Tacikistan İslami Uyanış partisi lideri Interpol listesinden çıkarıldı

04.03.2018

Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi raisi Muhiddin Kabiriy 2 mart kuni Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarilganini bildirdi.

Partiya matbuot kotibi Mahmudjon Faizrahmonov yangilkni olqishlar ekan, Interpol qarori o‘z raqiblarini jangari va terrorchi o‘laroq ko‘rsatishga urinayotgan Dushanbe hukumati uchun jiddiy ishorat ekanligini ta’kidladi.

Tojikiston hukumati keyingi paytda Islom uyg‘onish partiyasi a’zolarini jangarilar va terrorchilar o‘laroq ta’riflab keladi. 2015 yilning kuzida Birlashgan tojik muxolifatining asosiy o‘zagi bo‘lgan Islom uyg‘onish partiyasi mamlakatda «qonundan tashqari», deb e’lon qilingan edi.

Islom uyg‘onish partiyasi 1990 yildan 2015 yilgacha Tojikiston hukumatining tarkibiy qismi bo‘lgan. O‘sha yili parlament saylovlaridan so‘ng partiya faoliyati taqiqlandi,Tojikiston Oliy sudi hukmi bilan partiya terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi.

Ozodlik

Related posts

Yorum yazın