Qozog‘istondagi mojaro qurbonlari soni ortdi

Qozog‘istonning Korday rayonida ro‘y bergan mojaro oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi. «Xabar 24» nashri xabariga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklar vaqtida jarohatlanganlarning ikki nafari shifoxonada jon bergan.

7 fevral kuni kechqurun Jambil oblasti Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va do‘ngonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. Mojaroga mahalliy do‘ngonlar qozog‘istonlik qariyani kaltaklashi sabab bo‘lgani aytilgan. 

Dastlabki xabarlarda Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida mingga yaqin kishi ishtirok etgani, 8 kishi halok bo‘lib, 137 kishi jarohatlangani, ulardan 37 nafari shifoxonaga yotqizilgani, 9 kishi og‘ir ahvolda qolayotgani aytilgandi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 30dan ortiq uy, 15ta savdo obekti hamda 23ta avtomashinaga zarar yetkazilgan.  

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tartibsizliklardan so‘ng hududda vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi. U mojaroning avj olishiga sababchi bo‘lgan ig‘vogarlar javobgarlikka tortilishi, «fojiaga yo‘l qo‘ygan davlat idoralari xodimlari jazolanishi»ni ta’kidlab o‘tgan. Biroq u aynan qaysi tuzilmalar xodimlari jazolanishiga aniqlik kiritmagan. 

Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Jambildagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzishga farmoyish bergan.

Odatiy mushtlashuv yoki etnik nizo?

TENGRINEWS/SHOKAN ALKHABAYEV VIA REUTERS

To‘qnashuv juma kuni kechqurun etnik ozchilik hisoblangan do‘ngonlar yashovchi Masanchi qishlog‘ida ro‘y bergandi. Politsiyachilar to‘qnashuvda qatnashgan 47 kishini qo‘lga olgan, ulardan ov miltiqlari musodara qilingan.

Roustem Adagamov@adagamov · Feb 8, 2020Replying to @adagamov

Казахи о причине конфликта пишут, что дунгане* сильно избили 80-летнего деда-казаха и двух его сыновей. После чего казахи пошли громить села, где живут дунгане, в частности Масанчи и Кордай.

*Дунгане — потомки китайцев, пришедших на территорию Российской империи в XIX веке

View image on Twitter
View image on Twitter

Roustem Adagamov@adagamov

Сожжено около 30 жилых домов, 15 магазинов, 23 автомобиля. По данным жителей погромы были устроены в пяти селах, где живут дунгане.

Фото: https://rus.azattyq.org/a/kazakhstan-zhambyl-region-conflict-/30423627.html …

View image on Twitter
View image on Twitter
View image on Twitter
View image on Twitter

1212:46 PM – Feb 8, 2020Twitter Ads info and privacy22 people are talking about this

Qozog‘iston hukumati hodisada maishiy janjalni etnik nizoga aylantirishga harakat qilgan ig‘vogarlarni aybladi. Hozircha janjalning asl sababi aniq emas.

Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Turgumbayevning so‘zlariga ko‘ra, nizoda avvaliga 70 kishi qatnashgan. «Provokatorlar va guvohlar janjalni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan va boshqa odamlarni qonunga zid harakatlarni amalga oshirishga chaqirgan. Bu esa ziddiyatning eskalatsiyasiga olib kelgan… Qo‘shni qishloqlardan yuzlab kishi kelib janjalga qo‘shilgan», – deyilgan vazirlik ma’lumotida.

«Bezorilar metall predmetlar, toshlar, o‘qotar qurollarni ishlatgan. Masanchidagi ziddiyatdan keyin Auxatti va Bulan-Batir qishloqlariga ham bostirib borishgan. Yo‘llarda blok-postlar o‘rnatishgan», – deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Axborot vaziri Dauren Abayev ham bu versiyaga qo‘shilgan: «Fojia ro‘y berdi, odamlar halok bo‘ldi. Afsuski, bu maishiy janjalni etnik mojaro sifatida ko‘rsatgan provokatorlar tufaylidir».

