Qozog‘istonda o‘zini plakat ko‘targandek ko‘rsatib suratga tushgan faolni politsiya ushlab ketdi

(LATINDA)

Qozog‘istonda o‘zini plakat ko‘targandek ko‘rsatib suratga tushgan Facebook foydalanuvchisini qozoq politsiyasi olib ketib, so‘roq qilgan.

9 may bayrami arafasida Nur-Sultonda (sobiq Ostona shahri) huquq faollaridan Janbot Aljanovani fuqaro kiyimidagi shaxslar ko‘chada tutib, politsiya idorasiga olib ketishgan. Aljanova o‘zini plakat tutgandek ko‘rsatib tushgan suratini Facebook’dagi sahifasida ushlab ketilishidan uch kun oldin e’lon qilgan ekan.

Suratga “Mana shunday plakat bilan chiqishga qaror qildik. Nima deb o‘ylaysiz, qamashadimi? Provokatsion hech narsa yozilmagan lekin”, deb izoh yozib qo‘ygan.

Aljanovaning aytishicha, ko‘chada nomalum shaxslar ushlab, majburan mashinaga o‘tqazib, Nur-Sulton shahri Baykonur tumani ichki ishlar bo‘limiga olib borishadi. Undan telefonini olib qo‘yishadi, o‘zidan telefonda qanday ilovalardan foydalanishi, siyosiy qarashlari, ekstremistlarga aloqasi bor-yo‘qligini surishtirishadi. Faolning aytishicha, ushlab ketilganda u yengil tan jarohati olgan.

Nursulton Nazarboyev prezidentlik kursisini topshirgandan beri Qozog‘istonda ko‘cha namoyishlari bo‘lib kelayapti. Namoyishlar avvaliga Ostona shahri nomi xalq bilan hisoblashmay o‘zgartirilgani sababli boshlangan. Keyinchalik siyosiy talablar yangray boshlagan. Iyunda o‘tajak prezident saylovi adolatli o‘tmasligi, sobiq prezident va uning oilasining kuchli ta’siri saqlanib qolayotganidan norozi bo‘lib namoyish o‘tkazayotganlar ham bor.

https://minbar.uz/2qq?fbclid=IwAR09uoYYjovh6YEO38tX9dnmXFY3GNZ7Rhx8kMxBs5C9y2vb_kMYQeFa9-s

Alakalı yazılar

Yorum yazın