mol mulkining, naslining va obro‘ e’tiborining daxlsizligini buzmasa, mana shu shartlarda insonning o‘zi ham, boshqalar ham hurriyat va adolat ustun bo‘lgan jamiyatda yashaydi.

Shirk o‘rtadan ko‘tarilib, tavhidiy imon va uning inson hayotining (jon), aqlining, mol mulkining, naslining va obro‘ e’tiborining daxlsizligini qo‘riydigan qonunlari jamiyatda ustun bo‘lganda, shaxslar ham, jamiyat ham haqiqiy hurriyat va adolatga erishadi, insha Alloh!

Ammo insonning azaliy dushmani la’nati Shayton doimo shunday vasvasa qiladi:
Parvardigoringga (Allohga) shirk qo‘sh, birovning hayotining (jon), aqlining, mol mulkining, naslining va obro‘ e’tiborining daxlsizligini buz…

Eh, la’nati Shayton!
,
Biz o‘zbeklar hurriyat qadar hech narsaga bunchalik zor bo‘lmadik. Erkinlik, ozodlik ko‘rmadik, aksincha doimo xor bo‘ldik. 19 asrda mahalliy xonlarimiz, keyin chor va sovet ruslari, mana endi esa o‘zimizdan chiqqan zolmilar bizga zulm qilmoqdalar…
Bir qismimiz o‘zimizdagi zulmdan qochib, hurriyat istab, Amerikayu Ovrupoga, Arab davlatlariga va ikkinchi vatanimiz Turkiyaga keldik.

Turkiyada biz istagan hurriyat va adolat bormi?

To‘liq bo‘lmasa ham, nisbatan hurriyat va adolat o‘lkasidir bugungi Turkiyamiz…
Ammo la’nati shayton va malaylari bu vatanimizni, uning ahlini ham tinch qo‘ymayotgani rost.

Bugungi Turkiyada uch mafkura orasida kurash davom etmoqda. Bular Islomchilik, sekularizm (laiklik) va millatchilik (turk va kurd millatchiligi)…

Islomchilikni ko‘plab partiyalar, jamoatlar va tasavvuf tariqotlari tamsil qilmoqdalar..
Sekularizmni (laiklik) ham so‘l partiyalar, shu jumladan kommunist partiyalar tamsil qilmoqdalar…

Millatchilikni esa turk va kurd millatchilari tamsil qilmoqdalar…

Buning ustiga maqsadi faqat boylik ortirishdan iborat bo‘lgan burjua sinifi ham bor. Katta boylar, pul evaziga hech narsadan tap tortmaydigan, kerak bo‘lsa Turkiya kabi vatanni sotib yuborishga tayyor turgan boylar ham bor bu mamlakatda…

Turkiyada hozirgi kunda insoniyat ichida eng dolzarb bo‘lgan so‘z va matbuot erkinligi eng keng shaklda ta’minlangan. Hammaning, ya’ni Islomchilarning ham, sekulyarlarning ham, millatchilarning ham, boyu o‘rta tabaqalarning ham o‘z gazeta, jurnal, televideniye, radio kanallari bor, internet istaganingizcha erkin va arzon…
Xullas, Turkiyada biz istagan hurriyat bor, ammo bu hurriyatdan foydalanishni unchalik ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi…

Masalan, hozir hukumat va Fathulloh Gulan jamoati orasida juda keskin kurash ketmoqda. Bu ikki taraf ham o‘zlarini Islomiylar deb biladi…Ammo o‘zaro kelishish yo‘q, aksincha oxirigacha kurash bor…
,
Boshqa tarafdan Kurd millatchilari va ularning qurolli tamsilchilari bilan oson bo‘lmagan tinchlik muzokaralari ham davom etmoqda.
Mana shunday sharoitda hukumat faoliyat olib bormoqda. Siyosiy barqarorlikni (tinchlikni), iqtisodiy taraqqiyotni, ijtimoiy adolatni mana shu shartlarda qo‘rishi kerak hukumat…

Boshqa tomonda esa dunyoni boshqarayotgan kuchlar xuddi Ukraina, Misr va boshqa joylarda bo‘lgani kabi davlat to‘ntarishini Turkiyada ham amalga oshirish niyatidan voz kechgani yo‘q…

