Amrima’ruf va nahiymunkar
4 Ocak 2015  //  By:   //  DERSLER, İSLAM, YAZARLAR  //  No Comment   //   875 Okunma

Bismillahir rohmanir rohim

Olloh taologa hamdu sanolar, Rasulullohga salavotu salomlar bo‘lsin …

Jannatdagi baland maqomlar, bu dunyodagi eng qiyin maqomdan o‘tishni talab qiladi. Bu maqom – amrima’ruf va nahiymunkar maqomidir. Bu – barcha rasul va anbiyolarning vazifasi bo‘lib, o‘ta muhim va sharafli vazifadir. Har bir payg‘ambar o‘z qavmiga shunday degan:

«Ey qavmim, Ollohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o‘zga biron Iloh yo‘qdir». (A’rof: 59);

«Aniqki, Biz har bir ummatga: «Ollohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo‘linglar», (degan vahiy bilan) bir payg‘ambar yuborganmiz». (Nahl: 36).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ham shunday xitob kelgan:

«Siz (odamlarni) Parvardigoringizga da’vat qiling! Albatta siz To‘g‘ri yo‘l ustidadirsiz». (Haj: 67);

«Siz (odamlarni ham yolg‘iz) Parvardigoringiz- ga (ibodat qilishga) chorlang va mushrik kimsalardan bo‘lmang!» (Qasas: 87).

Modomiki, hukmning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlarigagina xos ekanini ta’kidlagan dalil yo‘q ekan, bu majburiyat Islom ummatining zimmasiga ham yuklangandir.

Olloh yo‘liga chorlash «najot kemasi bo‘lib, unga o‘tirgan najot topadi, undan kech qolgan esa halok bo‘ladi». Qilinayotgan munkar ishlarga og‘iz ochilmasa, savobli narsadek bo‘lib qoladi. Hatto, hozirgi hayotimizda ko‘rib turibmizdek, munkar ishlarni qilishga chorlanib, savobli ishlardan qaytariladi. Munkar ishlar kemaning tagidan ochilgan teshikka o‘xshaydi va «bu teshik o‘qyonus qa’ridagi qabrga tengdir».

«Ollohning sarhadlarida turadigan va unga tushadigan odamning misoli, kemaga o‘tirgan odamlarning misoliga o‘xshaydi. Ulardan ayrimlari kemaning yuqori qismida va boshqalari pastki qismlariga joylashadilar. Pastdagilar suv ichmoqchi bo‘lsalar, yuqoridagi odamlar oldidan o‘tib (bezovta qilishar), shuning uchun(o‘zaro): Tepamizdagi odamlarni bezovta qilmay o‘zimiz turgan joydan bir teshik ochsak!» – deyishdi. Agar ularni shu holatda qo‘yilsa, hammalari halok bo‘ladilar. Agar ularni to‘xtatib qolishsa, o‘zlari ham, boshqalar ham najot topishadi». (Imom Buxoriy, 2493).

«Fitnalar qalbga bo‘yra misoli bitta-bitta ta’sir qiladi. Undan qaysi qalb sipqorsa, unda qora dog‘ paydo bo‘ladi. Qaysi qalb inkor etsa, unda oppoq dog‘ paydo bo‘ladi va har ikki qalbning (oq dog‘i) uni silliq toshdek oppoq qiladi va unga Eru osmoncha bo‘lsa ham fitna ta’sir qila olmaydi. (Qora dog‘) esa qalbni qop-qora qiladi va to‘ntarilgan ko‘zadek bo‘lib, na yaxshilikka buyuradi va na gunohdan qaytaradi. Nafsu havosi istagan narsalarni qilaveradi». (Imom Muslim, 207).

Amrima’ruf va nahiymunkarga uzoq zamonlardan beri e’tibor berilmadi va imom Navaviy rahimahulloh aytganidek, uning ismigina qoldi, xolos. Balki birov: Bu qanday bo‘lishi mumkin?! Axir Azhar ulamolari odamlarga xutba qilib, va’zlar o‘qishmoqda-ku?! – deb savol berishi mumkin.

