Özbek-Tacik sınırındaki mayınlar 2019 sonuna kadar kaldırılacak

11.03.2018

Özbekistan ve Tacikistan hükümetleri mayın temizliğini 2019’un sonuna kadar bitirmeyi kabul ettiler.

Tacikistan ve  Özbekistan Cumhurbaşkanları Shavkat Mirziyayev ve Emomali Rahmon Duşanbe zirvesinden sonra bir ortak  bildiri imzaladılar.

Özbek-Tacik sınırındaki 2000’li yılların başlarında Özbek sınır muhafızları tarafından gömülmüştü.

Tacikistan Mayın Tetkik Merkezi’ne göre, 1999’dan 2011’e kadar bu nedenle 76’sı öldü ve 160’dan fazla kişi yaralandı. Resmi bilgilere göre ölenlerden 15 çocuklar ve 5 kadınlar.

 

11.03.2018
O‘zbek-tojik chegarasidagi minalar 2019 yil oxirigacha olib tashlanadi 

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari 2019 yilning oxiriga qadar davlat chegarasini minalardan tozalashni bitirishga kelishdi.

Podrobno.uz nashrining yozishicha, 9 – 10 mart kuni O‘zbekiston rahbarining Dushanbega davlat tashrifi yakunida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon imzolagan qo‘shma bayonotda shunday kelishuv ko‘zda tutilgan.

“Prezidentlar ikki davlat chegaraoldi hududlaridagi muxandislik to‘siqlarini zararsizlantirish masalasi bo‘yicha o‘zbek-tojik ishchi guruhi tuzilishini olqishladi va bu ishni 2018-2019 yillarda tugatish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi ushbu nashr qo‘shma bayonnomadan keltirgan iqtibosda.

O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasidagi piyodalarga qarshi minalar o‘zbek chegarachilari tomonidan 2000 yillar boshida ko‘milgan.

O‘zbekiston tomoni buning sababini rasman Tojikistondagi fuqarolar urushi davrida (1992-1996 yillar nazarda tutilgan – tahr.) uyushgan jinoiy guruhlar va narkotik oqimi xavfining kuchayishi ortidan chegaralaridagi ayrim tog‘li hududlarni minalashtirishga majbur bo‘lgani bilan izohlab kelgan. Ammo, asl maqsad O‘zbekiston Islomiy Harakati jangarilarining mamlakat hududiga yorib kirishi oldini olish bo‘lgani aytiladi.

Tojikiston Mina masalalari bo‘yicha markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, 1999 yildan 2011 yilgacha chegaradagi minalardan 160 dan ziyod odam jabr ko‘rgan, ulardan 76 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 15 nafari yosh bola, 5 nafari ayoldir.

Tojikiston tomoni 2011 yildan keyingi ma’lumotlarni matbuotga taqdim qilmagan. Bundan tashqari, minalardan O‘zbekiston fuqarolari ham jabr ko‘rgani aytib kelinadi, ammo bu haqda ham rasmiy ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi uzunligi 1332,9 kilometr bo‘lgan chegaraning 20 foizi shu kungacha aniqlanmagan.

Shu yilning 9 – 10 mart kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbega davlat tashrifini amalga oshirdi va bu safar davomida tomonlar o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 27 hujjat imzolandi.

Tashrif ortidan ikki davlat o‘rtasida vatandoshlar uchun 30 kunlik vizasiz rejim ham o‘rnatildi.

Ozodlik

Related posts

Yorum yazın