Gulan jamoati, burjuaziya boylari, so‘l harakatlar va millatchilar (hammasi bo‘lmasa ham) Erdo‘g‘on va Dovudo‘g‘lini bunday yo‘l bilan ag‘darishga qarshi emaslar…
Turkiya ordusi (armiyasi) hozir biroz siyosatdan tashqarida qolgan, faqat unutmaslik kerakki, 19 va 20 asrlarda bu ordu takror va takror davlat to‘ntarishlarini amalga oshirgandi…

Xullas, Turkiya misolida hurriyat arzon narsa emasligini, erkinlik va ozodlikning juda qimmat turishini ko‘rmoqdamiz.

Endi, bir o‘ylab ko‘raylik, O‘zbekistonda hurriyat, erkinlik va adolatni qanday qo‘lga kiritamiz? Eng muhimi hurriyat, erkinlik, ozodlik sharoitida diniy, siyosiy, milliy birligiimizni qanday qo‘riymiz, iqtisodiy taraqqiyotga qanday erishamiz, ijtimoiy adolatni qanday tiklaymiz?

HA, DO‘STLAR, HURRIYAT VA ADOLAT ARZON QADRIYATLAR EMAS, AMMO BIZ BU YO‘LDAGI KURASHDAN HAM VOZ KECHA OLMAYMIZ!

Namoz NORMO‘MIN
01.01 2015 yil.

 

ҲУРРИЯТ ВА АДОЛАТ ҚИММАТБАҲО ҚАДРИЯТЛАРДИР!

(2015 йилнинг илк мақоласи, KİRİL VE LOTİNDA)

Ассалому алайкум ҳурматли дўстлар!

Инсон фитрати ҳуррият, эркинлик, озодлик, адолат истайди. Инсон Парвардигорига ширк қўшмасдан яшаса, биров унинг, у бировнинг ҳаётининг (жонининг), ақлининг, мол мулкининг, наслининг ва обрў эътиборининг дахлсизлигини бузмаса, мана шу шартларда инсоннинг ўзи ҳам, бошқалар ҳам ҳуррият ва адолат устун бўлган жамиятда яшайди.

Ширк ўртадан кўтарилиб, тавҳидий имон ва унинг инсон ҳаётининг (жон), ақлининг, мол мулкининг, наслининг ва обрў эътиборининг дахлсизлигини қўрийдиган қонунлари жамиятда устун бўлганда, шахслар ҳам, жамият ҳам ҳақиқий ҳуррият ва адолатга эришади, инша Аллоҳ!

Аммо инсоннинг азалий душмани лаънати Шайтон доимо шундай васваса қилади:

Парвардигорингга (Аллоҳга) ширк қўш, бировнинг ҳаётининг (жон), ақлининг, мол мулкининг, наслининг ва обрў эътиборининг дахлсизлигини буз…

Эҳ, лаънати Шайтон!

Биз ўзбеклар ҳуррият қадар ҳеч нарсага бунчалик зор бўлмадик. Эркинлик, озодлик кўрмадик, аксинча доимо хор бўлдик. 19 асрда маҳаллий хонларимиз, кейин чор ва совет руслари, мана энди эса ўзимиздан чиққан золмилар бизга зулм қилмоқдалар…

Бир қисмимиз ўзимиздаги зулмдан қочиб, ҳуррият истаб, Америкаю Оврупога, Араб давлатларига ва иккинчи ватанимиз Туркияга келдик.

Туркияда биз истаган ҳуррият ва адолат борми?

Тўлиқ бўлмаса ҳам, нисбатан ҳуррият ва адолат ўлкасидир бугунги Туркиямиз…

Аммо лаънати шайтон ва малайлари бу ватанимизни, унинг аҳлини ҳам тинч қўймаётгани рост.

Бугунги Туркияда уч мафкура орасида кураш давом этмоқда. Булар Исломчилик, секуларизм (лаиклик) ва миллатчилик (турк ва курд миллатчилиги)…

Исломчиликни кўплаб партиялар, жамоатлар ва тасаввуф тариқотлари тамсил қилмоқдалар..