Bunga shunday javob beriladi: Farz amalga oshishining ma’nosi farzga amal qilish haqidagi buyruqning savob savobga, gunoh esa gunohga aylanadigan darajada voqe’da namoyon bo‘lishidir. Bu esa hanuz amalga oshmadi. Binobarin, iqtidorli har bir bandaning haqiqatni amalga oshirishi va botilni bekor qilishi, Shariat va Din asoslari fakulьtetlarini bitirib chiqqan kishilarni hujjat qilmasligi kerak. Chunki, ular bilan etarli ishlar amalga oshmadi. Bu birinchi tarafdan.

Ikkinchi tarafdan esa, savob ishdan voz kechilishi, gunoh ishni esa qilinishiga shohid bo‘lgan va qaytarishga kuchi etgan va boshqalar qaytarishmayotganini ko‘rgan har bir bandaga, u gunohdan qaytarishi zaruratdir. Bunday paytda uning biron diplomga ega bo‘lishi shart emas! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari va siyratlarini tekshirib ko‘rgan odam, buni juda yaxshi biladi. Jumladan, ulamolar shunday deyishgan: «Piyonistalarning (ichmaslik haqida) o‘zaro nasihat qilishlari farzdir. O‘zaro nasihat qilishmasa gunoh ikkiga qatlanadi: aroq ichish va nasihatni tark qilish gunohlari». Chunki, amrima’ruf va nahiymunkar qilayotgan odamlarning adolatli bo‘lishlari shart emas. Agar shart bo‘lsa edi, biron kimsa savob ishlarga chorlamas edi. Chunki, «Har bir odamzot xatokordir va xatokorlarning yaxshirog‘i tavbakorrog‘idir». (Termiziy (2687). Bu hadisni alloma Alboniy rahimahulloh hasan degan).

Olloh taoloning:

«Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlaringizni unutasizlarmi? Holbuki, o‘zlaringiz Kitob tilovat qilasizlar. Aqlingizni yurgizmaysizlarmi?» (Baqara: 44) oyatida amrima’ruf va nahiymunkar qilgan odam uchun emas, aksincha, o‘z bilimiga amal qilmagan odamni mazammat qilingan. Suluk bilan qilingan da’vat, og‘iz bilan qilingan da’vatdan ko‘ra ta’sirchandir. Chunki, odamzot qilayotgan ishi bilan odamlarni nafratlantirar ekan, og‘zi bilan da’vat qilishi mumkin. Shuning uchun ham payg‘ambar Shu’ayb alayhissalom:

«Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani (ya’ni, halol-haromga aralashtirishni) o‘zim qilishni istamayman», – degan. (Hud: 88).

Shunday ekan, chorlanganlar haqiqat va ezgulikka ijobat qilishlari, nasihat qilayotgan odamning holatiga qaramasliklari va holati shunday bo‘lishi kerak: «Haqiqatni, olib kelgan har qanday odamdan qabul qilinadi. Botilni esa, kimdan bo‘lishidan qat’iy nazar rad qilinadi».

Da’vatchi buyurayotgan va ta’qiqlayotgan narsalarini bilishi, da’vat qilar ekan shafqatli va mehribon bo‘lishi kerak. Olimlardan biri podshohlardan birining huzuriga kirib, unga qo‘pol muomala qildi. Shunda podshoh Olloh taolo sendan ko‘ra yaxshiroq odamni, mendan ko‘ra yomonroq bo‘lgan podshoh oldiga yuborar ekan:

«Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki (Mening qahrimdan) qo‘rqsa», dedi (Toha: 44), dedi. Ya’ni, Olloh taolo payg‘ambari Muso alayhissalomni Robbul olamiynga o‘ta kofir bo‘lgan Fir’avnga yubordi va Muso alayhissalomga muloyim bo‘lishni amr qildi.

Savollarga javob berilar ekan, hissiyotlarga berilish yaramaydi. Foyda bo‘lishi, zarar va fasodlar ketishi uchun, Ollohning dinini o‘rganish kerak. Buning dalili Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning (munofiq) Abdulloh ibn Salulni o‘ldirmasliklaridir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu haqda: «Yasribda uning ko‘p tarafdorlari bor. Odamlar: Muhammad ashoblarini o‘ldirayapti? – deyishsa nima bo‘ladi?!» – degan edilar. Ibn Salul fitnalarni ko‘paytirib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va da’vatga qarshi hiylalar qilgan bo‘lsada, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni o‘ldirmadilar. Chunki, Ollohning shariati – manfaatlarning o‘zginasidir. Qaerda manfaat bo‘lsa, o‘sha erda Ollohning shariati bordir.

