Turkiya o‘zbeklarni deportatsiya qilgani uchun jarima to‘laydi

Ovro‘po Inson huquqlari mahkamasi 19 O‘zbekiston fuqarosini “noinsoniy sharoitlarda” Eronga deportatsiya qilgani uchun Turkiya hukumatiga 190 ming yevro jarima solgan.

Mahkama Turkiyaga har bir arzdor uchun 10 ming yevrodan jarima soldi va rasmiy Anqara 19 kishilik guruhning xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha 3350 yevro to‘lashi kerak degan qaror chiqardi.

Mahkamadagi hujjatlarga ko‘ra, 19 kishidan tashkil topgan to‘rtta o‘zbek oilasi 2008 yilda deportatsiya qilingan. Ular Turkiya va Eron chegarasidagi qishloqlar orasida qish sharoitida piyoda 10 kun yurishga majbur qilinganlar.

O‘zbekistondan chiqib ketgan oilalar Tojikiston, Afg‘oniston va Pokistondan o‘tib, 2001 yilda Eronda o‘rnashgan bo‘lganlar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha yuqori komissarligi ularga qochqin maqomini bergan.

To‘rt oila so‘ngra 2007 yilda Turkiyaga o‘tganlar, biroq u yerda bir yil yashashlari ortidan qo‘lga olinganlar va 2008 yilda Eronga deportatsiya qilinganlar.

Turkiyadan deportatsiya qilinishlari ortidan bir hafta o‘tib oilalar noqonuniy ravishda yana Turkiyaga qaytib o‘tishgan, biroq ko‘p o‘tmay yana qo‘lga olinib, shu kuniyoq Eronga qaytarilganlar.

Ular ikki mamlakat o‘rtasida tashlab ketilganlari va uzoq masofani piyoda bosib o‘tganlarini da‘vo qilganlar.

Noinsoniy munosabatdan tashqari, mahkama Turkiyani mazkur oilalarni hibsda ushlab turgani uchun sabab ko‘rsatmaslik va qarorga mahkama orqali shikoyat qilish imkoniyatini bermaslikda aybdor deb topgan.

O‘zbekistonlik fuqarolar uchun viza talab etilmaydigan Turkiyada boshpana izlayotgan qochqinlarning soni ko‘payyotgani aytiladi.

Ayrim farazlarga ko‘ra, Istanbulning o‘zida bir necha ming diniy qochqin bo‘lishi mumkin.

Ayniqsa, Qozog‘iston o‘zbekistonlik 30 ortiq boshpana izlovchini rasmiy Toshkentga topshirganidan so‘ng Turkiyada boshpana izlovchilarning soni yanada orta boshlagan.

Kaynak: http://www.bbc.co.uk/

Haberin Türkçe özeti:

TÜRKİYE ÖZBEKLERİ SINIRDIŞI ETTİĞİ İÇİN CEZA ÖDEYECEK

Avrupa İnsan Hakları Mahkemesi, 19 Özbekistan vatandaşına “İnsanlık dışı şartlar altında” sınırdışı ettiği için Türk Hükümetine 190 bin euro ceza verdi.

Mahkeme her bir mağdur için 10 bin euro ceza ödenmesini uygun gördü, ayrıca her bir kişi için yaptıkları harcamalar karşılığı 3350 euro ilave ödeme yapılmasını karara bağladı.

Mahkemedeki delillere göre 19 kişiden oluşan 4 Özbek aile 2008 yılında sınırdışı edilmişti. Bu kişiler İran-Türkiye sınırındaki köyler arasında ağır kış şartları altında 10 gün yürümek zorunda kalmışlardı.

Birleşmiş Milletler Teşkilatı  Mülteciler Yüksek Komiserliği bu ailelere “mülteci” statüsü vermişti.

Bu dört aile 2007 yılında bu statü altında Türkiye’de yaşarken, bir yılın sonunda gözaltına alınmış ve 2008 yılında İran’a sınırdışı edilmişlerdi.Bundan bir hafta sonra aileler tekrar Türkiye’ye kaçak yoldan gelmişler ancak çok geçmeden tekrara gözaltına alınıp İran’a sınırdışı edilmişlerdi.

Alakalı yazılar

Yorum yazın