3-TURKİSTON QURULTOYI YAKUNLANDİ

4 oktiyabr 1938 yilgi qatagon  qurbonlari  Turkiyada yod  etildi.

8 oktyabr 2018 / Kastamonu

Ötgan hafta Kastamonu’da ötkazilgan 3-Turkiston Qurultoyi  ilmiy kengashning ikkinchi kunida o’qilgan hisobatlar va yakuniy baholash yig’ilishi bilan yakunlandi. 3-Turkiston Qurultoyi TürkistanDer va Kastamonu Universiteti tomonidan tashkil etilgan va bundan tashqari, Prezidentga boğliq bo’lgan TIKA va TÜRKSOY tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Turkiston Qurultoyinin ochilish kunida TURKSOY tomonidan tayyorlangan Turk Dunyosi rasm körgazmasiga ziyoratchilar  tashrif buyurdi . Undan keyin 2 kun davom etadigan “Kafkaziya  va Turkistonda 1938 yil qatliomi va tasirlari/migratsiya, surgun va hurriyat mavzusida bir simpozium böldi. Simpoziumda 14 majlisda 79 qatnashuvchi tarafidan 65 maqola taqdim etilidi. Turkiyaning turli Universitetlaridan kelgan olimlar shuningdek, O’rta osiyo Turkiston ulkalari, Ozarbayjon, Eron va Bolqon ölkalaridan kelgan yozuvchilar olimlar maqola va hujjatlarini muhokama qilishdi.

3-Turkiston Qurultoy ochilishida  Kastamonu Universiteti Rektori Seyit Aydin, Kastamonu Hokimi Yaşar  Karadeniz, Shahar hokimi Tahsin Babash, Garnizon Qumondoni Polkovnik Gamze Aydoğdu, TÜRKSOY  bosh Kotibining Yordamchisi Professor Doktor  Fırat Purtash va 3-Turkiston Qurultoyi  Tashkiliy Qo’mita Raisi Professor Doktor Orhan Kavunçi ishtirok etishdilar.

Ochilishda Prof.Dr.Orhan Kavunji, Prof.Dr.Seyit Aydın, Prof.Dr.Fırat Purtash, Hokim Yashar Karadeniz ve TÜRKİSTANDER Raisi  Burhan Kavunçi  nutq so’zladilar. Sharqiy Turkistondagi hassos vaziyat sababi ila ochilish bayonatini mavzu bilan boğliq Datsent.Dr.Erkin Emet taqdim qildi. Emet bayonatida Sharqiy Turkistonning  Hitoy ishğol qilingan 1949 dan bugungacha  bo’lgan özgarishlar va oxirgi holatlarni sarhisob qildi.

Qatnashuvchilar orasida horijdan kelgan 40 dan ortiq qatnasuvchi bor edi. O’zbekistonning mashhur yozuvchilaridan  Nabijon Boqiyev, Hondamir Qodiriy, Dr.Muazzam İbrohimova, Prof.Nodirhon Hasan, Dr Elmurod  Holmat kabi ismlar shuningdek  Qirğizistondan Prof.Olchobay Karatayev, DrZuhra Altımishova, Dr Beishenbek Toktogulov, Aziza Ergeshkyzy, Kairken Adiyet, Ozarbayjondan Zala  Babashova Kastrati, Anar Velioğlu Shririnov, Ali Asker, Dr Elshan İzzetgil, Qozoğistondan Prof. Nursulu CHetin, Akbota Zholdashbekova, Turkmanistondan Berdi Sariyev, Erondan Dr Aliakbar Sefipur, Sharqiy Turkistondan Erkin  Emet va boshqa ko’plab olimlardan  iborat edi. Özbekistonning  mashhur  yozuvchilaridan  Nurulloh Muhammad Roufhonga chet elga chiqishga ruhsat berilmaganligi uchun (OVER) Qurultoyga qatnasha olmadi. 1938 yilning 4 Oktiyabr kuni qatl qilingan Turkiston ziyolilarining  sakson yildan keyin Turkiyada shu tarixda hotirlanishi  hissiy lahzalarni olib keldi. Qatl qilinganlar orasida bo’lgan Abdulla Qodiriyning nevarasining nutqi katta qiziqish öyğotdi. Qodiriy bayonatida bobosi va shahidligi haqida muhim malumotlar berdi.

(Bayonatlar, matinlar  va videolar yaqinda saytimizda yoyinlanadi)

3-Qurultoyning mavzusi bo’lgan  “Ziyolilar qatliomi”  Turkistonning 150 yillik ishğoli tarihida, Stalin davrida qilingan qatliomlar orasida muhim örin tutadi. 500 dan ortiq ziyolining qatlomidan keyin, Turkiston xalqi rahbarsiz va nochorsiz qoldi. 1938 Sovet qatağonida vatan hoini deb  öldirilganlar orasida Turkiston milliy shoiri  Abdulhamid Suloymon CHo’lpon, mashhur romanchi  Abdulla QodiriyAbdurrauf Fıtrat kabi shoir va yozuvchilar, Said Nasırhan Tore Saguni (Hokand Türkistan Muhtar Hükümati Maarif Nazırı), Ubaydullah Esadullah Hoca(Türkistan Muhtar Hükümati Rais Yrd), Alihan Bukayhan (Kazakistan AlaşOrda Hükümati Raisi), Rahimbayoğlu Abdulla (Tacikistan Hükümat Raisi), Babakalanoğlu (Tacikistan Hükümat Rais Yrd), Atabayoglu Qaygusiz (Türkmenistan Hükümet Reisi) shuningdek odamlarning rahbarlari, din olimlari, askar va davlat odamlari bor edi. Stalindan keyin kelgan davlat liderlari, 1938 da öldirilgan ziyolilar va olimlarning etiborini qaytarib berishdi(oqlandi). O’zbekistonning poytahti Toshkentda  Qatağon Qurbonlari Hotirasi Muzeyi ismida bu mavzuga alaqador muzey bor. 3-Turkiston Qurultoyiga davat qilingan Muzey boshqaruvchilaridan  Sirojiddin Ahmadov (Muzey Bölim Muduri), Erkin Rajabov (Muzey tadqiqotchisi, tadqiqot yönalishi Özbek Milliy Harbiy Qumondonlari Qatliomi), Bahrom İrzayev (Muzey tadqiqotchisi, tadqiqot yönalishi Diniy Olimlarnin Qatliomi)ning ishtirok etishlari mumkin bo’lmadi.