Shayxulislom Ibn Taymiyya rahimahulloh (o‘lkasini bosib olgan) mo‘g‘ul-tatarlarning aroq ichishlariga qarshi bo‘lgan do‘stlaridan norozi bo‘lar va: «Aroq Ollohni zikr qilish va namoz o‘qishga mone’ bo‘lsa, tatarlarni musulmonlarni o‘ldirish va ularning nomuslarini bulg‘ashlariga mone’ bo‘ladi», – der edi.

Biz ishlarning oqibatiga qarashimiz va gunoh ishlarni gunohlar bilan qaytarmasligimiz, gunohni ustivor ko‘rmasligimiz, boshqa gunohni keltirib chiqarmasligimiz, shar’iy manfaat bo‘lmagan narsalarda jonni qiynamasligimiz, inkor qilish bilan oila va yoru do‘stlarga ozor bermasligimiz kerak. Chunki, inkor etish ba’zi o‘rinlarda farz bo‘lsa, ba’zi o‘rinlarda haromdir. Gumonga g‘olib kelgan bo‘lsa, amrima’ruf va nahiymunkar qilgan odamning ozorlanishi mustahabdir. «Shahidlarning sayyidi – Hamza ibn Abdulmuttalib va zolim imomga (qarshi turib) unga amrima’ruf va nahiymunkar qilgan, natijada, podshoh o‘ldirgan odamdir». (Hokim (4884). Bu osorni alloma Alboniy sahih dedi).

Ishlarning eng yaxshisi – mo‘’tadilidir. O‘rinsiz joyda loqaydlik yoki intilish yaxshi bo‘lmaganidek, jur’at o‘rinlarida qo‘rqoqlik va orqaga chekinish maqtovga sazovor emas. Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu yo‘ldoshlariga: «Sizlar shunday zamonda yashayapsizlarki, unda amrima’rufga shoshilganingiz eng yaxshirog‘ingiz bo‘ladi. Odamlarga shunday zamonlar keladiki, shubhalar ko‘paygani bois, ularning yaxshirog‘i – to‘xtab, tekshirib ko‘rganlaridir», – degan edi.

G‘urbatning kuchayishi va taqvoning ozayishi tufayli masalalar, jumladan, balosi ko‘payganlari haqida o‘z bilimdoniga murojaat etish lozim. Biz shunday masalalarga duch kelayapmizki, agar ular haqida Umar raziyallohu anhuga murojaat etilsa, Badr janggida ishtirok etgan barcha sahobalarni to‘plagan bo‘lar edi!! Xavorijlar ahvolidan voqif bo‘lganlar, ular hissiyotga berilish va fiqhiy bilimlarning ozligi sababli qanday falokatlarni qilishgan ekaniga guvoh bo‘lishadi. Ibn Kasiyr rahimahulloh hikoya qiladi: «Bizga Rosibiy purma’no xutba qildi. Uning xutbasini eshitib ko‘zlardan yoshlar quyildi, ko‘ngillar yumshadi. U o‘z xutbasida odamlarni Oxiratga rag‘batlantirib, dunyoda zohid bo‘lishga chorlab, jihod qilishga chaqirdi va odamlar jannatdan mujdalangan sahobalar kabi jang qilish uchun safarbar bo‘ldilar».

Shu bois Ibn Kasiyr rahimahulloh: «Xavorijlar turi qanday ajoyib-a?! Ularning orasida bironta ham sahoba yo‘q hamda Qur’on o‘qisalarda halqumlaridan nariga o‘tmagan!» – degan edi.

Garchi ijobat bo‘lmaslik gumoni ustun bo‘lsada, amrima’ruf va nahiymunkar qilish mashru’ qilingan bo‘lsa, pishib etilgan mevalar va yuzaga kelib rivojlanayotgan «dindorlik» to‘fonini ko‘rish bilan nima qilish kerak?! Siz foydasiz ishni va dengizda dehqonchilikni qilmaysiz! Olloh taolo aytdi:

«Bas, agar pand-nasihat foyda bersa (kishilarga) pand-nasihat qiling!» (A’lo: 9). Ulamolar: «Uning ma’nosi: Garchi foyda bermasa ham eslatavering!» – dedilar. Bu shu oyatga ham o‘xshaydi:

«sizlar uchun issiq (sovuq)dan asraydigan kiyimlar». (Nahl: 81). Aslida bu kiyimlar ko‘proq sovuqdan himoya qiladi.

