Yazının kısa özeti: İslam Kerimov sözde Rusya, Kazakistan ve Belarus tarafından imzalanan Avrasya Birliğinin Özbekistan’ın bağımsızlığına tehdit olduğunu söyledi. Pratikte ise Kerimov’un zülüm siyaseti Özbekistan’ın gerçek bağımsızlığını yok etmektedir.
Prezident Islom Karimov Rossiya, Qozog‘iston va Belarus o‘rtasida o‘tgan oy ta’sis etilgan iqtisodiy ittifoq sobiq sovet davlatlarining siyosiy mustaqilligiga tahdid solishini aytgan.
Juma kuni Toshkentda oziq-ovqat masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda gapirgan janob Karimov uch davlat rahbarlarining yangi ittifoq siyosiy mustaqillikka raxna solmaydi, degan ishontirishlarini rad etgan.
“Ular faqat umumiy bozor yaratayotganlari, o‘z mustaqilliklari va suverenitetlaridan voz kechmasliklarini aytishayapti. Ammo qani aytinglar-chi, iqtisodiy mustaqilliksiz siyosiy mustaqillik bo‘lishi mumkinmi?”, – deya janob Karimovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Frans Press agentligi.
29 may kuni Rossiya, Belarus va Qozog‘iston rahbarlari Ostonada Ovrosiyo Ittifoqini tuzishga doir bitimni imzolaganlar.
Prezidenti Putin bitimning imzolanishini “ulkan ahamiyatga molik” voqea, deb ta’riflagan.
Unga ko‘ra, Bojxona Ittifoqiga a’zo uch davlat o‘z suverenitetlarini to‘la saqlab qolgan holda, o‘zaro integratsiyaning yangi bosqichiga chiqishgan.
Karimov Rossiya boshchiligidagi ittifoqlarga shubha bilan qaraydi
Rossiya rahbari a’zo davlatlar “170 million insonni birlashtirgan yirik mintaqaviy bozor va qudratli hamda jozibali iqtisodiy taraqqiyot markazini yaratayotgani”ni ta’kidlagan.
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Ovrosiyo ittifoqini “Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik” deb atagan.
Putinning Ovrosiyo Ittifoqi g‘oyasiga avval-boshdan qarshi chiqqan Prezident Islom Karimov 2011 yilda Sovet Ittifoqining qulashini “tabiiy va qonuniy jarayon” deb atagan.
U integratsiya g‘oyalari tobora siyosiy tus olayotganini urg‘ulab, ularga ehtiyotkorlik bilan yondoshishga chaqirgan.
http://www.bbc.co.uk/
Президент Ислом Каримов Россия, Қозоғистон ва Беларус ўртасида ўтган ой таъсис этилган иқтисодий иттифоқ собиқ совет давлатларининг сиёсий мустақиллигига таҳдид солишини айтган.
Жума куни Тошкентда озиқ-овқат масалаларига бағишланган халқаро анжуманда гапирган жаноб Каримов уч давлат раҳбарларининг янги иттифоқ сиёсий мустақилликка рахна солмайди, деган ишонтиришларини рад этган.
29 май куни Россия, Беларус ва Қозоғистон раҳбарлари Остонада Овросиё Иттифоқини тузишга доир битимни имзолаганлар.
Президенти Путин битимнинг имзоланишини “улкан аҳамиятга молик” воқеа, деб таърифлаган.
Унга кўра, Божхона Иттифоқига аъзо уч давлат ўз суверенитетларини тўла сақлаб қолган ҳолда, ўзаро интеграциянинг янги босқичига чиқишган.
Россия раҳбари аъзо давлатлар “170 миллион инсонни бирлаштирган йирик минтақавий бозор ва қудратли ҳамда жозибали иқтисодий тараққиёт марказини яратаётгани”ни таъкидлаган.
Қозоғистон Президенти Нурсултон Назарбоев Овросиё иттифоқини “Шарқ ва Ғарб ўртасидаги кўприк” деб атаган.
Путиннинг Овросиё Иттифоқи ғоясига аввал-бошдан қарши чиққан Президент Ислом Каримов 2011 йилда Совет Иттифоқининг қулашини “табиий ва қонуний жараён” деб атаган.
У интеграция ғоялари тобора сиёсий тус олаётганини урғулаб, уларга эҳтиёткорлик билан ёндошишга чақирган.
http://www.bbc.co.uk/