Секуларизмни (лаиклик) ҳам сўл партиялар, шу жумладан коммунист партиялар тамсил қилмоқдалар…

Миллатчиликни эса турк ва курд миллатчилари тамсил қилмоқдалар…

Бунинг устига мақсади фақат бойлик ортиришдан иборат бўлган буржуа синифи ҳам бор. Катта бойлар, пул эвазига ҳеч нарсадан тап тортмайдиган, керак бўлса Туркия каби ватанни сотиб юборишга тайёр турган бойлар ҳам бор бу мамлакатда…

Туркияда ҳозирги кунда инсоният ичида энг долзарб бўлган сўз ва матбуот эркинлиги энг кенг шаклда таъминланган. Ҳамманинг, яъни Исломчиларнинг ҳам, секулярларнинг ҳам, миллатчиларнинг ҳам, бойу ўрта табақаларнинг ҳам ўз газета, журнал, телевидение, радио каналлари бор, интернет истаганингизча эркин ва арзон…

Хуллас, Туркияда биз истаган ҳуррият бор, аммо бу ҳурриятдан фойдаланишни унчалик ҳам тўғри деб бўлмайди…

Масалан, ҳозир ҳукумат ва Фатҳуллоҳ Гулан жамоати орасида жуда кескин кураш кетмоқда. Бу икки тараф ҳам ўзларини Исломийлар деб билади…Аммо ўзаро келишиш йўқ, аксинча охиригача кураш бор…

Бошқа тарафдан Курд миллатчилари ва уларнинг қуролли тамсилчилари билан осон бўлмаган тинчлик музокаралари ҳам давом этмоқда.

Мана шундай шароитда ҳукумат фаолият олиб бормоқда. Сиёсий барқарорликни (тинчликни), иқтисодий тараққиётни, ижтимоий адолатни мана шу шартларда қўриши керак ҳукумат…

Бошқа томонда эса дунёни бошқараётган кучлар худди Украина, Миср ва бошқа жойларда бўлгани каби давлат тўнтаришини Туркияда ҳам амалга ошириш ниятидан воз кечгани йўқ…

Гулан жамоати, буржуазия бойлари, сўл ҳаракатлар ва миллатчилар (ҳаммаси бўлмаса ҳам) Эрдўғон ва Довудўғлини бундай йўл билан ағдаришга қарши эмаслар…

Туркия ордуси (армияси) ҳозир бироз сиёсатдан ташқарида қолган, фақат унутмаслик керакки, 19 ва 20 асрларда бу орду такрор ва такрор давлат тўнтаришларини амалга оширганди…

Хуллас, Туркия мисолида ҳуррият арзон нарса эмаслигини, эркинлик ва озодликнинг жуда қиммат туришини кўрмоқдамиз.

Энди, бир ўйлаб кўрайлик, Ўзбекистонда ҳуррият, эркинлик ва адолатни қандай қўлга киритамиз? Энг муҳими ҳуррият, эркинлик, озодлик шароитида диний, сиёсий, миллий бирлигиимизни қандай қўриймиз, иқтисодий тараққиётга қандай эришамиз, ижтимоий адолатни қандай тиклаймиз?

ҲА, ДЎСТЛАР, ҲУРРИЯТ ВА АДОЛАТ АРЗОН ҚАДРИЯТЛАР ЭМАС, АММО БИЗ БУ ЙЎЛДАГИ КУРАШДАН ҲАМ ВОЗ КЕЧА ОЛМАЙМИЗ!

Намоз НОРМЎМИН

01.01 2015 йил.

 

Devami

Bir garib salom (Бир ғариб салом)

БИР ҒАРИБ САЛОМ

Салом бераман
Тобора яқинлашиб келаётган ўлимга,
Худди биров солаётгандай кўнглимга,
Бошқа биров ғов бўлаётгандай йўлимга…
Салом бераман,
Ҳамманинг қисмати бўлган ўлимга…

Фойдаси йўқ дейдилар қўрқувнинг ажалга,
Ўлим келмайдику фақат қарига,
Ёки касалга.
Хотиржам қарайман, ўнгимга сўлимга,
Салом бераман,
Ҳаётнинг сўнгги хизмати..ўлимга…

Кимдир вафот этибди,
Ҳаммаси маълум.
Руҳи вужудидан учиб кетибди,
Инсонлар дейдилар ажал етибди,
Худди ташлагандай дор ипи бўйнимга,
Салом бераман,
Тақдирнинг бекати ..ўлимга…