Biz xalq orasida da’vat va tablig‘ni ommalashtirishimiz va Islom dinini jahonning to‘rt burchagiga etkazishimiz kerak

«Barcha olamlarni (oxirat azobidan) qo‘rqitguvchi bo‘lsin deb O‘z bandasi (Muhammad sollallohu alayhi va sallam)ga Furqon — Qur’on nozil qilgan zot — Olloh barakotli – Buyukdir». (Furqon: 1);

«(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat (ya’ni Ollohning rahmati-jannatiga etaklaguvchi) qilib yubordik». (Anbiyo: 107);

«(Ushbu Qur’on) faqat barcha olamlar uchun (Olloh taolo tomonidan nozil qilingan) bir eslatmadir, xolos». (Sod: 87, 88).

Masjid va uning muammolari bilan shug‘ullanish Falastin, Iroq va Afg‘onistondagi musulmonlarning muammolariga, yoshlar va ularning tarbiyalariga e’tibor berishga mone’ bo‘lmasligi hamda xotin-qizlar, bolalar va qariyalarni da’vat qilishdan chalg‘itmasligi lozim. Buning uchun fikrimiz keng bo‘lishi kerak. Chunki Robbimiz buyuk va sharafli ishlarni suyub, pastkashliklarni yoqtirmaydi.

Da’vat yo‘lida yurish, do‘stu dushman, shar’iy va koinaviy yo‘llarni bilishni xuddi xitob qilinayotgan odamlarning ahvolini bilishni talab qilganidek talab qiladi. Ishlarning muhimrog‘ini muqaddam qo‘yish bilim, amal va Olloh yo‘liga da’vat qilishda vojib bo‘lgan ishlardandir. Buning uchun e’tiborni e’tiqod ma’nolari va «Agar bilsalar avvalo tavhid!»ni amalga oshirishga bo‘lgan ishonchga markazlashtirish lozim.

Olloh yo‘liga da’vat qilish payg‘ambaru rasullar manhajiga rioya qilish bilan ro‘yobga chiqadigan ongga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin Olloh taolo shunday degan:

«Ayting: «Mening yo‘lim shudir. Men Ollohga da’vat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga — ishonchga egamiz. (Har qanday sherikdan) Ollohni poklayman. (Zero) men mushrik- lardan emasman». (Yusuf: 108). Ushbu oyat Yusuf surasining oxirlarida kelgan bo‘lib, u – qalbi bo‘lgan va guvohlik bilan quloq solgan har bir kishini o‘ylantiradigan sura va hikoyadir.

Biz nohaq ishlarni qilib baloga sabab bo‘lgach, ortidan: «Balolarning kelishi payg‘ambaru rasullarning sunnatidir!» deya tavbayu tazarruda bo‘lmasligimiz kerak. Bunday ishni qilgan odam Robbisiga tavba qilib, istig‘forlar aytishi hamda yomon muhitdan chiqish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak. Agar banda haq yo‘lda bo‘lib, o‘zidan avvalgilarning yo‘lidan ketayotgan va musibat etgan bo‘lsa, chidashi va savobni Olloh taoloning o‘zidangina kutishi kerak:

«Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar)». (Asr surasi).

Mazkur sura tafakkur qilishga loyiqdir. Chunki u (da’vat unsurlarini) o‘zida etarlicha jamlagan va tushuntirgan.

Olloh taolo barchamizni O‘zi suygan va rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq aylasin!

