O’zbekiston Respublikasi prezidenti oliy bosh qo’mondon Shavkat Mirziyoyevga murojaat

Bir guruh o’zbek jurnalistlari va o’zbeklar taqdiriga befarq bo’lmagan faollar ushbu murojaatni yozishga jazm etdik. Barchamizga ma’lumki, dunyo bo’ylab o’zbeklarning soni oltmish milliondan ortadi, turli siyosiy voqealar tufayli har tarafga tarqab ketgan bir millatga aylanganmiz bugun. O’zbekistondan tashqaridagi, aynan Xitoylik O’zbeklar bugun bizlarning ko’magimizga va qo’llab quvvatlashimizga muhtojdirlar. Ma’lumki, O’zbekiston bilan ishbirligi olib boruvchi hamkori bo’lmish Xitoy Xalq Respublikasida “tarbiya lagerlari” tashkil qilingan. Aniq manbalarga ko’ra, lagerlarda millionlagan musulmonlar tutib turilibdi. Ma’lumotlarga ko’ra, lagerlarda uy’gur, qozoqlar va qirg’izlar bilan birgalikda xitoylik etnik o’zbeklar ham mavjud.

Mazkur lagerlar faoliyatiga qarata Qozog’iston va Qirg’izston hukumatlari o’z munosabatlarini bildirgani va Xitoy hukumatidan o’z millatdoshlariga qilinayotgan bosimni to’xtatishni so’raganlaridan so’ng lagerlardagi qozoq va qirg’iz qondoshlarimizning axvollari yaxshilangan, ko’plari ozodlikka chiqqan.

Bizga yetib kelgan xabarlarga ko’ra, Shinjon Uyg’ur Avtonom rayonida joylashgan lagerlarda minglagan etnik o’zbeklar tutib turilibdi va axvollari og’ir.

Biz O’zbekiston hukumati mazkur holatga o’z munosabatlarini bildirishlarini, Xitoy hukumatidan etnik o’zbeklarning axvolini yaxshilashni so’rab murojaat qilishni iltimos qilamiz. Hurmat bilan:

Hasiyat Sabirova-O’zbekiston.

Abdulbasir Ilg’or-Afg’oniston.

Muhammad Ashraf Sherzod-Afg’oniston.

Rafael Sattorov-O’zbekiston.

Rashid To’xtarov-O’zbekiston.

Javlon Anvar o’g’li-Qirg’izston.

Jonuzoq Halil-O’zbekiston.

Otabek Umar-O’zbekiston.

Bahrom Rahmon-Qirg’izston.

Qutfiddin Muhiddin-O’zekiston.

Oydinniso Aliyeva-O’zbekiston.

TÜRKISTANDER HABER MERKEZI

Alakalı yazılar

Yorum yazın