Ruslarning Qirğizlarga qarshi kurashi (Lotin ve Kirilda)

01.11.2017

Rusyadagi Qirğizlar endi o’z haydovchilik guvohnomalaridan foydalana olmaydılar.

Qirg‘izistonda 7 Noyabrda Ulug‘ Oktyabr revolyutsiyasi kunini bayram qilish o‘rniga Rossiya imperiyasiga qarshi qo‘zg‘olon kuni nishonlanishi borasidagi prezident farmoni e’lon qilingani ortidan Rossiya Davlat dumasiga muhojir qirg‘iz vatandoshlarining haydovchilik guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun taqdim etildi

Rossiyada “aksilrus” qirg‘izlarga qarshi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Rossiyada “aksilrus” qirg‘izlarga qarshi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasi Davlat dumasiga 27 oktyabr kuni LDPR partiyasidan deputat Yaroslav Nilov tomonidan taqdim etilgani xabar qilindi. Nilov prezident Atambayevning 7 -8 noyabrni “Ajdodlar xotirasi va tarixi kunlar”sifatida nishonlash to‘g‘risidagi farmonini “Rossiyaga qarshi qaror” sifatida baholamoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada 600 mingdan ortiq qirg‘izistonlik mehnat qiladi. Ularning 20 foizdan ko‘prog‘i haydovchilik bilan shug‘ullanadi.

Rossiya imeriyasi tarkibida Turkiston deb atalgan Markaziy Osiyo hududida, jumladan, hozirgi Qirg‘izistonda 1916 yilda Rossiya qarshi yuzlab isyonlar bo‘lib o‘tgan edi. Qirg‘iz tarixchilariga ko‘ra, qo‘zg‘olonlarni bostirish paytida rus armiyasi bir necha yuz ming odamni qatliom qilgan

2016 yilda Qirg‘izistonda prezident farmoni bilan 1916 yilgi qo‘zg‘olonning 100 yilligi nishonlangan edi.

Русиядаги Қирғизлар энди ўз ҳайдовчилик гувоҳномаларидан фойдалана олмайдилар.

Қирғизистонда 7 ноябрда Улуғ Октябрь революцияси кунини байрам қилиш ўрнига Россия империясига қарши қўзғолон куни нишонланиши борасидаги президент фармони эълон қилингани ортидан Россия Давлат думасига муҳожир қирғиз ватандошларининг ҳайдовчилик гувоҳномаларини бекор қилиш тўғрисидаги қонун лойиҳаси муҳокама учун тақдим этилди.

Қонун лойиҳаси Давлат думасига 27 октябрь куни ЛДПР партиясидан депутат Ярослав Нилов томонидан тақдим этилгани хабар қилинди. Нилов президент Атамбаевнинг 7 -8 ноябрни “Аждодлар хотираси ва тарихи кунлар”сифатида нишонлаш тўғрисидаги фармонини “Россияга қарши қарор” сифатида баҳоламоқда.

Расмий маълумотларга қараганда, Россияда 600 мингдан ортиқ қирғизистонлик меҳнат қилади. Уларнинг 20 фоиздан кўпроғи ҳайдовчилик билан шуғулланади.Россия имерияси таркибида Туркистон деб аталган Марказий Осиё ҳудудида, жумладан, ҳозирги Қирғизистонда 1916 йилда Россия қарши юзлаб исёнлар бўлиб ўтган эди. Қирғиз тарихчиларига кўра, қўзғолонларни бостириш пайтида рус армияси бир неча юз минг одамни қатлиом қилган.

Ozodlik

Alakalı yazılar

Yorum yazın