——————————————-

Бисмиллаҳир роҳманир роҳим

Оллоҳ таолога ҳамду санолар, Расулуллоҳга салавоту саломлар бўлсин …

Жаннатдаги баланд мақомлар, бу дунёдаги энг қийин мақомдан ўтишни талаб қилади. Бу мақом – амримаъруф ва наҳиймункар мақомидир. Бу – барча расул ва анбиёларнинг вазифаси бўлиб, ўта муҳим ва шарафли вазифадир. Ҳар бир пайғамбар ўз қавмига шундай деган:

«Эй қавмим, Оллоҳга ибодат қилинглар! Сизлар учун Ундан ўзга бирон Илоҳ йўқдир». (Аъроф: 59);

«Аниқки, Биз ҳар бир умматга: «Оллоҳга ибодат қилинглар ва шайтондан йироқ бўлинглар», (деган ваҳий билан) бир пайғамбар юборганмиз». (Наҳл: 36).

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга ҳам шундай хитоб келган:

«Сиз (одамларни) Парвардигорингизга даъват қилинг! Албатта сиз Тўғри йўл устидадирсиз». (Ҳаж: 67);

«Сиз (одамларни ҳам ёлғиз)  Парвардигорингиз- га (ибодат қилишга) чорланг ва мушрик кимсалардан бўлманг!» (Қасас: 87).

Модомики, ҳукмнинг Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ўзларигагина хос эканини таъкидлаган далил йўқ экан, бу мажбурият Ислом умматининг зиммасига ҳам юклангандир.

Оллоҳ йўлига чорлаш «нажот кемаси бўлиб, унга ўтирган нажот топади, ундан кеч қолган эса ҳалок бўлади». Қилинаётган мункар ишларга оғиз очилмаса, савобли нарсадек бўлиб қолади. Ҳатто, ҳозирги ҳаётимизда кўриб турибмиздек, мункар ишларни қилишга чорланиб, савобли ишлардан қайтарилади. Мункар ишлар кеманинг тагидан очилган тешикка ўхшайди ва «бу тешик ўқёнус қаъридаги қабрга тенгдир».

«Оллоҳнинг сарҳадларида турадиган ва унга тушадиган одамнинг мисоли, кемага ўтирган одамларнинг мисолига ўхшайди. Улардан айримлари кеманинг юқори қисмида ва бошқалари пастки қисмларига жойлашадилар. Пастдагилар сув ичмоқчи бўлсалар, юқоридаги одамлар олдидан ўтиб (безовта қилишар), шунинг учун(ўзаро): Тепамиздаги одамларни безовта қилмай ўзимиз турган жойдан бир тешик очсак!» – дейишди. Агар уларни шу ҳолатда қўйилса, ҳаммалари ҳалок бўладилар. Агар уларни тўхтатиб қолишса, ўзлари ҳам, бошқалар ҳам нажот топишади». (Имом Бухорий, 2493).

«Фитналар қалбга бўйра мисоли битта-битта таъсир қилади. Ундан қайси қалб сипқорса, унда қора доғ пайдо бўлади. Қайси қалб инкор этса, унда оппоқ доғ пайдо бўлади ва ҳар икки қалбнинг (оқ доғи) уни силлиқ тошдек оппоқ қилади ва унга Еру осмонча бўлса ҳам фитна таъсир қила олмайди. (Қора доғ) эса қалбни қоп-қора қилади ва тўнтарилган кўзадек бўлиб, на яхшиликка буюради ва на гуноҳдан қайтаради. Нафсу ҳавоси истаган нарсаларни қилаверади». (Имом Муслим, 207).

Амримаъруф ва наҳиймункарга узоқ замонлардан бери эътибор берилмади ва имом Нававий раҳимаҳуллоҳ айтганидек, унинг исмигина қолди, холос. Балки биров: Бу қандай бўлиши мумкин?! Ахир Азҳар уламолари одамларга хутба қилиб, ваъзлар ўқишмоқда-ку?! – деб савол бериши мумкин.

Бунга шундай жавоб берилади: Фарз амалга ошишининг маъноси фарзга амал қилиш ҳақидаги буйруқнинг савоб савобга, гуноҳ эса гуноҳга айланадиган даражада воқеъда намоён бўлишидир. Бу эса ҳануз амалга ошмади. Бинобарин, иқтидорли ҳар бир банданинг ҳақиқатни амалга ошириши ва ботилни бекор қилиши, Шариат ва Дин асослари факультетларини битириб чиққан кишиларни ҳужжат қилмаслиги керак. Чунки, улар билан етарли ишлар амалга ошмади. Бу биринчи тарафдан.

