XITOYDA 3 YIL IChIDA 31 TA MASJID SEZDIRMASDAN YO‘Q QILINDI

( latın )

Bellingcat veb-sayti va The Guardian jurnalsitik tadqiqotlariga ko‘ra, oxirgi 3 yil davomida Xitoy hukumati mamlakatning islomiy infratuzilmasiga jiddiy ziyon yetkazdi, lekin bu mamlakat doirasidan tashqarida jamoatchilik va jahon OAV tomonidan sezilmadi ham.

Jurnalistlarning aniqlashicha, 30 dan ortiq masjid xitoylik amaldorlar ko‘rsatmasi bilan to‘laligicha yoki qisman buzib tashlandi. Ro‘y bergan voqealar ko‘lami sun’iy yo‘ldoshlar yordamida tahlildan keyin yaqqol namoyon bo‘ldi.
Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida ularning holati sun’iy yo‘ldosh yordamida tadqiq etilgan 91 ta diniy inshootdan 31 tasi va yana 2 ta muqaddas ziyoratgoh so‘nggi uch yil ichida jiddiy shikastlandi.
Bu 33 ob’ektning qariyb yarmi to‘laligicha yoki qisman buzib tashlandi, qolganlari esa gumbaz va minora kabi asosiy elementlaridan mahrum qilindi, deb xabar beradi IslamNews.
Xususan, 1200 yil qurilgan ibodatxona – Xotan yaqinidagi Yutian Aitika masjidi ham buzib tashlangan ob’ektlar qatoridan o‘rin oldi. Mintaqaning eng yirik masjidlaridan biri Kargilik ham, xuddi Imom Asim majmuasi kabi, buzib tashlandi.
«Imom Asim majmuasi xarobalarining suratlari odamni karaxt ahvolga tushirib qo‘yadi», – deya izoh beradi Nottingem universiteti tarixchisi Rayan Txum.

http://islamonline.uz/index.php/dolzarb-mavzu/news/item/1464-xitoy?fbclid=IwAR3lihR3KN1FDi12ZfK6ps8WugS-6OstemFl5glTSDTcm7FtAvUVvFpr73o

09.05.2019

Alakalı yazılar

Yorum yazın