O‘zAning 6 andijonlik qamalganiga oid xabari e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay ochilmay qoldi

(LATINDA)

14 oktyabrda Ozodlik O‘zbekiston Milliy axborot agentligi -O‘zA shu kuni e’lon qilgan xabarga tayanib, Andijonda yoshi 20 dan 23 gacha bo‘lgan 6 yigit diniy ekstremistlikda ayblanib qamalgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

14 oktyabr, kunning ikkinchi yarmida O‘zAning xabari ochilmadi. Ozodlik bergan ishora bosilganda xabar o‘rnida “404 Topilmadi” degan yozuv chiqmoqda. Andijonlik yigitlarning qamalishiga oid xabar 15 oktyabr kuni ham ochilmadi.

Biroq google qidiruv tizimi 1 kun oldin O‘zA Ne’matjon O‘rmonov, Nurullo Poziljonov, Doniyorbek va Boburbek Isakovlar, Izatullo Nasriddinov hamda A’zamjon Abdullayevlarga oid xabar e’lon qilganini ko‘rsatmoqda.

Google 15 октябрда ЎзА бир кун олдин Андижондаги воқеа оид хабар берганини кўсатди.

Google 15 oktyabrda O‘zA bir kun oldin Andijondagi voqea oid xabar berganini ko‘satdi.
8 oktyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi O‘rmonov Ne’matjon No‘monjon o‘g‘lini 6 yilga, Poziljonov Nurullo Muhammadabdullo o‘g‘li va Isakov Doniyor Muhammadjon o‘g‘lini 5 yil 6 oy muddatga, Isakov Boburbek Muhammadjon o‘g‘li, Nasriddinov Izzatullo Abdurasul o‘g‘li va Abdullayev A’zamjon Avazbek o‘g‘lini 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligi yoshi 20 dan 23 gacha bo‘lgan bu 6 fuqaro Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bo‘yicha aybdor topilganini yozmagan.

Agentlikka ko‘ra, oltovlon “jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashib ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan saytlardan materiallar olgan.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga, qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga ochiqdan-ochiq ravishda da’vatlar qilishgan.

Xorijdagi diniy ekstremistik, separatistik va fundamentalistik tashkilotlardan moddiy va moliyaviy yordamdan foydalangan holda O‘zbekistondagi barqarorlikni buzish va fuqarolar totuvligiga raxna solish kabi uydirmalarni tarqatish bilan shug‘ullanishgan.

Shuningdek, ular hijrat va jihod qilish maqsadida urush o‘choqlari bo‘lgan Suriya va Iroq davlatlariga ketish rejalarini ham tuzishgan. Islom xalifalik davlatini qurish kabi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashib Afg‘oniston, Pokiston va Suriya davlatlaridagi “O‘zbekiston Islomiy Harakati” va “Islomiy Jihod Ittihodi” xalqaro terroristik tashkilotlarning jangarilar tayyorlovchi lageriga borib qo‘shilishga harakat qilishgan”.

https://www.ozodlik.org/a/30217359.html

Alakalı yazılar

Yorum yazın