Иккинчи тарафдан эса, савоб ишдан воз кечилиши, гуноҳ ишни эса қилинишига шоҳид бўлган ва қайтаришга кучи етган ва бошқалар қайтаришмаётганини кўрган ҳар бир бандага, у гуноҳдан қайтариши заруратдир. Бундай пайтда унинг бирон дипломга эга бўлиши шарт эмас! Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг суннатлари ва сийратларини текшириб кўрган одам, буни жуда яхши билади. Жумладан, уламолар шундай дейишган: «Пиёнисталарнинг (ичмаслик ҳақида) ўзаро насиҳат қилишлари фарздир. Ўзаро насиҳат қилишмаса гуноҳ иккига қатланади: ароқ ичиш ва насиҳатни тарк қилиш гуноҳлари». Чунки, амримаъруф ва наҳиймункар қилаётган одамларнинг адолатли бўлишлари шарт эмас. Агар шарт бўлса эди, бирон кимса савоб ишларга чорламас эди. Чунки, «Ҳар бир одамзот хатокордир ва хатокорларнинг яхшироғи тавбакорроғидир». (Термизий (2687). Бу ҳадисни аллома Албоний раҳимаҳуллоҳ ҳасан деган).

Оллоҳ таолонинг:

«Одамларни яхшиликка чорлаб, ўзларингизни унутасизларми? Ҳолбуки, ўзларингиз Китоб тиловат қиласизлар. Ақлингизни юргизмайсизларми?»  (Бақара: 44) оятида амримаъруф ва наҳиймункар қилган одам учун эмас, аксинча, ўз билимига амал қилмаган одамни мазаммат қилинган. Сулук билан қилинган даъват, оғиз билан қилинган даъватдан кўра таъсирчандир. Чунки, одамзот қилаётган иши билан одамларни нафратлантирар экан, оғзи билан даъват қилиши мумкин. Шунинг учун ҳам пайғамбар Шуъайб алайҳиссалом:

«Мен сизларга хилоф қилиб, сизларни қайтараётган нарсани (яъни, ҳалол-ҳаромга аралаштиришни) ўзим қилишни истамайман», – деган. (Ҳуд: 88).

Шундай экан, чорланганлар ҳақиқат ва эзгуликка ижобат қилишлари, насиҳат қилаётган одамнинг ҳолатига қарамасликлари ва ҳолати шундай бўлиши керак: «Ҳақиқатни, олиб келган ҳар қандай одамдан қабул қилинади. Ботилни эса, кимдан бўлишидан қатъий назар рад қилинади».

Даъватчи буюраётган ва таъқиқлаётган нарсаларини билиши, даъват қилар экан шафқатли ва меҳрибон бўлиши керак. Олимлардан бири подшоҳлардан бирининг ҳузурига кириб, унга қўпол муомала қилди. Шунда подшоҳ Оллоҳ таоло сендан кўра яхшироқ одамни, мендан кўра ёмонроқ бўлган подшоҳ олдига юборар экан:

«Бас, унга юмшоқ сўз сўзланглар! Шояд панд-насиҳат олса ёки (Менинг қаҳримдан) қўрқса», деди (Тоҳа: 44), деди. Яъни, Оллоҳ таоло пайғамбари Мусо алайҳиссаломни Роббул оламийнга ўта кофир бўлган Фиръавнга юборди ва Мусо алайҳиссаломга мулойим бўлишни амр қилди.

Саволларга жавоб берилар экан, ҳиссиётларга берилиш ярамайди. Фойда бўлиши, зарар ва фасодлар кетиши учун, Оллоҳнинг динини ўрганиш керак. Бунинг далили Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг (мунофиқ) Абдуллоҳ ибн Салулни ўлдирмасликларидир. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бу ҳақда: «Ясрибда унинг кўп тарафдорлари бор. Одамлар: Муҳаммад асҳобларини ўлдираяпти? – дейишса нима бўлади?!» – деган эдилар. Ибн Салул фитналарни кўпайтириб, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ва даъватга қарши ҳийлалар қилган бўлсада, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам уни ўлдирмадилар. Чунки, Оллоҳнинг шариати – манфаатларнинг ўзгинасидир. Қаерда манфаат бўлса, ўша ерда Оллоҳнинг шариати бордир.