3-Turkiston Qurultoyida taqdim qilingan bayonatlarning bazilari shulardan iborat.

Sovetlar Davrida Sinfi Kurash va Abdulla Qodiriy(Hondamir Qodiriy), Sovetların Ukrainada Qatliomi; Golodomor (1932-1933 ) (Pr.Dr.Nursulu CHetin), Ellik Yil Sir Saqlangan Qatliom(1938-1988) (Nabijon Boqiyev), 1937-1938 ‘Katta Tozalik’davrida  Turk Ziyolilariga Qo’llangan Zulm va Sovet Gazetalarining roli,  Sibiriya Turklar Birligi Misoli (O’qituvchi Erkam Temir), Qatağon Qurboni  Mutaffakkir  Orazmammet Vepayev (Dr.Tohir Asirov), Hotira Maydoni (Dr Muazzam İbrohimova), Stalinning Qirğizistondagi Ziyolilar Qatliomi(Aziza Ergeshkyzy), Sovetlarning Turkistondagi ‘Hujum Harakati’ Sabablar,Natijalar (Fayzullakhon Otakhonov), Stalin Qatağonlari va Bakuda Qatağonga Maruz Qolgan Turk Dunyosi Ziyolilari (Mehpara Sultanova), Stalinning Muholifatni Tugatish Siyosatining Kelib CHiqishi va Haqiqatlari (Dr Beishenbek Sariyev), 1920-30 Yillardagi Qozoğistondagi Qatliom; Sabab va Natijalari (Pr.Dr Nursulu CHetin), Mustamlaka SHaroitida Qatağonlar Zanjiri; Qachon, Qanday, Nimaga(Nurulloh Muhammad Roufhon), 21.yy Uyğur Drami Migratsiya (Ds.Dr Erkin Emet), So’vetlarning Turk Dunyosida  Qöllagan Buyuk Surgunu (Ds.Dr.Turan Akkoyun), Abdulhamid Sulaymon CHulponnnig Nazaridan Turkiston (Ds.Dr.Aishe CHolpan Yaldız), Stalin Davrida Yashangan Fojiali Hodisa. Qizil Ocharchilik 1929-1933(Kıymet Kojaturk),1943-1953 Yillarida Stalinning Kafkaziya Musulmonlari va Turklariga Qarshi Migratsiya Siyosatini Qisqacha Körib CHiqish (Anar Velioğlu SHirinov), Sovet Hukumatining Ateizmni Talab Qilish Tarğibotining  O’zbek Adabiyotida Aks Etishi (O’zbek So’vet SHoiri Askad Muhtarrning SHiirlari Misolida) (Dr.Murat Halmat),   Tasfiye’nin Siyasi Kurbanları (1930-1938) (Olcobay Karatayev) Sovyetler Birliği’nde Uygulanan Baskı Örneği: Kırgızistan’dan Yapılan Sürgünler (Dr.Zuhra Altımışova)Ağageldi Allanazarov’un “Sürgünler” Romanı ve Sovyet Baskı Döneminin Türkmen Gerçeği (Doç. Dr. Berdi Sarıyev)Stalin Döneminde Sürgün Edilen Hokandlı Kari Burhaneddin Torbak’ın Hatıratı Üzerine (Doç.Dr.Nurettin Hatunoğlu), Repressiya Yıllarının Azerbaycan Edebiyatı Üzerindeki Etkisi ve 1937 Sonrası Milli Kimlik Problemleri (Dr.Zhala Babashova Kastrati)Sovyet Siyasi Mahkumların Eş ve Kızlarının Sürgün Kampı: Aljir (Prof.Dr.Akbota Zholdashbekova), Sovyetler Tarafından Yasaklanan Kırgız Şairleri – Ürkün mü Soykırım mı (Sabırbek Börübay), Sovyetler Birliği Döneminde Sürgüne Gönderilen Kırım Tatarlarına Yapılan Baskılar (Prof.Dr.Kemal Özcan), Baskı Döneminde Türkmenistan ve Türkmenler  (Murat Toylu),  Türkiye’deki Özbek Göçmenlerin Kararlarını Etkileyici Ekonomik Faktörler (Shoirakhon Nurdinova), Erkek Özbek Göçmenlerin İstanbul’daki Yer(li)leşme Serüveni (Necip Fazıl Aras), Stalin Sürgünlerinin Jeopolitik Nedenleri (Dr.Elşan İzzetgil), Sultan Galiyev ve Sovyetlere Muhalefeti (Dr.Sayim Türkman-Dr.Girayalp Karakuş).

Bundan aval 2016 yilda İstanbul Bağchilar Tumanidagi Qurultoyda Yuzinchi Yilida 1916 Qiyomi va Buyuk Turkiston  Qatliomi mavzusi kötarilgandi.

TÜRKİSTANDER HABAR MARKAZİ

 

 

Alakalı yazılar

Yorum yazın