Bu yil O‘zbek hojilari 4668 dollar to‘laydilar

07.04.2018

Toshkent va Andijonda Qur’oni Karim sotib olish uchun navbat yuzaga keldi
Londonda Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Mirziyoyev: “Biz Islom dinini o‘rganishga sharoit yaratmadik”
Islom yo‘nalishidagi talabalar Al-Azhar va Oksfordda ta’lim oladi
Shu kecha-kunduzda O‘zbekiston Markaziy banki 1 AQSh dollarining kursini 8146 so‘m etib belgilagan, bu degani o‘zbekistonlik hojilar Hajga borishlari uchun 4668 AQSh dollariga teng mablag‘ to‘lashlari lozimligini anglatadi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning religions.uz rasmiy veb-saytidagi xabarda aytilishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari O‘zbekiston hukumatining Haj ziyoratini tashkillashtirishga yondashuvini namunali deb biladi.

“Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekiston tomonining haj va umra ishlarini tashkillashtirishi, ziyoratchilarga qulay sharoit yaratish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarini yuqori baholab, dunyoning rivojlangan mamlakatlari Turkiya, Malayziya, Indoneziya davlatlari qatorida ekanligini ta’kidlamoqda”, deyiladi xabarda.

Uzoq yillar davomida O‘zbekiston hukumati Haj ziyoratiga bormoqchi bo‘lganlarning sonini atayin pasaytirib kelishda tanqid qilindi.

O‘zbekiston rasmiylariga ko‘ra, 2017 yildan Haj va Umra kvotalari ko‘paytirilgan

BBC Uzbek

Related posts

Yorum yazın