Hayit bayramlari Qozog‘iston bilan bir kunda nishonlanadi

28.03. 2018

O‘zbekiston va Qozog‘iston musulmon diniy bayramlarini bir kunda nishonlash to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Kazinform agentligining 27 mart kuni bildirishicha, memorandum O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi Usmonxon hoji Alimovning Qozog‘iston muftiysi Serikboy hoji O‘roz bilan Toshkentda o‘tgan uchrashuvi chog‘ida qabul qilingan.

Memorandumda “Tomonlar diniy bayramlar (ramazon va qurbon hayitlari va boshq.)ni hijriy-qamariy yil, ya’ni musulmonlarning Oy taqvimi bo‘yicha nishonlashga, shuningdek, zamonaviy diniy masalalar bo‘yicha umumiy qarorlar va fatvolar qabul qilishga majbur ekanliklarini qayd etishdi”, deb ta’kidlanadi.

“Kun uz” nashrining yozishicha, Qozog‘iston muftiysi Serikboy hoji O‘roz: “Bungacha diniy bayramlar sanalariga doir farqlanishlar kuzatilib turilar edi. Biz bundan keyin bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zaro hamkorlik va sheriklik haqidagi memorandumni imzoladik. Imzolangan memorandum doirasida umumiy fatvolar chiqariladi va bugungi kunning dolzarb masalalari bo‘yicha qarorlar birgalikda qabul qilinadi”, deb aytgan.

Ozodlik

Related posts

Yorum yazın