OAV: Masjidlar 15 avgustdan boshlab ishlay boshlashi mumkin

(latında)

Xabarda ta’kidlanishicha, ayni soatlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi barcha imom va noiblar bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofir Ahmedov ishtirokida video selektor shaklida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

“Yig‘ilishda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samaradorlik qilish, davlatimiz tomonidan imomlarga e’tibor qaratilib, 150 milliard so‘m ajratilgani, yoshlarimizning tarbiyasida imomlarning o‘rni va ta’siri bo‘lishi zarurligi kabi mavzular muhokama qilinyapti”, – deyiladi xabarda.

Hozircha O‘zbekiston hukumati va koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika sayti bu xabar yuzasidan munosabat bildirmadi.
https://www.ozodlik.org/a/30775669.html

Alakalı yazılar

Yorum yazın