Bobomurod Abdullayevga qarshi jinoyat ishi “to‘xtatildi”
11 Şubat 2018  //  By:   //  Özbekistan, TÜRKİSTAN  //  No Comment   //   270 Okunma

“Бобомурод Абдулла Мирзиёевнинг ислоҳотчилигига ишонган ва унга хайрихоҳ йигит”                     Bobomurod Abdullayev 2017 yil 27 sentyabridan buyon MXX hibsxonasida qolmoqda

 

 

           8 Fevral 2018-BBC O’ZBAK XIZMATI

Toshkentdagi MXX hibsxonasida saqlanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayevga qarshi “jinoyat ishi to‘xtatilib”, uning noqonuniy hibsga olinishi va qiynoqqa tutilishi yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.

Toshkentdagi MXX hibsxonasida saqlanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayevga qarshi “jinoyat ishi to‘xtatilib”, uning noqonuniy hibsga olinishi va qiynoqqa tutilishi yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.

Bobomurod Abdullayevning onasi: “Bolamning orqasi momataloq bo‘lib ketgan”

“Bobomurod Abdullayevning ahvolidan jiddiy xavotirdamiz”

Bu haqda Mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov xabar tarqatdi.

Ikromovning o‘z manbalariga tayanib, aytishicha, jurnalistning ishini tergov qilgan O‘zbekiston MXX tergov boshqarmasining katta tergovchisi Nodir To‘raqulov hamda tergovchi Aleksandr Veselov ishdan chetlatilgan.

Bir necha kun avval MXX hibsxonasiga turmush o‘rtog‘ini ko‘rish uchun borgan jurnalistning ayoli Katya Balxibayevaga tergovchi Veselovning oyoq og‘rig‘i bilan shifoxonada davolanayotgani aytilgan.

Surat Ikromovga ko‘ra, Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha qiynoqlar bilan birga “jinoyat ishini soxtalashtirish” fakti bo‘yicha ham tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Uning ma’lumoticha, tekshiruv ishlarini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi olib bormoqda.

“Aftidan, Bobomurod Abdullayevga qarshi soxta jinoyat ishi qulamoqda va biz yaxshi natijalarni kutamiz”, – deydi Surat Ikromov.

Eski va yangi tergovchilar 

Hozircha jurnalistga nisbatan jinoyat ishi to‘xtatilgani borasida rasmiy tasdiq yo‘q.

Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili Bi-bi-sining bu haqdagi savoliga “bizda bunday ma’lumot yo‘q” deya javob berdi.

To‘raqulov va Veselovning tergovdan chetlatilganini payshanba kuni Yunusoboddagi “Gvardeyskiy” nomi bilan bilingan MXX hibsxonasida turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan Katya Balxibayeva ham tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha tergov Nodir va Farruh ismli tergovchilariga topshirilgan.

Ammo Katya Balxibayevnangi aytishicha, turmush o‘rtog‘ining tergovchilar ishdan chetlatilganidan “xabari bo‘lmasligi mumkin”.

“Men shu xabarni yetkazish uchun borgandim, ammo 10 daqiqadan keyin Bobomurodni olib chiqib ketishdi”, – deydi Katya Balxibayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tayinlangan tergovchilar jurnalistning ayolidan AQSh elchixonasi diplomatlari bilan telefondagi yozishmasini ko‘rsatishni talab qilishgan.

Bunga Katya Balxibayeva ham, Bobomurod Abdullayev ham e’tiroz bildirishlari ortidan uchrashuvda hozir bo‘lgan ikki tergovchi va yana 4 kishi uchrashuvni to‘xtatib, mahbusni olib chiqib ketganlar.

Balxibayevaning so‘zlariga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i bilan uchrashishga ruxsat olish uchun AQSh elchixonasi xavotir bildirganini tergovchilarga aytishga majbur bo‘lgan.

“Shundan keyin ular meni telefondagi AQSh diplomati bilan yozishmalarimni ko‘rsatish sharti bilan uchrashtirishdi”,- deydi Katya Balxibayeva.

BBC              Gavharjon Madaminova o‘g‘lining qiynoqqa tutilganini aytgan

Ammo keyinroq u yozishmalarni ko‘rsatishdan bosh tortgan.

Ayolining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Bobomurod Abdullayev ham tergovchilarga “qanday asosda yozishmalarini ko‘rishga haqqingiz bor?”, deya e’tiroz bildirgan.

Katya Balxibayevning so‘zlaridan Bobomurod Abdullayevning tashqi dunyo, jumladan, axborot dunyosidan ham butkul ixotalangan holda ushlab turilgani anglashiladi.

O‘tgan hafta jurnalistning onasi Gavharjon Madaminova o‘g‘lining qiynoqqa tutilgani, uning badanida momataloq izlarini ko‘rganini aytgandi.

“Sotqin”

Ishdan chetlatilgani aytilayotgan tergovchi Nodir To‘raqulov muqaddam Surxondaryo viloyat MXX boshqarmasida xizmat qilgan.

Chorshanba kuni internetga sizdirilgan audioda Prezident Mirziyoyev MXXning Surxondaryodagi faoliyatini qattiq tanqidga tutgan.

U MXX rahbarlari haqida gapira turib, “sotqin” va “iflos” so‘zlarini ishlatgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 27 sentyabrida hibsga olingan jurnalist Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston JKning 159-modda 4-bandi bo‘yicha (“Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tuzumini ag‘darish maqsadida til biriktirish”)ayblanmoqda.

MXX Abdullayev muxolifat rahbari Muhammad Solihning buyurtmasi bilan “politolog Usmon Haqnazar” taxallusi ostida internetda maqolalar chop etgani va “Erk” partiyasi rahbari bilan birgalikda hokimiyatni kuch bilan bosib olishga qaratilgan rejani ishlab chiqqanini aytgan.

Muhammad Solih ushbu ayblovlarni rad etgan.

Ayni paytda u Bobomurod Abdullayev uzoq yillar mobaynida “siyosatshunos Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida maqolalar yozib kelgan muallif ekanini tasdiqlagan.

Bobomurod Abdullayev ustidan tergov harakatlari o‘tgan yil dekabrida tugaganiga qaramasdan, uning nima uchun hanuz MXX vaqtinchalik tergov hibsxonasida ushlab turilgani sababi ma’lum emas.

Bobomurod Abdullayevning onasi: “Bolamning orqasi momataloq bo‘lib ketgan”

“Bobomurod Abdullayevning ahvolidan jiddiy xavotirdamiz”

BBCUZBEK.COM

Yorum Yapın