Дунё ҳаётининг сирини билдим,
Аслида шу учун дунёга келдим,
Шамол каби турмасдан,
Йўлларда елдим…
Энди қайтадигандай асл уйимга,
Салом бераман,
Охират сироти..ўлимга…

Намоз НОРМЎМИН

08.12.2014

BIR G‘ARIB SALOM

Salom beraman
Tobora yaqinlashib kelayotgan o‘limga,
Xuddi birov solayotganday ko‘nglimga,
Boshqa birov g‘ov bo‘layotganday yo‘limga…
Salom beraman,
Hammaning qismati bo‘lgan o‘limga…

Foydasi yo‘q deydilar qo‘rquvning ajalga,
O‘lim kelmaydiku faqat qariga,
Yoki kasalga.
Xotirjam qarayman, o‘ngimga so‘limga,
Salom beraman,
Hayotning so‘nggi xizmati..o‘limga…

Kimdir vafot etibdi,
Hammasi ma’lum.
Ruhi vujudidan uchib ketibdi,
Insonlar deydilar ajal yetibdi,
Xuddi tashlaganday dor ipi bo‘ynimga,
Salom beraman,
Taqdirning bekati ..o‘limga…

Dunyo hayotining sirini bildim,
Aslida shu uchun dunyoga keldim,
Shamol kabi turmasdan,
Yo‘llarda yeldim…
Endi qaytadiganday asl uyimga,
Salom beraman,
Oxirat siroti..o‘limga…

Namoz NORMO‘MIN

08.12.2014

Devami

Qabriston manzaralari yoxud fuqarosiz qolgan vatan…(Kiril va Lotin harflarida)

ҚАБРИСТОН МАНЗАРАЛАРИ ЁХУД ФУҚАРОСИЗ ҚОЛГАН ВАТАН…

(Kiril va Lotin harflarida)

Бисмиллaҳир Роҳманир Роҳим

“Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун”

“Шубҳасиз, биз Аллоҳга оидмиз ва яна шубҳасиз Унинг ҳузурига қайтамиз” (Бақара сураси 156 оят)

Бундан икки ҳафта олдин, жамоатимиздаги дўстимиз доктор Олим Бейнинг муҳтарама оналари вафот этти. Жаноза намозига бордик биродарлар билан. 3 ҳафта олдин эса муҳтарама Ойдин Солиҳ хоним вафот этганда қабристонга боргандим. Ундан аввал эса тахминан уч ой олдин Истанбулдаги яқин суҳбатдошим, Қуръони Карим ҳофизи Ахмад Хўжа (ўзбекчаси домла) вафот этганида боргандим қабристонга..Ундан олдин эса..билмайман неча ой олдин…

Муҳожирликда қабр зиёрати ватандаги каби бўлмайди. Айниқса Оврупода, Америкада муҳожирликда юрганлар бундай зиёратдан деярли маҳрумлар. Ўзим Оврупода яшаган пайтимда бир икки мартагина жанозага қатнашганимни эслайман, холос..

Инсонлар Расулуллоҳ (сав)дан ақлли киши ким деб сўрашганида “Ўлимни унутмаган одам”, деб жавоб берганлар. Албатта, бир академик, профессор, машҳур ёзувчи ва ҳакоза кишилар ҳам ақлли кишилар ҳисобланади. Аммо ақллилар ичида энг ақллиси эса ҳеч шубҳасиз, ҳадиси шарифда айтилгани каби, ўлимнинг ҳақиқатини унутмаган ва ўлимдан кейин қиёмат куни қайта тирилиб Аллоҳ таолонинг ҳузурида ҳисоб беришни унутмаган мўминлардир…

Қабристон зиёратидан мақсад ҳам аввало маҳумлар ҳаққига дуо қилиш ва ўлим ҳақиқатини эсга олишдир. Унутиш инсонга хос сифатдир, аммо ақлли кишилар ўлимни унутмайдилар…

