BMT: O‘zbekiston hukumati qiynoq va majburiy mehnatga chek qo‘yishi kerak

14.06.2015

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki Mun 12 iyunda Toshkentda prezident Islom Karimov bilan uchrashib, O‘zbekiston hukumatini paxta dalalarida majburiy mehnatdan foydalanishini to‘xtatishga va mahbuslarga nisbatan munosabatni yaxshilashga chaqirdi.

“Prezident Karimov qonun ustivorligi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Lekin kitobdagi qonunlar odamlarning real hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak”, deb bildirdi Ban Ki Mun prezident Karimov bilan uchrashganidan so‘ng jurnalistlarga bergan suhbatida.

“O‘zbekiston paxta sektorida bolalar mehnatidan foydalanishga barham berish yuzasidan sezilarli siljishlarga erishdi. Endi esa o‘qituvchi, shifokor va boshqa soha vakillarining paxta dalalariga majburiy jalb qilinishiga, mahbuslarga nisbatan noinsoniy munosabatlarga barham berish uchun ko‘proq ish qilish kerak”, dedi Ban Ki Mun.

Bir qator inson huquqlari tashkilotlari Ban Ki Munni Markaziy Osiyo safari doirasida ayni shu muammolarni ko‘tarishga chaqirgandilar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki Mun 12 iyunda Toshkentda prezident Islom Karimov bilan uchrashib, O‘zbekiston hukumatini paxta dalalarida majburiy mehnatdan foydalanishini to‘xtatishga va mahbuslarga nisbatan munosabatni yaxshilashga chaqirdi.

“Prezident Karimov qonun ustivorligi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Lekin kitobdagi qonunlar odamlarning real hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak”, deb bildirdi Ban Ki Mun prezident Karimov bilan uchrashganidan so‘ng jurnalistlarga bergan suhbatida.

“O‘zbekiston paxta sektorida bolalar mehnatidan foydalanishga barham berish yuzasidan sezilarli siljishlarga erishdi. Endi esa o‘qituvchi, shifokor va boshqa soha vakillarining paxta dalalariga majburiy jalb qilinishiga, mahbuslarga nisbatan noinsoniy munosabatlarga barham berish uchun ko‘proq ish qilish kerak”, dedi Ban Ki Mun.

Bir qator inson huquqlari tashkilotlari Ban Ki Munni Markaziy Osiyo safari doirasida ayni shu muammolarni ko‘tarishga chaqirgandilar.

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Бан Ки Мун 12 июнда Тошкентда президент Ислом Каримов билан учрашиб, Ўзбекистон ҳукуматини пахта далаларида мажбурий меҳнатдан фойдаланишини тўхтатишга ва маҳбусларга нисбатан муносабатни яхшилашга чақирди.

“Президент Каримов қонун устиворлиги муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Лекин китобдаги қонунлар одамларнинг реал ҳаётини яхшилашга хизмат қилиши керак”, деб билдирди Бан Ки Мун президент Каримов билан учрашганидан сўнг журналистларга берган суҳбатида.

“Ўзбекистон пахта секторида болалар меҳнатидан фойдаланишга барҳам бериш юзасидан сезиларли силжишларга эришди. Энди эса ўқитувчи, шифокор ва бошқа соҳа вакилларининг пахта далаларига мажбурий жалб қилинишига, маҳбусларга нисбатан ноинсоний муносабатларга барҳам бериш учун кўпроқ иш қилиш керак”, деди Бан Ки Мун.

Бир қатор инсон ҳуқуқлари ташкилотлари Бан Ки Мунни Марказий Осиё сафари доирасида айни шу муаммоларни кўтаришга чақиргандилар.

 Ozodlik

 

Alakalı yazılar

Yorum yazın