Шайхулислом Ибн Таймийя раҳимаҳуллоҳ (ўлкасини босиб олган) мўғул-татарларнинг ароқ ичишларига қарши бўлган дўстларидан норози бўлар ва: «Ароқ Оллоҳни зикр қилиш ва намоз ўқишга монеъ бўлса, татарларни мусулмонларни ўлдириш ва уларнинг номусларини булғашларига монеъ бўлади», – дер эди.

Биз ишларнинг оқибатига қарашимиз ва гуноҳ ишларни гуноҳлар билан қайтармаслигимиз, гуноҳни устивор кўрмаслигимиз, бошқа гуноҳни келтириб чиқармаслигимиз, шаръий манфаат бўлмаган нарсаларда жонни қийнамаслигимиз, инкор қилиш билан оила ва ёру дўстларга озор бермаслигимиз керак. Чунки, инкор этиш баъзи ўринларда фарз бўлса, баъзи ўринларда ҳаромдир. Гумонга ғолиб келган бўлса, амримаъруф ва наҳиймункар қилган одамнинг озорланиши мустаҳабдир. «Шаҳидларнинг саййиди – Ҳамза ибн Абдулмутталиб ва золим имомга (қарши туриб) унга амримаъруф ва наҳиймункар қилган, натижада, подшоҳ ўлдирган одамдир». (Ҳоким (4884). Бу осорни аллома Албоний саҳиҳ деди).

Ишларнинг энг яхшиси – мўътадилидир. Ўринсиз жойда лоқайдлик ёки интилиш яхши бўлмаганидек, журъат ўринларида қўрқоқлик ва орқага чекиниш мақтовга сазовор эмас. Абдуллоҳ ибн Масъуд разияллоҳу анҳу йўлдошларига: «Сизлар шундай замонда яшаяпсизларки, унда амримаъруфга шошилганингиз энг яхшироғингиз бўлади. Одамларга шундай замонлар келадики, шубҳалар кўпайгани боис, уларнинг яхшироғи – тўхтаб, текшириб кўрганларидир», – деган эди.

Ғурбатнинг кучайиши ва тақвонинг озайиши туфайли масалалар, жумладан, балоси кўпайганлари ҳақида ўз билимдонига мурожаат этиш лозим. Биз шундай масалаларга дуч келаяпмизки, агар улар ҳақида Умар разияллоҳу анҳуга мурожаат этилса, Бадр жанггида иштирок этган барча саҳобаларни тўплаган бўлар эди!! Хаворижлар аҳволидан воқиф бўлганлар, улар ҳиссиётга берилиш ва фиқҳий билимларнинг озлиги сабабли қандай фалокатларни қилишган эканига гувоҳ бўлишади. Ибн Касийр раҳимаҳуллоҳ ҳикоя қилади: «Бизга Росибий пурмаъно хутба қилди. Унинг хутбасини эшитиб кўзлардан ёшлар қуйилди, кўнгиллар юмшади. У ўз хутбасида одамларни Охиратга рағбатлантириб, дунёда зоҳид бўлишга чорлаб, жиҳод қилишга чақирди ва одамлар жаннатдан муждаланган саҳобалар каби жанг қилиш учун сафарбар бўлдилар».

Шу боис Ибн Касийр раҳимаҳуллоҳ: «Хаворижлар тури қандай ажойиб-а?! Уларнинг орасида биронта ҳам саҳоба йўқ ҳамда Қуръон ўқисаларда ҳалқумларидан нарига ўтмаган!» – деган эди.

Гарчи ижобат бўлмаслик гумони устун бўлсада, амримаъруф ва наҳиймункар қилиш машруъ қилинган бўлса, пишиб етилган мевалар ва юзага келиб ривожланаётган «диндорлик» тўфонини кўриш билан нима қилиш керак?! Сиз фойдасиз ишни ва денгизда деҳқончиликни қилмайсиз! Оллоҳ таоло айтди:

«Бас, агар панд-насиҳат фойда берса  (кишиларга) панд-насиҳат қилинг!» (Аъло: 9). Уламолар: «Унинг маъноси: Гарчи фойда бермаса ҳам эслатаверинг!» – дедилар. Бу шу оятга ҳам ўхшайди:

«сизлар учун иссиқ (совуқ)дан асрайдиган кийимлар». (Наҳл: 81). Аслида бу кийимлар кўпроқ совуқдан ҳимоя қилади.