Ўлимнинг ҳақиқати оддийдир. Ўлим ҳаётнинг зидди, яъни бу дунё ҳаётидан охират ҳаётига кўчиш…руҳнинг вужуди тарк қилиши…Вафот этганларнинг бу дунё билан алоқалари қолмайди, улар охират ҳаётининг йўлчиларига айланадилар..Марҳумлар баъзилар иддио қиладигани каби тирикларга ҳеч бир масалада ёрдам бера олмайдилар, уларнинг оғирини енгил қила олмайдилар…Шунинг учун Ислом динида марҳум ким, улуғ олим ёки тақволи мўмин, бўлишидан қатъий назар ундан тирикларнинг ёрдам сўраши хато, яъни ширк амали ҳисобланади. Тирикларнинг эса мўмин ва мўмина бўлиб яшаган марҳумлар ҳаққига дуо қилиб, эй Парвардигаро, шу марҳум (а)нинг гуноҳларини кечиришингни сўрайман, деб дуо қилишлари яхши амаллардан ҳисобланади…

…Ўша куни уч масжидда уч аёлнинг жаноза намози ўқилди. Уларнинг ҳар бирига алоҳида жаноза намози ўқилди. Намоздан кейин ҳар марҳуманинг яқинлари тобутларни елкаларига олиб қабристон тарафга юра бошладилар. Марҳума Ойдин опанинг қабри қабристоннинг чеккароғида бўлгани учун жамоат тобутни бир неча юз метр елкасидан қўймай кўтариб борди..Масофанинг узоқлиги марҳумага нисбатан эъзознинг буюклиги эди гўё…

Эй инсон, бу дунё келганингда дунё сени бағрига босишга тайёр туради, вафот этгангида эса, истиснолар мустасно, қабринг ҳам сенга қучоқ очиб туради. Дунё ҳаётининг ҳақиқатларидан бири шу эканда..

Марҳума Ойдин опа тупроққа берилар экан, Қуръон ҳофизлари Мулк сурасини тиловат қилдилар. Ривоятда айтилганига кўра, бу сура вафот этган мўмин ва мўминаларни қабр азобидан қўрийди…

Бошқа манзара эса яқинларининг кўз ёшлари, жамоатнинг ҳузуни эди. Чунки ўлим бир тарафли эмас, кўп тарафли айрилиқдир. Тупроққа берилаётган марҳума аёл халқ табобатининг устозларидан эди. Ким билади ўзи ҳозир ўлимга таслим бўлган опамиз қанча кишининг хасталиклардан шифо топиб, уларнинг умрларининг узайишига сабаб бўлганди…Кўз ёши тўкаётганлар орасида табиба шифо топишига ёрдам берган жуда кўп киши борлиги шубҳасизди..

Дафн маросими битиб, қабристондан ташқарига чиқар эканмиз, Туркиялик ёзувчи дўстим Фаруқ Кўса “Муҳаммад Солиҳ” чўкиб қолибди, деди. Ҳа дедим, унга жавобан “у киши фуқаросиз қолган ватан каби қайғу ичида эди..”

Фаруқ сўзимни яхши тушунмади. Мен унга Муҳаммад Солиҳнинг “Аёлнинг ватани эридир”, деган машҳур жумласи борлигини айтдим. Балки у бугун бу жумланинг ҳақиқатини англаб тургандир, дедим…

Ва яна шундай дедим: Фаруқ биласанми, қабристонда бугун яна қандай дуо қилдим. Эй бор Павардигаро, агар қисматимда шу бор бўлса, аввал мени, сўнгра хотинимни вафот эттир..

Фаруқ билан қисқа аёлларимизнинг ҳаётимиздаги ўрни ҳақида суҳбатлашдик. Ҳақиқатан ҳам агар эркаклар шоирнинг таъбири билан ватан бўлсак, аёлларимиз ҳақиқий фуқаролардир…Эрни эр қиладиган ҳам, қора ер қиладиган ҳам хотиндир, деб бекорга айтмаган ўзбеклар ахир…Ҳозиргина қўйган нарсани топа олмайди “ватанг” агар фуқароси” ёнида бўлмаса…Қани дейди тобора кўзи ўтмаслашиб бораётган “ватан” қани кўз ойнагим, ҳозиргина шу ерга қўйгандим…”Фуқаро” эса кўз ойнак “ватанга” тегишли бўлишига қарамай, уни дарров топиб беради…Хуллас, бечора “ватан” ҳақиқатан ҳам ҳувиллаб қолади севгили “фуқаро”уни тарк этганида…

Аҳмад Хўжанинг ҳам аёли аввал вафот этганди. Раҳматли холамиз яхши мўмина аёл эдилар. Хўжа билан суҳбатларимизда бот бот холани эсга олардик.