Masanchida nimalar bo‘ldi?

TENGRINEWS/SHOKAN ALKHABAYEV VIA REUTERS

Masanchi qishlog‘ida yashovchilardan biri Radio Azattyk (Qozog‘istondagi Ozodlik radiosi) muxbiriga, tumanning beshta qishlog‘ida bosqinchilik harakatlari amalga oshirilganini so‘zlab bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, juma kuni kechqurun boshqa hududlardan kelgan yuzlab erkaklar uylarga, do‘konlarga o‘t qo‘ygan, avtomobillarning oynalarini sindirishgan va qishloq aholisiga hujum qilgan.

Qozog‘istondagi do‘ngonlar diasporasi rahbari Xusey Daurov KazTAG agentligiga shunday deydi: «Soat 5.25da Olmaotadan OMON bo‘linmalari yetib keldi, harbiylar keliboq vaziyatni nazoratga olishdi. Ammo ular bir kun kechikishdi. Bir kun avval videolar tarqalishi boshlangandi, agar ular barchasini avvalroq qilishganida, biz bunday ahvolga tushmagan bo‘lardik, odamlarning hayoti saqlab qolinardi. Ammo hozir, Xudoga shukrki, OMON xodimlari har bir burchakni nazorat qilmoqda, har bir qishloqda nazorat o‘rnatilgan».

Ma’lum bo‘lishicha, juma kuni kunduzi politsiyachilar Masanchiga qo‘shni bo‘lgan Sortobe qishlog‘ida avtomobilni to‘xtatgan. Haydovchi qochishga uringan, politsiyachilar uni quvishganida esa qoidabuzarning qarindoshlari politsiya avtomobilini toshbo‘ron qilgan.

Hozircha aynan shu hodisa ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqargan voqea bo‘lgani tasdiqlanmadi.

Оккупированная Молодуха @scamp_rogue

Казахстан, недалеко от границы с Кыргызстаном. Межнациональный конфликт между казахами и дунганами (народ, проживающий в Киргизии)1010:37 PM – Feb 7, 2020 · UkraineTwitter Ads info and privacy22 people are talking about this

Ijtimoiy tarmoqlarda esa do‘ngonlar bir necha qozoqni kaltaklagani tasvirlangan video hodisa sababi sifatida tarqatilgan.

Mushtlashuvlardan keyin ko‘plab do‘ngonlar chegarani kesib o‘tib, Qirg‘izistonga borishgan. Chegarachilar qat’iy ish rejimiga o‘tishgan. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba RIA Novosti agentligiga xabar berishicha, 20 kishi shifokorlarga murojaat qilgan, 10 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Fergana.News@ferganaru

Утром в субботу на одном из пограничных КПП между Казахстаном и Кыргызстаном. Женщины и дети, предположительно, дунганской национальности, массово перемещаются через границу из южного Казахстана в Кыргызстан.#masanchi #масанчи #дунгане #кордай512:13 PM – Feb 8, 2020Twitter Ads info and privacySee Fergana.News’s other Tweets

Do‘ngonlar kimlar?

Do‘ngonlar – Qirg‘izistondagi millat bo‘lib, Qozog‘iston janubi-sharqida va O‘zbekiston sharqida ham yashaydi. Ular XIX asr oxirida Xitoy hukumati ta’qibidan keyin Markaziy Osiyo hududiga qochib kelgan xitoyliklarning avlodlaridir. Ular Islom dinini qabul qilishgan va xitoy tilini unutishgan. Mahalliy tillarda va rus tilida so‘zlashishadi.

Masanchi do‘ngon diasporasi markazlaridan biri hisoblanadi. 2009 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, qishloq aholisining 90 foizi do‘ngon, 5 foizi qozoq, 5 foizi ruslar edi.

https://kun.uz/uz/news/2020/02/09/qozogiston-prezidenti-janubdagi-tartibsizliklardan-keyin-vaziyat-barqarorlashganini-malum-qildi

Alakalı yazılar

Yorum yazın