Биз халқ орасида даъват ва таблиғни оммалаштиришимиз ва Ислом динини жаҳоннинг тўрт бурчагига етказишимиз керак

«Барча оламларни (охират азобидан)  қўрқитгувчи бўлсин деб Ўз бандаси (Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам)га Фурқон — Қуръон нозил қилган зот — Оллоҳ баракотли – Буюкдир». (Фурқон: 1);

«(Эй Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам), дарҳақиқат Биз сизни барча оламларга фақат раҳмат (яъни Оллоҳнинг раҳмати-жаннатига етаклагувчи) қилиб юбордик». (Анбиё: 107);

«(Ушбу Қуръон) фақат барча оламлар учун (Оллоҳ таоло томонидан нозил қилинган) бир эслатмадир, холос». (Сод: 87, 88).

Масжид ва унинг муаммолари билан шуғулланиш Фаластин, Ироқ ва Афғонистондаги мусулмонларнинг муаммоларига, ёшлар ва уларнинг тарбияларига эътибор беришга монеъ бўлмаслиги ҳамда хотин-қизлар, болалар ва қарияларни даъват қилишдан чалғитмаслиги лозим. Бунинг учун фикримиз кенг бўлиши керак. Чунки Роббимиз буюк ва шарафли ишларни суюб, пасткашликларни ёқтирмайди.

Даъват йўлида юриш, дўсту душман, шаръий ва коинавий йўлларни билишни худди хитоб қилинаётган одамларнинг аҳволини билишни талаб қилганидек талаб қилади. Ишларнинг муҳимроғини муқаддам қўйиш билим, амал ва Оллоҳ йўлига даъват қилишда вожиб бўлган ишлардандир. Бунинг учун эътиборни эътиқод маънолари ва «Агар билсалар аввало тавҳид!»ни амалга оширишга бўлган ишончга марказлаштириш лозим.

Оллоҳ йўлига даъват қилиш пайғамбару расуллар манҳажига риоя қилиш билан рўёбга чиқадиган онгга боғлиқ бўлади. Бинобарин Оллоҳ таоло шундай деган:

«Айтинг: «Менинг йўлим шудир. Мен Оллоҳга даъват қиламан. Мен ва менга эргашган кишилар аниқ ҳужжатга — ишончга эгамиз. (Ҳар қандай шерикдан) Оллоҳни поклайман. (Зеро) мен мушрик- лардан эмасман». (Юсуф: 108). Ушбу оят Юсуф сурасининг охирларида келган бўлиб, у – қалби бўлган ва гувоҳлик билан қулоқ солган ҳар бир кишини ўйлантирадиган сура ва ҳикоядир.

Биз ноҳақ ишларни қилиб балога сабаб бўлгач, ортидан: «Балоларнинг келиши пайғамбару расулларнинг суннатидир!» дея тавбаю тазарруда бўлмаслигимиз керак. Бундай ишни қилган одам Роббисига тавба қилиб, истиғфорлар айтиши ҳамда ёмон муҳитдан чиқиш учун бор имкониятини ишга солиши керак. Агар банда ҳақ йўлда бўлиб, ўзидан аввалгиларнинг йўлидан кетаётган ва мусибат етган бўлса, чидаши ва савобни Оллоҳ таолонинг ўзидангина кутиши керак:

«Аср (вақти)га қасамки, (барча) инсон зиён-бахтсизликдадир. Фақат иймон келтирган ва яхши амаллар қилган, бир-бирларига Ҳақ (йўли)ни тавсия этган ва бир-бирларига (мана шу Ҳақ йўлида) сабр-тоқат қилишни тавсия этган зотларгина (нажот топгувчидирлар)». (Аср сураси).

Мазкур сура тафаккур қилишга лойиқдир. Чунки у (даъват унсурларини) ўзида етарлича жамлаган ва тушунтирган.

Оллоҳ таоло барчамизни Ўзи суйган ва рози бўлган ишларга муваффақ айласин!

Manba: IslamHouse/Uzbek

Yorum Yapın