“У менга шундай дер эди”, дерди Аҳмад Хўжа ҳар гал хотини эсига тушганда кўз ёшлари ичида: “Хўжам агар сиз олдин вафот этсангиз мен орқангиздан кўп қийналмасам керак. Чунки мен ҳамма жойга сиғаман, ўзимизнинг уйимизга ҳам, болаларнинг уйига ҳам…Аммо аввал мен вафот этсам, сизга жуда қийин бўлади..Сиз ҳеч жойга сиғмай қоласиз мен ўлгандан кейин… ”.

Аёли вафот этганда эркак киши ёлғиз, ҳувиллаган уйда..нима ҳам қила оларди. Айниқса ёши етмиш ёки саксонни қоралаб қолган бўлса..

Муҳожирликда бир биродаримизнинг онасининг вафот хабари келганди. Таъзияга бордик. “Онажоним вафот эттилар” дея қаршилади кўз ёшлари билан биродаримиз бизни. Суҳбат давомида ҳеч кўз ёшлари тинмади дўстимизнинг…”Дадам учун ҳам йиғлаяпман деди у. Акам билан биз бу ёқдамиз. У ёқда дадам ёлғиз қолдилар. Энди ҳоллари нима бўлади?”.

Бир йигит Расулуллоҳ (сав) дан сўради: Эй Аллоҳнинг Расули, аввал кимга салом берай, отамгами, онамгами? “Онангга” дедилар. Кейинчи: Яна “Онангга” дедилар. Кейинчи: Яна “Онангга” дедилар. Тўртинчи марта сўраганида: “Отангга” дедилар…

Бошқа ҳадиси шарифда эса “Жаннат мўмина оналарнинг оёқларининг остидадир”, дейилгандир…

Ҳаётда қолганларга Аллоҳ ёрдам берсин!
Марҳумларни Аллоҳ раҳмат қилган бўлсин! Омин!

Намоз НОРМЎМИН
29.11.2014

QABRISTON MANZARALARI YOXUD FUQAROSIZ QOLGAN VATAN…

Bismillahir Rohmanir Rohim

“Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”
“Shubhasiz, biz Allohga oidmiz va yana shubhasiz Uning huzuriga qaytamiz” (Baqara surasi 156 oyat)

Bundan ikki hafta oldin, jamoatimizdagi do‘stimiz doktor Olim Beyning muhtarama onalari vafot etti. Janoza namoziga bordik birodarlar bilan. 3 hafta oldin esa muhtarama Oydin Solih xonim vafot etganda qabristonga borgandim. Undan avval esa taxminan uch oy oldin Istanbuldagi yaqin suhbatdoshim, Qur’oni Karim hofizi Axmad Xo‘ja (o‘zbekchasi domla) vafot etganida borgandim qabristonga..Undan oldin esa..bilmayman necha oy oldin…
Muhojirlikda qabr ziyorati vatandagi kabi bo‘lmaydi. Ayniqsa Ovrupoda, Amerikada muhojirlikda yurganlar bunday ziyoratdan deyarli mahrumlar. O‘zim Ovrupoda yashagan paytimda bir ikki martagina janozaga qatnashganimni eslayman, xolos..

Insonlar Rasululloh (sav)dan aqlli kishi kim deb so‘rashganida “O‘limni unutmagan odam”, deb javob berganlar. Albatta, bir akademik, professor, mashhur yozuvchi va hakoza kishilar ham aqlli kishilar hisoblanadi. Ammo aqllilar ichida eng aqllisi esa hech shubhasiz, hadisi sharifda aytilgani kabi, o‘limning haqiqatini unutmagan va o‘limdan keyin qiyomat kuni qayta tirilib Alloh taoloning huzurida hisob berishni unutmagan mo‘minlardir…
Qabriston ziyoratidan maqsad ham avvalo mahumlar haqqiga duo qilish va o‘lim haqiqatini esga olishdir. Unutish insonga xos sifatdir, ammo aqlli kishilar o‘limni unutmaydilar…
O‘limning haqiqati oddiydir. O‘lim hayotning ziddi, ya’ni bu dunyo hayotidan oxirat hayotiga ko‘chish…ruhning vujudi tark qilishi…Vafot etganlarning bu dunyo bilan aloqalari qolmaydi, ular oxirat hayotining yo‘lchilariga aylanadilar..Marhumlar ba’zilar iddio qiladigani kabi tiriklarga hech bir masalada yordam bera olmaydilar, ularning og‘irini yengil qila olmaydilar…Shuning uchun Islom dinida marhum kim, ulug‘ olim yoki taqvoli mo‘min, bo‘lishidan qat’iy nazar undan tiriklarning yordam so‘rashi xato, ya’ni shirk amali hisoblanadi. Tiriklarning esa mo‘min va mo‘mina bo‘lib yashagan marhumlar haqqiga duo qilib, ey Parvardigaro, shu marhum (a)ning gunohlarini kechirishingni so‘rayman, deb duo qilishlari yaxshi amallardan hisoblanadi…

…O‘sha kuni uch masjidda uch ayolning janoza namozi o‘qildi. Ularning har biriga alohida janoza namozi o‘qildi. Namozdan keyin har marhumaning yaqinlari tobutlarni yelkalariga olib qabriston tarafga yura boshladilar. Marhuma Oydin opaning qabri qabristonning chekkarog‘ida bo‘lgani uchun jamoat tobutni bir necha yuz metr yelkasidan qo‘ymay ko‘tarib bordi..Masofaning uzoqligi marhumaga nisbatan e’zozning buyukligi edi go‘yo…
Ey inson, bu dunyo kelganingda dunyo seni bag‘riga bosishga tayyor turadi, vafot etgangida esa, istisnolar mustasno, qabring ham senga quchoq ochib turadi. Dunyo hayotining haqiqatlaridan biri shu ekanda..

Marhuma Oydin opa tuproqqa berilar ekan, Qur’on hofizlari Mulk surasini tilovat qildilar. Rivoyatda aytilganiga ko‘ra, bu sura vafot etgan mo‘min va mo‘minalarni qabr azobidan qo‘riydi…

Boshqa manzara esa yaqinlarining ko‘z yoshlari, jamoatning huzuni edi. Chunki o‘lim bir tarafli emas, ko‘p tarafli ayriliqdir. Tuproqqa berilayotgan marhuma ayol xalq tabobatining ustozlaridan edi. Kim biladi o‘zi hozir o‘limga taslim bo‘lgan opamiz qancha kishining xastaliklardan shifo topib, ularning umrlarining uzayishiga sabab bo‘lgandi…Ko‘z yoshi to‘kayotganlar orasida tabiba shifo topishiga yordam bergan juda ko‘p kishi borligi shubhasizdi..

Dafn marosimi bitib, qabristondan tashqariga chiqar ekanmiz, Turkiyalik yozuvchi do‘stim Faruq Ko‘sa “Muhammad Solih” cho‘kib qolibdi, dedi. Ha dedim, unga javoban “u kishi fuqarosiz qolgan vatan kabi qayg‘u ichida edi..”
Faruq so‘zimni yaxshi tushunmadi. Men unga Muhammad Solihning “Ayolning vatani eridir”, degan mashhur jumlasi borligini aytdim. Balki u bugun bu jumlaning haqiqatini anglab turgandir, dedim…

Va yana shunday dedim: Faruq bilasanmi, qabristonda bugun yana qanday duo qildim. Ey bor Pavardigaro, agar qismatimda shu bor bo‘lsa, avval meni, so‘ngra xotinimni vafot ettir..
Faruq bilan qisqa ayollarimizning hayotimizdagi o‘rni haqida suhbatlashdik. Haqiqatan ham agar erkaklar shoirning ta’biri bilan vatan bo‘lsak, ayollarimiz haqiqiy fuqarolardir…Erni er qiladigan ham, qora yer qiladigan ham xotindir, deb bekorga aytmagan o‘zbeklar axir…Hozirgina qo‘ygan narsani topa olmaydi “vatang” agar fuqarosi” yonida bo‘lmasa…Qani deydi tobora ko‘zi o‘tmaslashib borayotgan “vatan” qani ko‘z oynagim, hozirgina shu yerga qo‘ygandim…”Fuqaro” esa ko‘z oynak “vatanga” tegishli bo‘lishiga qaramay, uni darrov topib beradi…Xullas, bechora “vatan” haqiqatan ham huvillab qoladi sevgili “fuqaro”uni tark etganida…

Ahmad Xo‘janing ham ayoli avval vafot etgandi. Rahmatli xolamiz yaxshi mo‘mina ayol edilar. Xo‘ja bilan suhbatlarimizda bot bot xolani esga olardik.
“U menga shunday der edi”, derdi Ahmad Xo‘ja har gal xotini esiga tushganda ko‘z yoshlari ichida: “Xo‘jam agar siz oldin vafot etsangiz men orqangizdan ko‘p qiynalmasam kerak. Chunki men hamma joyga sig‘aman, o‘zimizning uyimizga ham, bolalarning uyiga ham…Ammo avval men vafot etsam, sizga juda qiyin bo‘ladi..Siz hech joyga sig‘may qolasiz men o‘lgandan keyin… ”.

Ayoli vafot etganda erkak kishi yolg‘iz, huvillagan uyda..nima ham qila olardi. Ayniqsa yoshi yetmish yoki saksonni qoralab qolgan bo‘lsa..

Muhojirlikda bir birodarimizning onasining vafot xabari kelgandi. Ta’ziyaga bordik. “Onajonim vafot ettilar” deya qarshiladi ko‘z yoshlari bilan birodarimiz bizni. Suhbat davomida hech ko‘z yoshlari tinmadi do‘stimizning…”Dadam uchun ham yig‘layapman dedi u. Akam bilan biz bu yoqdamiz. U yoqda dadam yolg‘iz qoldilar. Endi hollari nima bo‘ladi?”.

Bir yigit Rasululloh (sav) dan so‘radi: Ey Allohning Rasuli, avval kimga salom beray, otamgami, onamgami? “Onangga” dedilar. Keyinchi: Yana “Onangga” dedilar. Keyinchi: Yana “Onangga” dedilar. To‘rtinchi marta so‘raganida: “Otangga” dedilar…
Boshqa hadisi sharifda esa “Jannat mo‘mina onalarning oyoqlarining ostidadir”, deyilgandir…

Hayotda qolganlarga Alloh yordam bersin!

Marhumlarni Alloh rahmat qilgan bo‘lsin! Omin!

Namoz NORMO‘MIN
29.11.2014

Devami

Namoz Normo‘min; «Erdo‘g‘onning tanqidchilarini xolis bo‘lishga va insof qilishga chaqiraman»

 

Намоз Нормўмин; «Эрдўғоннинг танқидчиларини холис бўлишга ва инсоф қилишга чақираман»

Бугунги кунда Туркия давлати ва бу давлат раҳбари Тоййиб Эрдўғоннинг сиёсати дунё сиёсатининг марказий ўринларидан бирини эгаллаб турибди. Бу маънода Туркиянинг ва унинг раҳбарларининг сиёсати ҳақида турли баҳс мунозаралар бўлмоқда.

Мен бу фикрларга муносабатимни ушбу суҳбатда билдирдим. Истаганлар албатта бу масалада ва менинг фикрларим ҳақида ўз фикрларини билдиришлари мумкин.

Намоз НОРМЎМИН

23.11.2014


https://www.facebook.com/namoz.normumin

 

Namoz Normo‘min; «Erdo‘g‘onning tanqidchilarini xolis bo‘lishga va insof qilishga chaqiraman»
Bugungi kunda Turkiya davlati va bu davlat rahbari Toyyib Erdo‘g‘onning siyosati dunyo siyosatining markaziy o‘rinlaridan birini egallab turibdi. Bu ma’noda Turkiyaning va uning rahbarlarining siyosati haqida turli bahs munozaralar bo‘lmoqda.

Men bu fikrlarga munosabatimni ushbu suhbatda bildirdim. Istaganlar albatta bu masalada va mening fikrlarim haqida o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.

Namoz NORMO‘MIN

23.11.2014

https://www.facebook.com/namoz.normumin

 

Devami